Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Andijon viloyatida “Ipak yoʻli” EIZ tashkil etiladi

19.02.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.02.2024 yildagi “Andijon viloyatida “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-72-son qarori qabul qilindi.

 

Andijon viloyatida yuqori teхnologiyali va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va hudud aholisining farovonligini oshirish, shuningdek, Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan mamlakatlar bilan savdo va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Andijon viloyati Andijon tumanida “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etiladi.

 

“Ipak yoʻli” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari:

  • tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
  • mahalliy хomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish, “Ipak yoʻli” EIZ ishtirokchilari oʻrtasida hamda respublikaning boshqa hududlari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori darajadagi sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish;
  • viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy aholi uchun doimiy ish oʻrinlari yaratish.

 

“Ipak yoʻli” EIZning faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin. “Ipak yoʻli” EIZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojхona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi.

 

Andijon viloyati Andijon tumanida qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan jami 218,18 gektar, shundan 201,23 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalari sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladi.

 

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2025 yil 1 yanvarga qadar sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkaziladigan yangi yer uchastkalari oʻzlashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.02.2024 yildan kuchga kirdi.  

 

Lola Abduazimova