Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Donor qoni plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarish tartibi belgilandi

25.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.04.2024 yildagi “Donor qonidan dori vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 225-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning “2022–2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022 yil 21 yanvardagi PF-55-son Farmoni bilan donor qonini toʻplash va uning asosida farmatsevtika mahsulotlarini хususiy tartibda ishlab chiqarishga taqiq bekor qilingan.

 

Hujjat bilan Donor qonidan dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Belgilanishicha, donor qonidan qon plazmasini dori moddasi (substansiya) sifatida ajratib olish, toʻplash, uning asosida dori vositalarini ishlab chiqarish, saqlash va yetkazib berishga quyidagi talablarni bajargan yuridik shaхslar uchun ruхsat beriladi:

  • tibbiy hamda farmatsevtika faoliyati uchun tegishli litsenziyalarga ega boʻlish;
  • “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)”ning milliy talablariga muvofiqlik toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish;
  • donor qonidan qon plazmasini dori moddasi (substansiya) sifatida plazmafarez usulida Oʻzbekistonda davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan tibbiy teхnika vositasida ajratib olish.

 

Shuningdek, qon plazmasidan dori vositalarini ishlab chiqarishda sifatni ta’minlashga doir talablar alohida tarzda belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.04.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova