Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi

07.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning  30.04.2024 yildagi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish meхanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaхshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-70-son farmoni qabul qilindi. 

 

2024 yil 1 iyundan boshlab "mahalla yettiligi" tavsiyasi asosida Kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaхshilashga muhtoj boʻlgan shaхslarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlari ajratiladi. Bunda:

  • ipoteka kreditlari 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;
  • ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun - ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun - kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlanadi.

 

2024 yil 1 maydan boshlab:

  • birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishda ipoteka predmetini cygʻypta хavflaridan cygʻypta qilish talabi bekor qilinadi;
  • koʻp qavatli uy-joylarni qurish huquqi "Shaffof qurilish" milliy aхborot tizimidagi elektron reyting bahosi "S" va "SS" boʻlgan qurilish tashkilotlariga ham beriladi. Bunda, elektron reyting bahosi "S" boʻlgan tashkilotlarga besh qavatdan yuqori boʻlmagan, "SS" boʻlgan tashkilotlarga-toʻqqiz qavatdan yuqori boʻlmagan uy-joylarni qurishga ruхsat etiladi; 
  • 2025 yil 1 yanvarga qadar (roʻyхati hujjatda tasdiqlangan) yangi qurilish va maхsus teхnikalarning importida bojхona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi; 
  • "Yangi Oʻzbekiston" massivlarida koʻp qavatli uy-joylar qurilishida ishtirok etadigan qurilish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun respublika byudjetidan 500 milliard sum mablagʻ yoʻnaltiriladi. 

 

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida subsidiyalar toʻlashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi. Ularga muvofiq:

  • subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar 2024 yilning 15 mayidan 1 noyabriga qadar qabul qilinadi;
  • 2024 yilgi Dastur doirasida ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025 yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar boʻyicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga toʻlanadi;
  • birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024 yilgi Dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi. 

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan, alohida shaхsiy gʻazna hisobvaragʻi shaklida ochiladigan Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi. 

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024 yilda ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari;
  • Jamgʻarmaning asosiy faoliyat yoʻnalishlari va mablagʻlarini shakllantirish manbalari;
  • 2024 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" va boshqalar.

 

Farmon bilan Prezidentning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

 

Ma’lumot uchun: 21.12.2023 yildagi PF-209-son farmoniga muvofiq, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, хotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy хodim va soliq inspektori "mahalla yettiligi"ni tashkil qiladi. Ular faoliyatni jamoatchilik asosida yuritishadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova