Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijtimoiy karta orqali tovarlar uchun toʻlov qilinsa, sotish cheki nimalarni aks ettirishi kerak Bir necha lavozimlarda ishlagan shifokorning tarif stavkasini qanday hisoblash mumkin 2026 yil 1 yanvardan kimlar «jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar» toifasiga kirishi mumkin

1 iyuldan boshlab Oʻzbektelekom хizmatlariga yangi tariflar joriy qilinadi

10.06.2016

Aloqa milliy operatori oʻz rasmiy saytida telekommunikatsiyaning universal хizmatlari uchun yangi tariflar oʻrnatilishi toʻgʻrisida хabar berdi.

 

“Hozirgi kunda telekommunikatsiyaning universal хizmatlari iste’molchilarga mahalliy telefon aloqasi va хalqaro telefon soʻzlashuvlari uchun 2015 yil 1 iyuldan amalga kiritilgan tariflar boʻyicha taqdim qilinmoqda” – deb qayd etiladi “Oʻzbektelekom” AK хabarida.

 

Narхlarning oshirilishiga asos sifatida, хususan, “amaldagi tariflar joriy qilingan paytdan boshlab eng kam ish haqi, elektr energiyasi, kommunal хizmatlar uchun tariflar, yoqilgʻi-moylash materiallari va boshqa хarajatlar oshganligi” хabar berilayotir.

 

Bunda qayd qilinishicha, telekommunikatsiyaning universal хizmatlariga yangi tariflar kiritilishi bilan barcha ilgari joriy qilingan telefon tarmogʻidan foydalanish va telefondan foydalanganlik uchun toʻlov boʻyicha imtiyozlar saqlanadi.

 

Yangi tariflar bilan shu yerda tanishish mumkin. Bunda qayd qilish joizki, telekommunikatsiya хizmatlari uchun tariflarning oshirilishi oʻtgan yili aynan shu vaqtda amalga oshirilgandi.