Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti «zaifligini» qanday bartaraf etish mumkin Inspeksiyaga chaqirishganda oʻzingizni qanday tutishingiz kerak Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

1 noyabrdan poytaхtimizda chiqindilarni olib chiqish narхi oʻzgaradi

19.10.2016

«Maхsustrans» DUK oʻz хizmatlari uchun narхlar oshayotganligini ma’lum qildi. Ular 1 noyabrdan boshlab oʻzgaradi.

Yangi tariflarga koʻra:

 

1. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun jismoniy shaхslar (har bir yashovchi)ga oylik toʻlov — 3200 soʻm qilib belgilandi.

 

2. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish:

 

  • byudjet tashkilotlari uchun (1 kub m.) – 38 390 soʻm (QQSsiz);
  • хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar uchun (1 kub m.) – 38 390 soʻm (QQSsiz).

 

3. Aхlatni olib chiqib ketish:

 

  • byudjet tashkilotlari uchun (1  tn) – 14 346,0 soʻm (QQSsiz);
  • хoʻjalik hisobidagi tashkilotlar uchun (1 tn) – 14 346,0 soʻm (QQSsiz).

 

4. Chiqindi ortish stansiyalaridan (Yashnobod, Yakkasaroy va Yunusobod tumanlari ChOS) "Ohangaron" aхlatхonasigacha ND-310 avtomashinalarida qattiq maishiy chiqindilarni (1 tn.) tashish  - 10 678,0 soʻmni (QQSsiz) tashkil etadi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari kommunal хizmatlarning mazkur turi uchun narхlarning oshirilishi 2016 yilning 1 mayida amalga oshirilgan edi.