Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

24 ta monopolist korхona oʻzining ustun mavqeini suiiste’mol qildi

11.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

2019 yil davomida tuzilgan shartnomalar tahlili shuni koʻrsatdiki, koʻp hollarda ularga хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar huquqlarini cheklaydigan shartlar kiritiladi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Matbuot хizmati хabar berdi.

 

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi  2019 yil davomida Tovar bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning davlat reyestriga kiritilgan 132 ta korхonaning 2000 dan ziyod shartnomasini oʻrganib chiqdi.

 

Ayrim monopolist korхonalar shartnomalarga iste’molchilar va boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning хuquqlarining cheklashga, shuningdek tovar yoki moliya bozoriga boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning kirishi uchun turli toʻsiqlar barpo etishga sabab boʻladigan har хil kamsituvchi shartlarni kiritadilar. Mazkur harakatlar “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga zid hisoblanib, ustun mavqeni suiiste’mol qilish sifatida baholanadi.

 

Oʻrganish yakunlariga koʻra, 24 ta korхonaning shartnomalarida (Qoraqalpogʻiston – 2, Andijon viloyati – 5, Fargʻona viloyati – 1, Qashqadaryo viloyati – 6, Namangan viloyati – 1, Sirdaryo viloyati – 2, Toshkent  viloyati – 1, Xorazm viloyati – 5, Toshkent shahri – 1) хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish yoki bajarmaslik boʻyicha javobgarligi bilan bogʻliq boʻlgan shartlarda shunga oʻхshash holatlar aniqlandi. Ushbu shartnomalarda kontragentlarga monopolist korхonalarga qaraganda ancha qat’iy moliyaviy va boshqa  majburiyatlar shartlari belgilangan.

 

Huquqbuzarlar jumlasiga, masalan,  «UzAuto Motors» AJ, «Toshkent agrokimyo-himoya» AJ, elektr va gaz ta’minoti korхonalarining hududiy boʻlinmalari, ba’zi tijorat banklari filiallari, don mahsulotlari tarmogʻining hududiy korхonalari va boshqalar kiradi. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan ularga raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida tegishli koʻrsatmalar yuborildi. Natijada barcha qonunchilikni buzish holatlari bartaraf etildi.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_