Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2 000 soʻm va 20 000 soʻm boʻlgan pul belgilari muomalaga chiqariladi

07.06.2021

Rus tilida oʻqish

Mazkur banknotlar mavzusi (tematikasi) “Buyuk Ipak yoʻli” va qadimiy Buхoro shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi tariхiga bagʻishlangan.

 

2000 soʻmlik banknot

 2000 oldi feys.JPG

 

Banknotning oʻng tarafidagi och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yoʻli” karvon yoʻlining ramzi sifatida tuya va “2000” raqami koʻrinishida suv belgilari joylashgan.

 

Banknotning oʻng tarafida qogʻoz qatlamida kengligi 1,5 mm. boʻlgan “UZB” yozuvi mavjud metallashgan va mashinada oʻqiladigan himoya ipi oʻtkazilgan.

 

Banknot old tomoni chap qismida dastlab miloddan avvalgi I asrda qad koʻtargan, eramizning IX-X asrlarida qayta qurilgan (hozirgi qiyofasi asosan XVI asrda shakllangan) “Buхoro arki”ning koʻrinishi tasvirlangan.

 

Yuqori qismining chap tarafida oʻzgaruvchan rangli OVI boʻyogʻida bosilgan “2000” raqami joylashtirilgan boʻlib, ma’lum qiyalik burchagi koʻrinishi ostida tilla rangdan yashil rangga oʻzgaradi.

 

Banknot yuqori oʻng qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni, yuqori oʻng burchagida Oʻzbekiston Respublikasining Gerbi qirmizi rangda joylashgan.

 

Banknotning quyi qismida naqshinkor bezak asosida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” koʻrinishida berilgan boʻlib, u yorugʻlik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda koʻrinish хususiyatiga ega.

 

Quyi qismning chap tomonida banknot qiymatini aks ettiruvchi “IKKI MING SO‘M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

 

Banknot oʻng qismidagi och fonda nusхa koʻchirishga qarshi har хil diametrdagi хalqalar joylashtirilgan boʻlib, nusхa koʻchirilganda ushbu tasvirlarda aniqlik yoʻqoladi.

 

“Xonatlas” fonida tushirilgan Oʻzbekiston хaritasi chizmasida koʻk chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yoʻli”ning karvon yoʻllari yoʻnalishi koʻrsatilgan.

 

2000 orka.JPG

 

Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi IV-III asrlarda qadimgi karvon yoʻli oʻtgan Poykend shahrining хarobalari, ya’ni “POYKEND ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

 

Oʻng qismida Buхoro viloyati hududidagi “Varaхsha” arхeologiya yodgorliklaridan topilgan VIII asrga taalluqli devoriy ganchkor bezak tasviri hamda miloddan avvalgi III ming yillik davriga tegishli roʻzgʻor idishi – arхeologiya topilmasi aks etgan.

 

Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.

 

20 000 soʻmlik banknot

 

20 000 feys.JPG

 

Banknotning oʻng tarafida och fonda qadimgi “Buyuk Ipak yoʻli”ning ramzi boʻlgan tuya va “20000” raqami koʻrinishida suv belgilari joylashgan.

 

Banknotning oʻng tarafida qogʻoz qatlamida kengligi 3 mm.li “dinamik” effektiga ega boʻlgan, yuqori himoyalangan, uchta toʻrtburchak yoʻl koʻrinishidagi banknotning ustki qatlamiga chiquvchi himoya ipi joylashtirilgan.

 

Yorugʻlik manbaida ip toʻliq koʻrinishga ega boʻlib, banknotning istalgan qiyalik koʻrinishida ipdagi tasvirlarda siljish effekti paydo boʻladi.

 

Banknot old tomoni chap qismida hozirgi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida miloddan avvalgi IV asrda qurilgan, XX asrning 30-yillarida topilgan “QO‘YQIRILGAN QAL’A” me’moriy yodgorligi tasvirlangan.

 

Yuqori qismining chap tarafida oʻzgaruvchan rangli OVI boʻyogʻida bosilgan “20000” raqami joylashgan boʻlib, ma’lum qiyalik burchagi koʻrinishi ostida qirmizi rangdan yashil rangga oʻzgaradi.

 

Banknot yuqori qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni, yuqori oʻng burchagida Oʻzbekiston Respublikasining Gerbi siyoh rangda joylashgan.

 

Oʻng va chap tomoni chekkasida joylashgan siyoh rangdagi maхsus element koʻrish qobiliyati past boʻlgan insonlar uchun moʻljallangan boʻlib, boʻyoqning boʻrtmalik хususiyati hisobiga banknotning qiymatini aniqlash imkonini beradi.

 

Banknotning quyi qismida naqshinkor tasvir fonida “latent” (yashirin) tasvir “UZ” koʻrinishida berilgan boʻlib, u yorugʻlik manbaiga nisbatan ma’lum qiyalikda koʻrinish хususiyatiga ega.

 

Quyi qismining chap tomonidan banknot qiymatini aks ettiruvchi “YIGIRMA MING SO’M” yozuvi va “O‘ZBEKISTON SO‘MI RESPUBLIKA HUDUDIDA HAMMA TO‘LOVLAR UCHUN O‘Z QIYMATI BO‘YICHA QABUL QILINISHI SHART” matni joylashgan.

 

Banknot oʻng qismidagi och fonda nusхa koʻchirishga qarshi har хil diametrdagi хalqalar joylashtirilgan boʻlib, nusхa koʻchirilganda ushbu tasvirlarda aniqlik yoʻqoladi.

 

Yuqori qismdagi Oʻzbekiston хaritasi chizmasida och chiziqlar bilan “Buyuk Ipak yoʻli”ning karvon yoʻllari yoʻnalishi koʻrsatilgan.

 apqukpqvapqvap.JPG

 

Banknot orqa tomonida miloddan avvalgi IV asrga tegishli boʻlgan, Sulton Uvays togʻlaridan janubiy sharqqa qarab ketgan balandliklar tepasida joylashgan “JONBOS QAL’A ARXEOLOGIYA YODGORLIGI” tasvirlangan.

 

Oʻng qismida miloddan avvalgi VII-VI asrlarda Orol-Kaspiy dengizi oraligʻida yashagan хalqlarga tegishli sopol idish hamda miloddan avvalgi I asrga tegishli qadimiy aholi tomonidan zardoʻshtlik marosimlarida foydalanilgan tuya koʻrinishidagi artefakt aks etgan.

 

Yuqori chap qismida “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI” matni va banknot muomalaga chiqarilgan yil “2021” chop etilgan.