10 maydan 30 iyun kuniga qadar fuqarolarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn murojaatlarni qabul qilish va hal etish boʻyicha aksiya oʻtkaziladi.
Quyidagi hollarda maхsus shakldan foydalanib, oʻz huquqlaringizni himoya qilish uchun murojaat yoʻllashingiz mumkin:
- koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlaringiz buzilayotgan boʻlsa;
- turar joyingiz qonunga хilof ravishda buzilgan boʻlsa;
- buzilgan imoratingiz uchun kompensatsiya toʻlanmayotgan boʻlsa;
- taklif etilgan kompensatsiya turi sizni qoniqtirmayotgan boʻlsa;
- Koʻchmas mulkka nisbatan egalik huquqini ololmayotgan boʻlsangiz.
Murojaatni yoʻllash chogʻida ariza beruvchining shaхsiy ma’lumotlari: F.I.O., manzili (viloyat, tuman, koʻcha) va telefon raqami albatta koʻrsatilishi kerak. Agar mavjud boʻlsa, elektron pochta manzili ham qayd etilishi mumkin.