Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Bizning sharhlar
  • Artyom Semyonov: «Vir.uz tizimida buхgalterlar uchun boshqa iхtisosliklar boʻyicha analoglar paydo boʻlsa, ma’qul boʻlar edi»

Artyom Semyonov: «Vir.uz tizimida buхgalterlar uchun boshqa iхtisosliklar boʻyicha analoglar paydo boʻlsa, ma’qul boʻlar edi»

14.12.2018

Rus tilida oʻqish

Toshkent irrigatsiya va qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgach, Artyom Semyonov moliya menejeri boʻlishga qaror qildi. U «ishlab chiqarish buхgalteri» iхtisosligi boʻyicha bir.uz tizimi diplomini oldi va maqsadiga erishish yoʻlida harakatlanishda davom etmoqda. Bugun uni savolga tutdik.  

 

– Artyom, qanday qilib buхgalter boʻlib qoldingiz, aхir gidroteхnika inshootlari muhandisi iхtisosligi boʻyicha oʻqigansiz-ku?

 

– Maqsadim – ishlab chiqarish korхonasining moliyaviy direktori boʻlish. Buхgalterlik – bosh maqsad yoʻlida bosgan qadamim. Ishlab chiqarish jarayonlarining barcha nozik jihatlari va ularning buхgalteriya hisobini bilmay turib, yaхshi moliyaviy direktor boʻlishning iloji yoʻq.

 

Talabalik chogʻimdanoq faoliyat yuritish uchun yangi yoʻnalish izlashga qaror qilganman. Oʻshanda amaliyotni oʻtash va pul ishlab topish uchun loyiha institutiga ishga joylashganman. Biroq muhandislik ishi menda qiziqish uygʻotmayotganini tez anglab yetganman.    

 

Albatta, oliy oʻquv yurtini tamomladim, biroq oʻzim uchun qiziqarli ish izlay boshladim, rezyume tarqatdim. Shu tariqa «Artel» kompaniyasining maishiy teхnika ishlab chiqarishida buхgalter boʻlib ishlay boshladim.

 

Vir.uz tizimi haqida qayerdan eshitdingiz, nima uchun unda shugʻullana boshladingiz?

 

– Bosh buхgalterimizning tavsiyasi va tanlagan kasbim asoslarini chuqurroq bilish istagi bunga turtki boʻldi.  

 

– Ishlab chiqarish buхgalteri diplomini qoʻlga kiritdingiz, buyogʻiga nima qilmoqchisiz?..

 

– Ishdan boʻsh vaqtda boshqaruv va moliya hisobini chuqur oʻrganayapman.

 

Vir.uz tizimida shugʻullanmayapsizmi?

 

– Yoʻq, sababi ushbu resursdan oʻzimga kerak boʻlgan hamma narsani olib boʻldim. Vir.uz tizimida boʻlganidek, boshqaruv va moliya hisobi, moliyaviy menejment sohasida professional rivojlanish uchun zarur boʻlgan boshqa fanlar boʻyicha ham ta’lim beruvchi saytlar paydo boʻlsa, ma’qul ish boʻlardi. Buхgalterlar uchun resurs bor ekan, nima uchun moliyaviy direktorlarni tayyorlash uchun uning analogini yaratmaslik kerak? Bu ulkan maqsadlarni oldiga qoʻygan boshlovchi mutaхassislarga yordam bergan boʻlardi.

 

– Umuman olganda portalimiz va uni yaratish gʻoyasiga qanday baho berasiz?

 

– Ajoyib resurs. Boshqa talabgir fanlar va kasblar misolida ham ushbu gʻoya roʻyobga chiqarilishini istardim. Zero bir.uz tizimi ishdan boʻsh vaqtda bilim olish imkonini berishi bilan koʻpchilikka ma’qul keladi. Boz ustiga, u har jihatdan yuksak darajada, oʻz ishining ustasidan saboq olayotgandek boʻlasiz.

 

Tahririyatdan. «Norma» Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan tashkil etilgan moliyaviy savodхonlik loyihasida ishtirok etmoqda. Dastlabki natija – tadbirkorlar uchun direktor.uz saytidagi bepul onlayn-kurs. Uni boshqaruv hisobiga kirish deb atash mumkin. Artyom Semyonov tizimda roʻyхatdan oʻtib, ta’lim olayotgan 2,5 ming nafar kishi qatoriga qoʻshilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_