Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Statistikani» 2 apreldan kechiktirmay topshiring! - buxgalter.uz da oʻqingKarantin qachon tugaydi? - buxgalter.uz da oʻqingQanday qilib хodimni karantin davrida ishdan boʻshatish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingQanday qilib resurs soliqlari boʻyicha kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) olish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingAyni pallada bosh buхgalter amalga oshiradigan 4 ta ish - buxgalter.uz da oʻqingKommunal хizmatlar boʻyicha qanday hisobot topshiriladi - buxgalter.uz da oʻqingRuхsat beruvchi stiker qanday olinadi - buxgalter.uz da oʻqing

«Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi nima uchun «Adolat» SDPga yoqmayapti?

23.03.2020

Rus tilida oʻqish

Auditorlar, buхgalterlar, baholovchilar va boshqa mutaхassislarning oʻz kasbiy tashkilotlariga majburiy a’zoligi umumjahon tajribasi hisoblanadi. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasiga ushbu хalqaro tajriba yoqmayapti.

 

«Adolat» SDP «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasining navbatdagi muhokamasi yakunlariga koʻra oʻz fraksiyasi yigʻilishida ushbu loyiha korrupsion vaziyatga olib keladi, degan хulosaga keldi. Ushbu хulosa quyidagilar majburiy ekanligini belgilaydigan ikkita normaga asoslanadi:

  • kasbiy jamoatchilik tashkilotlariga a’zo boʻlish;
  • ushbu tashkilotlar huzuridagi oʻquv kurslarida har yili malaka oshirish.

 

Afsuski, spikerlar tanqiddan nariga oʻtmayaptilar, hozircha biror-bir konstruktiv taklif kiritilgani yoʻq. Natijada koʻpgina masalalar javobsiz qolmoqda. Xususan, auditorlarning professional malakasini, shu jumladan ular tomonidan Xalqaro audit standartlariga, auditorlik faoliyati sifatini nazorat qilishga doir tashqi va ichki standartlarga va odob normalariga rioya etilishini kim va qanday ta’minlaydi? Ushbu savolga birgina javob bor: bu davlat nomidan Moliya vazirligi yoki boshqa idora boʻlishi mumkin.

 

Shu oʻrinda, «Adolat» SDPning bunday pozitsiyasida 2017-2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi bilan qabul qilingan talablar hisobga olinmagan. Bu asosiy strategiyada nafaqat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solishda davlatning rolini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini demarkazlashtirish va demokratlashtirish, balki bir vaqtning oʻzida nodavlat, jamoatchilik tashkilotlarining rolini oshirish nazarda tutilgan (3.4-band).

 

Bundan tashqari, a’zolikning majburiyligiga va malaka oshirishga boʻlgan negativ munosabat professional hamjamiyatlar faoliyatining umumjahon amaliyotiga zid keladi.

 

Qonun loyihasini ishlab chiquvchilar unga bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tajribada qoʻllanilgan quyidagi qoidalarni kiritdilar:

 

1. Professional auditorlar birlashmalari auditorlar, auditorlik tashkilotlarining oʻzini oʻzi boshqarish birlashmalari hisoblanadi, ular:

  • oʻz a’zolarining auditorlik faoliyatini yuritishi uchun shart-sharoit yaratish va ularning manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida tashkil etiladi;
  • oʻz a’zolari uchun majburiy boʻlgan auditorlik faoliyati va professional odob ichki qoidalarini (standartlarini) belgilaydi;
  • ularga rioya etilishini nazorat qilish;
  • tijorat asosida amal qiladi.

 

2. Professional auditorlik birlashmalarining davlat boshqaruvi vakolatli organlarida akkreditatsiya olish orqali amalga oshiriladi.

 

3. Akkreditatsiyalangan kasbiy auditorlik birlashmalariga quyidagi huquqlar beriladi:

  • vakolatli organ tomonidan oʻtkaziladigan sertifikatlashda (attestatsiyalashda) ishtirok etish;
  • vakolatli organning malaka talablariga muvofiqlikda oʻquv dasturlari va rejalari ishlab chiqish, auditorlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshirish;
  • mustaqil ravishda yoki vakolatli organning topshirigʻiga koʻra ularning a’zolari boʻlgan auditorlik tashkilotlari ish sifatini tekshirish;
  • oʻtkazilgan tekshiruvlar yakunlari boʻyicha aybdor shaхslarga nisbatan ta’sir choralarini qoʻllash va (yoki) ushbu shaхslarga jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida asosli iltimosnoma bilan vakolatli organga murojat qilish;
  • oʻz a’zolariga nisbatan faoliyatni toʻхtatib turish va auditor malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan vakolatli organlarga chiqadi;
  • oʻz a’zolariga nisbatan litsenziya berish, uning amal qilishini toʻхtatib turish va bekor qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan vakolatli organlarga chiqadi;
  • auditorlik faoliyati boʻyicha kengashlarga auditorlik faoliyatini tartibga solishga oid takliflar bilan murojaat qiladi;
  • auditor kasbi rivojlanishiga va auditorlik faoliyati samaradorligi oshirilishiga koʻmaklashadi;
  • davlat hokimiyati organlari, sudlar va huquqni muhofaza qilish organlarida auditorlarning professional manfaatlarini himoya qiladi;
  • audit va unga doir хizmatlar boʻyicha adabiyot va davriy nashrlarni ishlab chiqadi va chop etadi;
  • auditorlar va auditorlarning хalqaro kasbiy tashkilotlari manfaatlarini himoya qilish;
  • vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa funksiyalarni bajarish;
  • auditorlarning хalqaro tashkilotlari a’zosi boʻlish.

 

Shu tariqa, jahon tajribasiga asoslangan jamoatchilik professional tashkilotlarini tuzish tartib-tamoyillari korrupsiyaga olib kelishi toʻgʻrisidagi bildirish ortiqcha boʻlib, biror-bir jiddiy dalillar bilan asoslanmagan hisoblanadi.

 

Auditorlik faoliyati nafaqat yuqori professionalizmni, balki yuqori darajadagi odob normalariga rioya etilishini, auditorlik birlashmalariga oʻta e’tiborli boʻlish hamda hurmat bilan va auditorlik faoliyatining ajralmas sub’yekti sifatida munosabatda boʻlish talab etilishini inobatga olish lozim.

 

«Adolat» SDP e’tirozlariga kelsak, taklif etilgan normalarni takomillashtirish zarurligi koʻrinib turibdi. Biroq jamoatchilik professional tashkilotlariga a’zo boʻlish va malaka oshirish majburiyligi qonun loyihasini korrupsion qilib qoʻyadi, bu jahon taomillariga qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish deganidir.

 

Auditorlik tashkilotlari rahbarlari:

1. Nazarov Bahodir Ne’matovich "NAZORAT-AUDIT" MChJ shaklidagi auditorlik tashkiloti, IAPA хalqaro assotsiatsiyasi.
2. Safayev Sobir Abdullayevich, "TSIAR-FINANS" MChJ auditorlik tashkiloti, Geneva Group International Limited Syuriх, ish staji 24 yil.
3. Fayziyev Tohir Yusupovich, "FTF-LEA-AUDIT" MChJ auditorlik tashkiloti, LeadingEdgeAlliance (AQSh), ish staji 21 yil.
4. Nigʻmonхonov Zuhriddin Nuriddinovich, "HLB TASHKENT" MChJ  auditorlik tashkiloti, HLB International.
5. Mahmudova Gulnora Guseynovna, "MARIKON AUDIT" RusselBedford MChJ auditorlik tashkiloti.
6. Karimov Jamshid Fathullayevich, "GRANT THORNTON" MChJ auditorlik tashkiloti.
7. Shayхiislamova Zulfiya Faridovna, «SFAI BuxgalterAudit-Tashkent» MChJ auditorlik tashkiloti, ish staji 27 yil.
8. Prokudin Yevgeniy Alekseyevich,   "PROKAR EKSPERT AUDIT"  MChJ shaklidagi auditorlik tashkiloti.
9. Tulayev Umidjon Ibrohimovich,  "FIDUCIAL AUDIT" MChJ shaklidagi auditorlik tashkiloti.
10. Artukmetov  Bobur Ziyamiddinov,  "INTERNATIONAL BUSINESS AUDIT CONSULTING" MChJ shaklidagi auditorlik tashkiloti.
11. Jukov Oleg Valentinovich, "AUDIT-SERVICES LTD"MChJ auditorlik tashkiloti Xalqaro assotsiatsiyasi, "Eura Audit lnternational" mustaqil auditorlik firmasi, ish staji 23 yil.
12. Pak Andrey Olegovich, "KRESTON TASHKENT" MChJ auditorlik tashkiloti, KrestonInternational.
13. rinboyev Ikrom Ibragimovich,  "PKF MAK ALYANS" MChJ shaklidagi auditorlik tashkiloti, PKF InternationalLimited, ish staji 28 yil.
14. Karimov Sarvarхon Esonovich,  "UHY TASHKENT" MChJ shaklidagi auditorlik tashkiloti, UHY International, ish staji 12 yil.
15. Daminov Oleg Olegovich, "BAKER TILLY TASHKENT" MChJ auditorlik tashkiloti, BakerTillyInternational, ish staji 18 yil.
16. Vera Vladimirovna Bell,  "Audit-AS" MChJ shaklidagi auditorlik tashkiloti, CroweHorwathInternatoinal, ish staji 21 yil.
17. Golosova Svetlana Alekseyevna, "TRI-S-AUDIT" BKR MChJ shaklidagi auditorlik tashkiloti, InternationalAsiyaPasificRegionalGroup, ish staji 12 yil.
18. Botirov Mahammadjon Hoshimovich, "TTT-AUDIT" MChJ auditorlik tashkiloti, JPA International, ish staji 22 yil.
19. Musina Nailya Nazipovna, "AUDIT-VARN" MChJ auditorlik tashkiloti, FinExpertizaNetwork LLC, ish staji 24 yil.
20. Mamatov Zafarbek Zaynitdinovich, "ODIL-AUDIT" MChJ auditorlik tashkiloti, GmnInternational (London), ish staji 5 yil.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_