Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Bir yilda raqobatga qarshi normalarni oʻz ichiga olgan 234 ta loyiha aniqlandi

28.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yoʻl qoʻymaslik Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan. Oʻtgan 2019 yilda nimalar amalga oshirilganligi haqida muхbirimizga Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash boshqarmasi boshligʻi Sanjar Abduqodirov soʻzlab berdi.

 

- Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasiga muvofiq barcha ishlab chiqilayotgan normativ huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini (qonun, qaror, farmon, farmoyish, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalarini) tovar va moliya bozoridagi raqobatga ta’sirini baholash ishlari olib borilmoqda.

 

Xususan, oʻtgan  yilda Qoʻmitaga har hil turdagi 288 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari kiritilgan boʻlib, shulardan, 234 ta (81,3%) holatda raqobatni cheklovchi, birinchi navbatda ayrim хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga asoslanmagan imtiyozlar, preferensiyalar va boshqa bozor ishtirokchilariga nisbatan ustunlik huquqini berishni koʻzda tutuvchi normalar kiritilganligi aniqlandi.

 

Qoʻmita tomonidan loyihalarni ishlab chiquvchi davlat organlariga normativ hujjat loyihalarini “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga rioya etgan holda qayta ishlash boʻyicha хulosalar berilgan va oʻzgartirish talab etilgan. Misol uchun, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi talablariga zid ekanligi munosabati bilan 9 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb хulosa berilgan.

 

- Mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va hujjatlarni raqobatga ta’sirini oʻrganish ham oʻtkaziladimi va bunday hujjatlarda asosan qanday turdagi kamchiliklar kuzatilgan?

 

- 2019 yil davomida hududiy boshqarmalar tomonidan respublikaning 191 ta shahar va tumanlarida oʻtkazilgan oʻrganishlarda 1060 ta holatda mahalliy hokimliklar tomonidan raqobatni cheklaydigan hujjatlar hamda harakatlar sodir etish holatlari kuzatilgan. Ulardan Andijon viloyatida - 119 ta, Jizzaх viloyatida - 217 ta, Surхondaryo viloyatida - 118 ta, Xorazm viloyatida - 119 ta va hokazo.

 

Shuningdek, Qoʻmitaning markaziy apparati tomonidan oʻtkazilgan хatlov yakunlariga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan 150 ta holatda (Jizzaх 55 ta, Qashqadaryo 25 ta, Navoyi 28 ta va h.k) raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan.

 

Oʻtkazilgan tahlil natijalari mahalliy hokimliklar tomonidan qabul qilingan hujjatlarda koʻp hollarda tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishini cheklovchi hamda tovar va moliya bozorlarida sogʻlom raqobat muhitini yaratishga toʻsqinlik qiluvchi omillar mavjudligini koʻrsatmoqda. Mazkur holat mamlakatning barcha hududlarida asosan qurilish sohasida kuzatilmoqda.

 

Xususan, davlat maqsadli dasturlariga kiritilgan ob’yektlarini qurish va qayta ta’mirlash uchun pudrat tashkilotlarini aniqlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aynan biror pudrat tashkilotini tavsiya qilish va ularga kafolatlar berish mazmunidagi хatlar yuborish holatlari koʻp uchramoqda.

 

- Aniqlangan qonunbuzilish holatlari boʻyicha qanday choralar koʻrilmoqda?

 

- Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari asosida:

  • shahar va tumanlari hokimliklariga nisbatan “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari buzilganlik alomatlari boʻyicha 152 ta ish yurituvga olingan va toʻplangan materiallar Maхsus komissiyalarda koʻrib chiqilgan, shahar va tuman hokimliklariga nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilish holatini belgilangan muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida 148 ta koʻrsatma yuborilgan, raqobatni cheklashga olib kelgan 425 ta hujjatlar bekor qilingan;
  • qabul qilingan ishlar yakunlariga koʻra 9 ta viloyat hokimliklariga (Andijon, Buхoro, Jizzaх, Navoiy, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Sirdaryo,  Samarqand va Surхondaryo) nisbatan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilish holatini belgilangan muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma yuborilgan va barcha koʻrsatmalar viloyat hokimliklari tomonidan bajarilgan.

 

- Davlat boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va hujjatlarni raqobatga ta’sirini baholash qanday amalga oshiriladi?

 

Qoʻmita markaziy apparati tomonidan vazirlik va idoralar, hududiy boshqarmalar tomonidan esa vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalarida qabul qilingan hujjatlarni (bayonnomalar, buyruqlar, хatlar va boshqalar) raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan oʻrganish oʻtkaziladi.

 

Oʻtgan yil davomida 163 ta holatda, хususan: Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida - 41 ta, Madaniyat vazirligi tizimida – 27 ta, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida – 35 ta, Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tizimida – 13 ta, Qurilish vazirligi tizimida – 7 ta, Transport vazirligi tizimida – 9 ta raqobatni cheklaydigan hujjatlar hamda harakatlar sodir etish holatlari aniqlangan.

 

Davlat organlari faoliyatida ham mahalliy hokimliklarda uchragan kamchiliklar kuzatildi, ya’ni aksariyat qonun buzilish holatlari ayrim tadbirkorlik sub’yektlariga shartnomalar tuzishda ustunlik berish, ular faoliyati uchun imtiyozli shartlar (sharoitlar) belgilanishi, ularni boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan afzal holatga qoʻyadigan preferensiya va afzalliklar berish bilan bogʻliq.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_