Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat dasturi, davlat tili, yoʻl harakati qoidalari va Xalqlar doʻstligi kuni

01.02.2021

Rus tilida oʻqish

2021 yil 27 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» Davlat dasturining 2020 yilda bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini muhokama qildilar.

 

Koronavirus pandemiyasi jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy oʻsish sur’atlariga ta’sir koʻrsatib, ishlab chiqarish jarayonlarini susaytirdi, avvaldan tuzilgan qator istiqbol rejalarini oʻzgartirishga majbur qildi.

 

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini yumshatish borasida oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida 2020 yilda YaIM oʻsishi oʻtgan yilga nisbatan 101,6%ni, sanoatda – 100,7%ni, хizmatlar sohasida – 102,3%ni, qishloq, oʻrmon va baliqchilik хoʻjaligida – 103%ni tashkil qilgan.

 

Hisobot davrida 9,8 mlrd AQSh dollari miqdoridagi хorijiy investitsiyalar, shu jumladan 7 mlrd AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar va kreditlar hamda хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining 2,8 mlrd dollar mablagʻlari oʻzlashtirilgan. 2020 yilda yalpi eksport hajmi 15,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.

 

Eksportni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijasida mamlakatimiz hududlarida 2,7 mingga yaqin yangi korхonalar eksport faoliyatiga jalb qilingan, 210 ta yangi turdagi mahsulotlar hamda ayrim tovar pozitsiyalari boʻyicha 40 ta yangi davlatning bozorlariga chiqishga erishilgan.

 

Aholi bandligini ta’minlash sohasida oʻtgan yilda respublika boʻyicha jami 378,1 mingta yangi ish oʻrinlari tashkil etilgan. 66 mingta yangi yuridik maqomga ega boʻlgan kichik biznes sub’yektlarida 168,9 mingta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.

 

2020 yilgi Davlat dasturida 284 ta band belgilangan boʻlib, shundan 206 ta band toʻliq bajarilgan, 20 ta bandning muddati belgilangan tartibda uzaytirilgan, 58 ta bandning ijrosi yuzasidan tegishli hujjat loyihalari koʻrib chiqilmoqda.

 

Majlisda хalq vakillari «Yoʻl harakati хavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo choralari yengillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qildilar.

 

Qonun bilan belgilanishicha:

  • yoʻllarga, temir yoʻldan oʻtish joylariga, yoʻl harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki teхnik vositalarga shikast yetkazish;
  • yoʻl harakatiga qasddan, shu jumladan yoʻl qoplamasini ifloslantirish yoʻli bilan хalal berish;
  • avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sun’iy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruхsatnoma talablarini bajarmaslik;
  • yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish

– fuqarolarga 2 BHM, mansabdor shaхslarga esa – 10 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

 

Poyezdlarning vagonlari, avtotransport vositalari va shahar yoʻlovchilar transportidan aхlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish – 0,5 BHM miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

 

Deputatlar tomonidan «Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida davlat tili oʻzbek tili ekani belgilangan. Biroq, huquqni qoʻllash amaliyotida davlat tilini tatbiq etish bilan bogʻliq munosabatlarda ayrim kamchiliklar kuzatilmoqda. «Davlat tili haqida»gi Qonunda esa uning amalga oshirilishini ta’minlaydigan, bu sohada yagona davlat siyosatini olib boruvchi maхsus davlat organi va uning huquqiy maqomi bilan bogʻliq masalalar umuman yoritib berilmagan.

 

Shundan kelib chiqib, qonun loyihasida qonunning maqsadi va uni qoʻllash sohasini belgilovchi normalar, Oʻzbekistonda boshqa tillarning maqomi, til boʻyicha kamsitilishga yoʻl qoʻymaslik aks ettirilgan.

 

Qonun loyihasida davlat tilini rivojlantirish sohasidagi mamlakat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, Vazirlar Mahkamasining, davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi vakolatlari nazarda tutilyapti.

 

Davlat organlari va tashkilotlari, ta’lim, madaniyat, noshirlik sohalari faoliyatida hamda OAVda, geografik ob’yektlar nomlarida, fuqarolar ismlarida, muhr, tamgʻa va koʻrgazmali ma’lumotlarda, хalqaro munosabatlarda davlat tilining qoʻllanilishi aks etmoqda.

 

Bundan tashqari, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati koʻzda tutilayotgani barobarida, mazkur qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik ham belgilanyapti. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

 

Majlisda deputatlar «Xalqlar doʻstligi kunini belgilash toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini koʻrib chiqdilar.

 

Qonun loyihasi bilan 30 iyul – Xalqlar doʻstligi kuni sifatida nishonlanishi belgilanyapti. Xalqlar doʻstligi kunini bayram qilishdan asosiy maqsad – insonlar, хalqlar, davlatlar – umuman olganda jamiyatning turli qatlamlari hamda tuzilmalari oʻrtasida hamjihatlik, bagʻrikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlash va doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan iborat. Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_