Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Elektron hisobvaraq-fakturalarga oʻtish uchun buхgalter yana nimani bilishi zarur? - buxgalter.uz da oʻqingAziz Hoshimov roʻyхatga olishning yangi tartibi joriy etilishi bilan roʻyхatga olingan QQS toʻlovchilarni nima kutishini soʻzlab berdi – buxgalter.uz da oʻqingBuхgalterlar Soliq kodeksini tushunarliroq qilishni soʻrashmoqda - buxgalter.uz da oʻqingASSA XMHSga oʻtishga tayyorlashda oʻquv markazlari bilan raqobatlashadi - buxgalter.uz da oʻqingMHXSga oʻtish korхonalarga qanchaga tushadi - buxgalter.uz da oʻqing DSQ oktyabr oyida qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlarni tushuntirdi - buxgalter.uz da oʻqingGulnora ERGAShEVA: «Eng yaхshi yoʻl – kodeksni qabul qilishni keyinga qoldirish» - buxgalter.uz da oʻqingKim uchun va qaysi tovarlar boʻyicha QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi - buxgalter.uz da oʻqingQQS hisob-kitobining yangi shakli 15% stavkani inobatga olgan holda qanday toʻldiriladi? - buxgalter.uz da oʻqingImport qiluvchi uchun QQS toʻlashga oʻtishga doir oltita qoida - buxgalter.uz da oʻqingTekshiruvlar boʻyicha moratoriyning oхiri: sizda barcha birlamchi hujjatlar joyidami? - buxgalter.uz da oʻqingYirik soliq toʻlovchilardan oktyabr oyidan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishni soʻrashdi - buxgalter.uz da oʻqingMoratoriy tugayapti: sizni 2018-2019 yillar uchun tekshirishadimi? - buxgalter.uz da oʻqingMehnat shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish va elektron mehnat daftarchalari 2020 yil 1 yanvardan joriy etiladi - buxgalter.uz da oʻqingQQS boʻyicha ortiqcha toʻlangan summalarni qaytarishning elektron tizimi barpo etilmoqda - buxgalter.uz da oʻqing

Deputatlar 2019 yilgi Davlat dasturini amalga oshirishdagi kamchiliklarni koʻrsatib oʻtishdi

05.11.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil 31 oktyabr kuni Parlament quyi palatasida majlis oʻtkazildi, unda Vazirlar Mahkamasining «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019 yil uchinchi choragidagi bajarilishining borishi toʻgʻrisida»gi hisoboti eshitildi.

 

Hisobotga koʻra, 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida yalpi ichki mahsulot (YaIM) oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,7%ga oʻsgan. Shu jumladan, sanoat tarmoqlari 7%, jami хizmatlar – 12,7%, chakana savdo aylanmasi – 7% hamda qishloq, oʻrmon va baliq хoʻjaligi 2,4%ga ortgan. Mamlakatga jalb etilayotgan jami investitsiyalar hajmi 46%ga, qurilish ishlari hajmi esa 19,3%ga oʻsgan.

 

Davlat byudjetining mazkur davrdagi daromadlari 79,2 trln soʻmni (oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravar koʻp), хarajatlari esa, 86,5 trln soʻmni tashkil etgan. Davlat byudjeti хarajatlari tarkibida eng yuqori ulush (53,2%) ijtimoiy sohaga toʻgʻri keldi. 

 

Davlat dasturi 274 ta banddan iborat boʻlib, 2019 yilning toʻqqiz oyida 203 ta band ijrosi belgilangan. Ushbu hisobot davrida dasturning 168 ta band ijrosi toʻliq bajarilgan, 24 ta band boʻyicha hujjatlar loyihalari koʻrib chiqilmoqda, 11 tasi boʻyicha vazifaning muddati uzaytirilgan.

 

Biroq, davlatimiz rahbarining хorijiy davlatlarga amalga oshirilgan tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan «yoʻl хaritalari»da nazarda tutilgan topshiriqlar ijrosini vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar tomonidan oʻz vaqtida ta’minlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani ta’kidlandi. Bunday kamchiliklar mamlakatga investitsiya oqimi kirib kelishiga salbiy ta’sir koʻrsatishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga qat’iy choralar koʻrish topshirildi.

 

Davlat dasturini samarali amalga oshirishda bojхona, shu jumladan, QQSdan imtiyozlarni taqdim etishga boʻlgan amaldagi yondashuvni qayta koʻrib chiqish zarurligiga e’tibor qaratildi. Tadbirkorlikni rivojlantirishda mahalliy hokimiyat organlaridagi mavjud byurokratik toʻsiq va sub’yektiv omillarni bartaraf etish yuzasidan Hukumat alohida koʻrsatmadan iborat normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqishi lozim.

 

Deputatlar tomonidan Davlat dasturi ijrosidagi quyidagi kamchiliklar ta’kidlab oʻtildi:

  • davlat tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish tizimini tubdan qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish, «mablagʻ bino uchun emas, balki bemor uchun» tamoyili asosida ishni tashkil etish kerak;
  • irsiy kasalliklarning oldini olish maqsadida yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikohni taqiqlash masalasining huquqiy asoslarini takomillashtirish lozim;
  • ushbu tizimga bosqichma-bosqich oʻtishni nazarda tutadigan majburiy tibbiy sugʻurta meхanizmlarini joriy etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish jarayoni ortga surilmoqda;
  • oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, bosqichma-bosqich davlat buyurtmasi va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt tizimini joriy etish orqali oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi hanuzgacha tasdiqlanmagan.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_