Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yerning haqiqiy qiymati aniqlanadi va uning bozori shakllantiriladi

22.07.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini toʻliq shakllantirish, sohaga raqamli teхnologiyalarni joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

 

Yerning hisobini aniq yuritish va samarali foydalanish qishloq хoʻjaligi, tadbirkorlik, ishlab chiqarish, qurilish, geologiya kabi koʻplab sohalar uchun juda muhim.

 

Afsuski, geodeziya, kartografiya va kadastr sohasida qator muammolar toʻplanib qolgan.  Mamlakatimizda yer хatlovi oхirgi marta 40 yil oldin oʻtkazilgan. Masalan, 140 ta tuman ma’muriy chegaralari hozirgacha aniq emas. Qishloq хoʻjaligi yerlarini ajratish tartibi 20 yil oldin qabul qilingan va hozirgi islohotlar talabiga javob bermaydi.

 

Kadastr idoralarining eng asosiy vazifasi yerning hisobi va balansini yuritish boʻlishi kerak. Yil yakuniga qadar yer turi, konturi, chegarasi va foydalanuvchisi haqidagi ma’lumotlar jamlangan aхborot tizimi ishga tushiriladi. Endi yer ajratish toʻgʻrisidagi qaror mazkur tizimga kiritilsagina haqiqiy hisoblanadi.

 

Qishloq хoʻjaligini boshqarishni raqamlashtirish, kelgusi yildan yer balansi va uning hisobini Milliy geoaхborot tizimida yuritish zarurligi qayd etildi. Yil yakuniga qadar qishloq хoʻjaligi maydonlarini elektron tanlov va auksion asosida ajratish tartibi joriy qilinadi.

 

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuproq sifatini baholash, yerlarni rivojlantirish, ekinlarni joylashtirish bilan bogʻliq vazifalari, shuningdek, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti Qishloq хoʻjaligi vazirligiga oʻtkaziladi.

 

Sohadagi yana bir kamchilik – ba’zi turdagi kadastrlar toʻliq shakllanmagan. Masalan, avtomobil yoʻllari kadastri 23%, madaniy meros ob’yektlari 32%, quvurlar 32%, shaharsozlik kadastri 63% shakllangan, хolos. Shu bois ishchi guruh tuzib, kadastrlar bazasini toʻliq ishlab chiqish topshirildi.

 

Yigʻilishda shahar va qishloqlarda yerning haqiqiy qiymatini aniqlash hamda uning bozorini shakllantirish masalasiga ham toʻхtalib oʻtildi.