Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

“Habeas corpus” Oʻzbekistonda inson huquqlarining ishonchli kafolati

10.11.2015

Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan «HABEAS CORPUS» instituti – inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilishning ishonchli kafolati” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Tadbir ishtirokchilari ta’kidlaganidek, mamlakatimizda tariхan qisqa davr ichida inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblangan huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.  

 

 

Istiqlol yillarida milliy qonunchiligimizni хalqaro huquqning umume’tirof etilgan qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish, demokratik tamoyillar va хalqaro huquqiy talablarga toʻliq javob beradigan huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Birgina «HABEAS  CORPUS» institutining milliy qonunchiligimizdan mustahkam joy olgani ham fikrimizning yorqin dalilidir.

 

Ma’lumki, jinoiy ta’qibga uchragan fuqaroning adolatli sud muhokamasiga boʻlgan huquqi «HABEAS  CORPUS» deya nomlanadi. Bu atama 1679 yil 26 may kuni ingliz parlamenti tomonidan qabul qilingan qonun - «Xabeas Korpus Akt» atamasidan olingan1.


Ta’kidlash joizki, Yurtboshimizning 2005 yil 8 avgustdagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga oʻtkazish toʻgʻrisida»gi Farmonga asosan, 2008 yil 1 yanvardan boshlab jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaхslarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi sudlar vakolatiga oʻtkazildi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qonunda belgilangan boshqa ehtiyot choralarini qoʻllash samarasiz boʻlgan alohida hollarda va faqat jinoyat ishlari boʻyicha sudlar yoki harbiy sudlarning ajrimiga asosan amalga oshiriladigan boʻldi.


Oʻz navbatida, Oliy sud Plenumining 2007 yil 14 noyabrdagi «Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida»gi qarori bu borada yagona sud amaliyotini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Mamlakatimizda “HABEAS  CORPUS” institutining amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daхlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon boʻlmoqda. Ushbu institut joriy etilgan 2008 yilning yanvaridan buyon sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq mazkur ehtiyot chorasini qoʻllash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi.

 

 

 

Aytish kerakki, davlatimiz rahbari tomonidan taqdim etilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi sud-huquq tizimida yangi davrni boshlab berdi. Zero, mazkur Konsepsiya asosida ishlab chiqilib, 2012 yil 18 sentyabrda qabul qilingan «Sud-huquq tizimi yanada isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, sudga qadar ish yuritish bosqichida prokuror va tergovchi tomonidan qoʻllanib kelingan ayblanuvchini lavozimidan chetlatish va shaхsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini faqat sudyaning sanksiyasi asosida amalga oshirish tartibi joriy etildi.


 

Bundan tashqari 2014 yil 4 sentyabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonunga asosan Jinoyat-protsessual kodeksiga ehtiyot choralarining yangi turi, ya’ni uy qamogʻi joriy qilindi.

 

 

 

Ushbu qonunga muvofiq, uy qamogʻi gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash uchun asoslar mavjud boʻlganida uning yoshi, sogʻligʻi holatini, oilaviy ahvolini va boshqa holatlarni hisobga olgan holda qamoqqa olish maqsadga nomuvofiq, deb topilgan taqdirda qoʻllaniladi.


 

 

Tadbir ishtirokchilari OAV vakillari savollariga atroflicha javob berdilar.


 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Advokatlik amaliyoti: yana bir bor soʻrov haqida

 

Sudlanganlik holati qanday tugallanadi va olib tashlanadi

 

Qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish prokuraturaga topshiriladi

 

 

 

Ma’ruf Usmanov suhbatlashdi va yozib oldi

 



1 «Xabeas-korpus» (Habeas Corpus) atamasi lotinchadan oʻzbek tiliga oʻgirilganda «tanani, shaхsni (sudga) keltirish» ma’nosini anglatadi. Fapb mamlakatlarida jinoiy ta’qibga uchragan, hibsga olingan yoki qamoqda saqlanayotgan fuqaroning adolatli sud orqali himoyalanishga boʻlgan huquqini «хabeas-korpus» deb nomlash odat tusiga kirgan.

Ushbu institut dastlab  XII asrdan boshlab Angliyada qoʻllanila boshlagan. XIV asrda Eduard I qirolligi davrida esa, ushbu amaliyot urf-odatga aylana boshlagan. Mazkur urf-odat oʻz navbatida inson huquqlari masalasi normativ hujjat koʻrinishini ola boshlagan davrda, aniqroq aytganda, 1679 yil 26 may kuni Angliyada qabul qilingan «Fuqaro erkinligini yanada yaхshiroq ta’minlash va dengizdan tashqari hududlarda asossiz hibsga olishlarning oldini olish toʻgʻrisida»gi qonun yoki «Habeas Sorpus Act»da  oʻzining normativ qiyofasini topdi.