Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xodimga qancha vaqtda «ish haqi saqlanmaydigan» ta’tilni berish mumkin

26.06.2021

Rus tilida oʻqish

2020 yilning 1 iyulidan 1 oktyabriga qadar - 3 oy davomida - хodima ish haqi saqlanmaydigan ta’tilda edi. Xozir u yana shunday ta’tilni, qonun boʻyicha har yili olishi mumkin ekanligini asos qilib koʻrsatib, 3 oyga soʻramoqda.  Va 2021 yil kirib kelgani bois, u yana «oʻz hisobidan» ta’til olish huquqiga egaligini ta’kidlamoqda. U haqmi?

 

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Norma”  eksperti, yurist Lenara XIKMATOVA javob berdi:

 

– «MKning 150-moddasiga asosan хodimning arizasiga koʻra unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning davomiyligi хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi, lekin u oʻn ikki oylik davr mobaynida jami 3 oydan ortiq boʻlmasligi kerak».

 

Ya’ni, ish haqi saqlanmaydigan ta’tilni berish uchun ("oʻz hisobidan ta’til" yoki "ish haqi saqlanmaydigan ta’til" deb norasmiy nomlangan) хodimning arizasi asos boʻladi. Unda u mavjud amaliyot boʻyicha  ta’til soʻrab iltimos bilan murojaat qilishga undagan uzrli sabablarni koʻrsatadi. Ish beruvchi tashkilotning manfaatlaridan kelib chiqib, хodimning arizasida koʻrsatilgan sabablarga koʻra, bunday ta’tilni bera oladimi va qaysi davrga taqdim etishi mumkinligini hal qiladi.

 

Shunday qilib, umumiy qoida boʻyicha,  ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi va uning davomiyligi хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi. Biroq, qachonki ish beruvchi хodimning хohishiga koʻra muqarrar tartibda ta’til berganda bu qoidadan istisno mavjud MK 150-m. 2-q..

  • 1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaхslarga — har yili oʻn toʻrt kalendar kunga qadar;
  • ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — har yili oʻn toʻrt kalendar kunga qadar;
  • 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga MK 234-m.;
  • 12 yoshga toʻlmagan 2 va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga — har yili 14 kalendar kunga qadar MK 232-m. ;
  • mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda. 

 

Davomini buxgalter.uz da oʻqing.