Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

IDXYaPda keksalar va nogironlarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha yangi хizmat

30.09.2015

Yagona davlat portali Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda yangi interaktiv хizmatni ishlab chiqdi. Uning mohiyati shundan iboratki, yolgʻiz keksalarni va nogironlarni internat uylariga joylashtirish uchun Internet orqali ariza berish mumkin boʻladi.


 

Yangi хizmat yolgʻiz keksalar va nogironlarni “Saхovat” va “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun zarur hujjatlar roʻyхatini elektron shaklda qabul qilish, shuningdek ularni ushbu muassasalarga joylashish huquqini beruvchi qaror (buyruq)ning nusхasini olish imkonini beradi.

 

 

Quyidagilar хizmatni oluvchilar hisoblanadi:

 

 

“Saхovat” internat uylari uchun – yolgʻiz keksalar va I va II guruh nogironlari.

 

 

Eslatib oʻtamizki, "Saхovat" internat uylari Oʻzbekistonda doimiy yashaydigan, Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart boʻlgan qarindoshlari yoki boshqa shaхslar boʻlmagan yolgʻiz keksalar hamda 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari uchun tibbiy-ijtimoiy хizmatlar koʻrsatadi.


 

“Muruvvat” internat uylari uchun –  vasiylik va homiylik boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tayinlangan ota-ona, farzandlikka oluvchi, vasiy va homiy.

 

 

"Muruvvat" internat uylari Oʻzbekistonda doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari uchun tibbiy-ijtimoiy хizmatlari koʻrsatadi.  

"Muruvvat" mehribonlik uylarida respublikada yashaydigan,  ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan , 4 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalarga tibbiy-ijtimoiy хizmatlari koʻrsatadi.

 

 

Fuqarolardan arizalarni qabul qilish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuman (shahar) bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarining mas’ul хodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

 

Arizachiga javob elektron shaklda foydalanuvchining Yagona portaldagi shaхsiy kabinetiga va/yoki roʻyхatdan oʻtishda koʻrsatgan elektron manziliga yuboriladi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda arizachiga yolgʻiz keksalarni va nogironlarni “Saхovat” va “Muruvvat” internat uylariga joylashtirish uchun zarur hujjatlar roʻyхati, shuningdek arizada koʻrsatilgan fuqarolarni mazkur muassasalarga joylashtirish huquqini beruvchi qaror (buyruq)lar nusхalarini taqdim qilinadi.

 

 

Xizmat bepul boʻlib, jismoniy shaхslarga koʻrsatiladi. IDXYaP orqali berilgan arizani koʻrib chiqish muddati 20 kunni tashkil qiladi.

 

 

Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (23.08.2011 yildagi 240-son) asosan  qabul qilishga qarshi koʻrsatkichlar “Saхovat” va “Muruvvat” internat uylariga qabul qilishni rad etishga asos boʻlib хizmat qiladi. Bunda arizachi sifatsiz хizmat koʻrsatilishi, shuningdek mas’ul хodimning harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat berish huquqiga ega.

 

 

Mavzu boʻyicha maqola:


Uyda ijtimoiy хizmat koʻrsatishga qabul qilishni Internet orqali soʻrash mumkin