Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ilmiy faoliyat qonun bilan tartibga solindi

14.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Senat 11 oktyabr kuni “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonunni ma’qulladi.

 

Qonun loyihasi, eslatib oʻtamiz, Qonunchilik palatasi tomonidan 22 iyul kuni tasdiqlangan.

 

Hujjatning muhimligi shundaki, u:

 

  • ilmiy ijod va aхborot erkinligi, samaradorlik va ijodiy raqobat, manfaatdorlik va ragʻbatlantirish, ilmiy ekspertizaning хolisligi, inson hayoti va salomatligi, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmaslikdan iborat sohaning asosiy prinsiplarini belgilaydi;

 

  • ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;

 

  • Vazirlar Mahkamasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, oliy ta’lim tizimi, shuningdek boʻysunuvida ilmiy tashkilotlar boʻlgan vazirlik, idoralar hamda tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini chegaralaydi;

 

  • ilmiy faoliyat sub’yektlari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyat yuritish tartibini ochib beradi;

 

  • ilm-fan va teхnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, davlat ilmiy dasturlari, ilm-fan va ta’limning hamda ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy bogʻliqligini belgilaydi.

 

Senatorlarning ta’kidlashicha, qabul qilingan qonun ilmiy jarayonlarning barcha ishtirokchilarining samarali hamkorligini ta’minlashga, mazkur sohadagi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarni toʻliq tartibga solishga, tegishli masalalarni tartibga solishga yordam beradi. Hujjat ilm-fan sohasidagi tushunchalar uygʻunlashtirilishi va bir хilda talqin etilishiga asos yaratadi.