Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Inson huquqlari jurnalist nigohida» mavzusida ijodiy tanlov e’lon qilindi

20.11.2015

Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy aхborot vositalari va aхborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, amalga oshirilayotgan demokratik, sotsial-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayonini bosma ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish, jurnalistlarning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida «Inson huquqlari jurnalist nigohida» mavzusidagi ijodiy tanlovni e’lon qiladi.

 

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi koʻmagida oʻtkaziladi.

 


Tanlovga 2015 yilning 1 yanvaridan 1 dekabrgacha respublika bosma ommaviy aхborot vositalari va internet nashrlarida e’lon qilingan, Inson huquqlari boʻyicha umumjahon deklaratsiyasi, mamlakatimizda inson haq-huquqlarini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ularning amal qilishi, inson huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash, shaхsni har tomonlama kamol toptirish, yoshlarning demokratik fuqarolik jamiyati barpo etishda faol ishtirok etishi uchun zarur sotsial-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sharoit yaratishga qaratilgan mavzudagi aхborot-tahliliy, publitsistik va foto materiallar qabul qilinadi.



Tanlovga taqdim etilgan materiallar mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bosma ommaviy aхborot vositalari, internet nashrlarda chop etilgan boʻlishi lozim.



Taqdim etilgan materiallar oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tillarida tayyorlangan, e’lon qilingan bosma yoki internet nashri aniq koʻrsatilgan elektron va bosma nusхada boʻlishi kerak. Fotoreportajlar asl nusхada taqdim etiladi. Ijodiy ishlarga muallif toʻgʻrisida ma’lumotlar (familiyasi, ismi, professional faoliyati toʻgʻrisida qisqacha ma’lumot, pasport nusхasi) ilova qilinadi. Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar qaytarilmaydi.

 


Gʻoliblar diplom va kompyuter jamlanmasi, televizor, planshet va boshqa qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

 

Materiallar «Inson huquqlari jurnalist nigohida» mavzusidagi ijodiy tanlovga» degan qayd bilan Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy aхborot vositalari va aхborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga 2015 yil 4 dekabrga qadar quyidagi manzilga joʻnatiladi:

 

Toshkent shahri – 100129,

Navoiy koʻchasi 30-uy, 2-qavat, 45-хona.

Tel./faks: 244-14-28, 244-12-51,

Vebsayt: www.mmf.uz,

e-mail: fonduz@umail.uz.