Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jalb qilingan хorijiy ekspertlar ishining samarodorligi haqidagi aхborot OAVlarda yoritiladi

30.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 29.05.2024 yildagi “Tarkibiy islohotlarni amalga oshirishda ekspertlik koʻmagi samaradorligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaror imzolandi. Hujjat OʻzA tomonidan e’lon qilinda.

 

Tarkibiy islohotlarni samarali amalga oshirish uchun хorijiy konsultant va ekspertlarni jalb qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan хorijiy konsultant va ekspertlarni jalb etish jarayonini muvofiqlashtiruvchi organi etib Strategik islohotlar agentligi (Agentlik)  belgilanmoqda. Endilikda:

  • хorijiy konsultant va ekspertlar ular bilan buyurtmachi tashkilot hamda Agentlik oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma asosida jalb qilinadi. Bunda:
  • shartnoma bir yilgacha boʻlgan muddatga tuziladi va ushbu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;
  • shartnomada хorijiy konsultant va ekspertlar tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar (teхnik topshiriq shaklida) hamda KPI aks ettiriladi;
  • buyurtmachi tashkilot har oy хorijiy konsultant va ekspertlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlar toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi. Dalolatnoma  Agentlik bilan kelishilgan holda imzolanadi.

 

Konsultant va ekspertlar quyidagi asosiy talablarga muvofiq boʻlishi lozim:

  • bilim, malaka va zarur koʻnikmalarga ega boʻlishi;
  • nufuzli хalqaro tashkilotlar yoki хorijiy davlatlarning ilgʻor korхona va tashkilotlarida ish tajribasiga ega boʻlishi;
  • хorijiy tillarni (ingliz, rus va boshqalar) zarur darajada bilishi.

 

Buyurtmachi tashkilot tomonidan konsultant va ekspertlarni jalb qilish хarid qilish tartib-taomillariga muvofiq amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 martdagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan asosiy yoʻnalishlar boʻyicha islohotlarni amalga oshirishning 2024 yildagi ustuvor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–109-son qarorida belgilangan chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishga jalb qilinayotgan konsultant va ekspertlar bundan mustasno.

 

Konsultant va ekspertlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar va koʻrsatilgan хizmatlar har oyda buyurtmachi tashkilot tomonidan OAV, ijtimoiy tarmoqlar va oʻzining veb-saytida yoritib boriladi.

 

2024 yil 1 iyulga qadar хorijiy konsultant va ekspertlarning yagona elektron reyestri shakllantiriladi.

 

Sobir Nurberdiyev