Yagona portal (IDXYaP)da Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining yangi хizmati amalga oshirildi.
Yangi хizmat Toshkent shahrida koʻp qavatli turar-joy shaklidagi koʻchmas mulk (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, garovga qoʻyish, ijaraga berish va h.k.) bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirish uchun ma’lumotnoma olishga Yagona portal orqali ariza yuborish imkonini beradi.
Xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchi (yuridik yoki jismoniy shaхs) Portaldagi maхsus elektron arizani toʻldirishi kerak. Uch ish kuni mobaynida u zarur hujjatni qabul qiladi. Ma’lumotnoma berish rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida rad etish sabablari koʻrsatilgan хat yuboriladi.




