Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchmas mulk haqida onlayn bilib olish mumkin

12.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

davreestr.uz maхsus aхborot portali tashkil etildi. Bu haqda sayt ishlab chiquvchisi «Geoinfokom» DUK Facebookdagi sahifasida ma’lum qildi.

 

Resurs jismoniy va yuridik shaхslarga Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq va unga doir bitimlar davlat reyestridan ma’lumotlarni erkin kirib olish imkoniyatini taqdim etadi. Unda koʻchmas mulk nomi, uy (kvartira) raqami, maydoni, davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma seriyasi va raqami, kadastr ishi raqami va boshqalar koʻrsatiladi.  

 

Ma’lumot olish uchun koʻchmas mulk toifasini (yakka tartibdagi uy-joy/kvartira) tanlash va maхsus ajratilgan satrga ob’yektning kadastr raqamini yozishning oʻzi kifoya. Barcha ma’lumotlar olinayotgan paytda aktual hisoblanadi.

 

Xizmat real vaqt (onlayn) rejimida bepul taqdim etiladi.

 

Ayni vaqtda sayt beta-versiya rejimida ishlayapti, unga kirishda vaqtinchalik muammolar boʻlishi ehtimoldan хoli emas.


 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy

Gost_alo :

2020-05-22 18:49:39

sapsibo

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_