U bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yil 9 yanvardagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan, deyiladi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Telegram-kanalida.
Prezidentning 30.12.2019 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti toʻgʻrisida"gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4555-son qarori bilan 1 fevraldan boshlab ish haqi, pensiyalar, nafaqalar miqdorini oshirish nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan mehnatga haq toʻlash boʻyicha yangi setka kiritilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, shu sanadan boshlab respublika hududida:
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM) - oyiga 679 330 soʻm;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori - oyiga 238 610 soʻm;
- eng kam yoshga doir pensiyalar - oyiga 466 680 soʻm;
- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 466 680 soʻm;
- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 286 390 soʻm.
Bazaviy hisoblash miqdori (223 000 soʻm) oʻzgarishsiz qoldiriladi.