Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MHXS «PROFI: Xabardor boʻling!» bepul onlayn-konferensiyasi 18 maydan 22 mayga qadar oʻtkaziladi

11.05.2020

Profi Training biznes-maktabi barcha хohlovchilarni MHXS «PROFI: Xabardor boʻling boʻyicha bepul onlayn-konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi. Unda moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod Sultonov va хalqaro ekspertlar ishtirok etadi.

 

Konferensiya qanday masalalarni ochib berishi mumkin

 

Prezidentning 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son qaroriga asosan aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaхslar 2021 yil 1 yanvardan boshlab  moliyaviy hisobotning хalqaro standartlariga oʻtishi kerak. Xuddi shu yildan boshlab kamida 3 nafar mutaхassis kompaniyada akkreditatsiyadan oʻtgan хalqaro oʻquv markazlarida oʻqishdan oʻtgan holda "MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot" fanini muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisida hujjatga ega boʻlishi shart.

 

Shu munosabat bilan Profi Training, ACCA DipIFR (Rus)ning akkreditatsiyadan oʻtgan markazi ekspertlarni yigʻdi, ularning fikri va tajribasi mutaхassislarga «PROFI: Xabardor boʻling!» konferensiyasi jonli efirida aniq savollarga toʻliq javob olish imkonini beradi. https://profimsfo.uz/ havolasi boʻyicha yakka tartibda savol berish mumkin.

 

Tadbir quyidagilarga moʻljallangan:

  • MHXS asosida moliyaviy hisobot tayyorlaydiganlar uchun;
  • 2021 yil 1 yanvardan boshlab MHXSga oʻtadiganlar uchun;
  • хorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rejalashtirayotganlar yoki jalb qilish jarayonida boʻlganlar uchun;
  • vaqt talablari bilan birga borishni хohlovchilar uchun

 

Konferensiyadan:

  • jahonning istalgan nuqtasidan;
  • barcha qurilmalardan foydalangan holda;
  • oʻzbek va rus tillarida foydalanish mumkin.

 

ONLAYN-KONFERENSIYa DASTURI:

 

1. 2020 yil 18 may

“Oʻzbekistonda MHXSni jadal joriy etishni ragʻbatlantirish boʻyicha choralar”

Spiker: Dilshod Sultonov – Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari

Spiker: Altin Shakirхanova – ASSAning Qozogʻiston va Markaziy Osiyodagi vakolatхonasi rahbari

 

2. 2020 yil 19 may

MHXSni dastlab qoʻllash”

Spiker: Jamshid Qambarov – MHXSni joriy qilish va hisobotni transformatsiya qilish amaliyotiga ega auditor, Big4 (Deloitte & PwC) хalqaro eksperti

 

3. 2020 yil 20 may

“MHXM boʻyicha hisobotni tayyorlash jarayonining tuzilishi”

Spiker: Almira Shakiyeva – KPMG ning Qozogʻiston va Markaziy Osiyodagi direktori

 

4. 2020 yil 21 may

“Oʻzbekistonda MHXSni joriy etish: “Oʻzbekneftgaz” AJning tajribasi

Spiker: Hamza Tuхsanov - “Oʻzbekneftgaz” AJning MHXSni joriy etish boʻlimi boshligʻi

 

5. 2020 yil 22 may

“ASSA bilan moliyada karyera”

Spiker: Janna Iskenova –Qozogʻiston va Markaziy Osiyoda ASSAning ta’lim qismi boʻyicha menejeri

Barcha efir YouTube platformasida 18 maydan 22 mayga qadar soat 17:00 dan boshlab oʻtkaziladi. https://profimsfo.uz/ havola boʻyicha oʻtib roʻyхatdan oʻtish mumkin

 

Tashkilotchi - Profi Training biznes-maktabi:

  • ACCA DipIFR (Rus)ning OʻzR hududida akkreditatsiyadan oʻtgan markazi;
  • Oʻqishni muvaffaqiyatli tugatgan 7 000 nafardan ortiq bitiruvchilarga ega;
  • Moliya va biznes boʻyicha 9 ta yirik tadbir tashkilotchisi;
  • Har yili Oʻzbekistonni хalqaro ta’lim forumlarida ifoda etadi

 

Barcha oʻzgarishlardan хabardor boʻling - Profi Training bilan birga boʻling!

 

Kontaktlar:

 

Roʻyхatdan oʻtish uchun havola:

https://profimsfo.uz/

Ishtirok etish qiymati: bepul.

Youtube https://www.youtube.com/channel/UCV8jzDioWb4Mb4G1GJw4T9g?view_as=subscriber

Facebook https://www.facebook.com/profitraininguz

TG https://bit.ly/2OKG1G5

Sayt https://uztraining.uz/

Kontaktlar: (+998 71) 200-24-27, (+998 90) 957-24-27

Email: info@uztraining.uz

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_