Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Moliya vazirligi “Fuqarolar uchun byudjet”ni taqdim etdi

06.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

5 dekabr kuni Moliya vazirligida oʻtkazilgan brifing chogʻida 2019 yil Davlat byudjeti loyihasi boʻyicha “Fuqarolar uchun byudjet” aхborot nashrining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

 

Fuqarolar uchun byudjet Davlat byudjeti toʻgʻrisida keng omma uchun qulay va tushunarli tilda koʻrsatilgan ma’lumotlar toʻplamidir. Unda 2019 yil Davlat byudjetining asosiy parametrlari va 2020-2021 yillar uchun moʻljallar, shuningdek odamlar uchun qiziqarli boʻlgan  boshqa aхborot: soliqlar stavkalari miqdorlari va ularning turlari, bu mablagʻlardan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari bayon etilgan.

 

Nashrni ishlab chiqishda iqtisodiy atamalar minimumidan foydalanilgan, aхborot esa infografika, tahliliy materiallar va misollar bilan mustahkamlangan. Yakuniy qismida qisqa soʻrovnoma joylashtirilgan, uning natijalari navbatdagi materiallarni tuzishda inobatga olinadi.

 

Barcha qiziqish birdirganlar “Fuqarolar uchun byudjet” va nashrning taqdimoti bilan tanishishlari mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, “Fuqarolar uchun byudjet” aхborot nashrini tuzish va e’lon qilish, shuningdek hozirgi vaqtda Moliya vazirligi tomonidan uning ustida ish olib borilayotgan “Ochiq byudjet” portalini ishga tushirish 22.08.2018 yildagi PQ-3917-son Prezident qarori bilan nazarda tutilgan (sharhga qarang).

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_