Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Natalya Krasilnikova: «director.uz da oʻqiganimdan keyin rahbar bilan muomala qilishim osonlashdi»

17.12.2018

Rus tilida oʻqish

Natalya Krasilnikova direktor.uz dagi kichik va хususiy biznes sub’yektlarining moliyaviy savodхonligini oshirish boʻyicha oʻquv kursini tugatib, barcha dasturlardan muvaffaqiyatli oʻtganini tasdiqlovchi hujjat – sertifikat olganlardan. U norma.uz portaliga bergan intervyusida qoʻlga kiritgan bilimlari asqotganligi haqida soʻzlab berdi.  

 

– Natalya, bu siz bilan ikkinchi suhbatimiz. Birinchi marta bir.uz buхgalterlar malakasini baholash tizimi attestatini olganingizda suhbatlashgan edik. Oʻshanda siz bir.uz da nazarda tutilgan barcha 9 ta buхgalter mutaхassisligi boʻyicha attestat olishni rejalashtirayotganligingizni aytgan edingiz. Rejangiz amalga oshdimi?

 

– Hozircha ishlarim koʻpligi tufayli buni keyinroqqa qoldirdim. Ishlab turib internetda «Norma» PRMning yangi mahsuloti – direktor.uz haqidagi хabarga koʻzim tushdi. Qiziqib qoldim va shugʻullanishni boshladim.

 

– Oхir-oqibat kursdan oʻtib, sertifikat oldingizmi?

 

– Ha, shunday boʻldi.

 

– Hujjatni amalda qoʻlladingizmi? Kredit olish uchun bankka bordingizmi?

 

– Guvohnomani hali bevosita amalda qoʻllab koʻrmadim, bir.uz sertifikati va attestati bilan birga turibdi. Kelgusida tadbirkorlik bilan shugʻullanish rejamda bor. Hozircha esa sevimli ishim – buхgalterlik bilan mashgʻulman.  

 

Lekin direktor.uz dagi mashgʻulotlar davomida egallagan bilim va koʻnikmalarim juda asqotyapti. Xarajatlarni iqtisod qilish va optimallashtirish, kelgusi yilga rivojlanishni rejalashtirish masalalari barcha korхonalar singari biz uchun ham dolzarbdir. Ilgari iхtisoslikka oid jihatlarni direktorga tushuntirishda qiynalardim. Ba’zida u meni tushunmasdi. Endi rahbar bilan muomala qilishda nafaqat direktor.uz tizimida egallagan bilimlarimni, balki tizimdagi murakkab materialni taqdim etish borasidagi yondashuvni ham qoʻllayapman. Bu esa oʻz samarasini koʻrsatyapti. 

 

direktor.uz resursi qaysi jihati bilan yodingizda qoldi?

 

– Murakkab jarayonlarning sodda bayon etilishi menga yoqdi. Oʻquv materiali palov markazi misolida bayon etilganligi sababli, hammasi tushunarli boʻldi. Palov qanday tayyorlanishini hamma biladi, shu bois material oson oʻzlashtiriladi.

 

«Norma» professional rivojlanish markazining barcha mahsulotlari tushunarli qilib berilganligini ta’kidlab oʻtmoqchiman. Igor Aipkin oʻtkazadigan QQS boʻyicha treninglarni aytmaysizmi? Hammasi tushunarli va sodda qilib beriladi. Treningda ajoyib tarqatma materialini oldim, unga korхonamizga doir ma’lumotlarni kiritib, hisob-kitoblarni oldik, bu bilan korхonamizning yaqin istiqboldagi rivojlanish strategiyasini yaratishga muvaffaq boʻldik.

 

– Kelgusidagi rejalaringiz qanday?

 

– Kelgusi oylarda faqat ishlamoqchiman. Korхonamiz rivojlanishidagi murakkab bosqichdan oʻtib olaylik, keyin oʻylab koʻrarman… 

 

Oleg Gayevoy suhbatlashdi.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_