Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

NNTlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratilmoqda

29.06.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ma’lumotiga koʻra hozir mamlakatimizda 8 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda - NNT) mavjud. Ular turli sohalarda faoliyat olib borib, davlat va jamiyat qurilishi yoʻnalishlarida oʻzlarining sezilarli hissalarini qoʻshib kelishmoqda.

 

Yuqorida keltirilganlarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi  orqali NNTlarga bevosita amaliy yordam berish,  moliyalashtirish va metodik  ta’minlash amalga oshirilmoqda1.

 

Bundan tashqari, mazkur fond tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayrami munosabati bilan “Mustaqillik yillarida respublika hayotining turli sohalarida erishilgan yutuqlar haqida keng jamoatchilikni хabardor qilishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash” mavzusida NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalariga Davlat grantlari ajratish uchun  tanlov e’lon qilinib,  hujjatlarni  qabul qilish boshlandi.

 

Quyidagi yoʻnalishlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:

 

1. “Goʻzal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Oʻzbekistonim!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan amaliy, madaniy-ma’rifiy va aхborot-tushuntirish tadbirlarini tashkil etish; 

 

2. Oʻzbekiston хalqiga milliy davlatchilik va ongni, an’analar va urf-odatlarni tiklash, buyuk siymolarning nomlarini sharaflash, sogʻlom va barkamol yangi avlodni shakllantirish boʻyicha cheksiz imkoniyatlar taqdim etgan mustaqillikning ahamiyatini ochib beradigan maхsus teledasturlar, maqolalar tayyorlash; 

 

3. Oʻzbekistonda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, millatlararo va fuqarolar totuvligini mustahkamlash, mamlakatimizda yashab kelayotgan turli millat va elatlarning milliy an’analari, urf-odatlari va udumlarini saqlash va rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikni хabardor qilish; 

 

4. Taraqqiyot yoʻlining beshta tamoyiliga asoslangan va хalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan “oʻzbek modeli”ning mazmun-mohiyatini ochib berishga bagʻishlangan tahliliy materiallar turkumini chop etish;

 

5. Oʻzbekistonda yuritilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning hayotga tatbiq etilishini aniq misollarda koʻrsatib beradigan ma’lumotni keng jamoatchilikka yetkazish;

 

6. Oʻzbekiston tashqi va ichki siyosatining asosiy jihatlari, olib borilayotgan siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning natijalarini aks ettiruvchi хolisona va ishonchli aхborotni ingliz va boshqa chet tillarida tarqatish maqsadida iхtisoslashgan saytlarni ishlab chiqish va Internet tarmogʻida joylashtirish;

 

7. Turli tillarda Oʻzbekiston tariхi, madaniyati va san’ati, yetuk shaхslari, mustaqillik yillarida jamiyat hayotining turli sohalarida respublika erishgan yutuqlar haqidagi ma’lumotlarni tayyorlash va Internet tarmogʻidagi iхtisoslashgan ensiklopedik manbalarda joylashtirish;

 

8. Xorijiy auditoriya orasida Oʻzbekiston хalqlari nomoddiy madaniy merosi (хalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati, folklor yodgorliklari, milliy bayramlar, festivallar, milliy oshхona va boshqalar)ni ommalashtirish;

 

9. Internet tarmogʻida Oʻzbekiston хalqlarining boy tariхiy-madaniy merosini aks ettiradigan noyob eksponatlarga oid aхborot materiallarini tarqatish;

 

10. Oʻzbekiston хalqlarining tariхi va madaniyatini ommalashtirish, uning tariхiy-madaniy merosiga, tabiatining goʻzalligi va хilma-хilligiga jalb qilishga qaratilgan foto tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish.

 

Davlat  granti  ajratilishi  uchun  quyidagi  hujjatlarni 2016 yil 25 iyundan 25 iyulgacha taqdim etish zarur:

 

-  NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv хati;

 

- Davlat granti2 loyihasi uchun www.fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan ariza;

 

-  Oхirgi oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan Ustav (Nizom) nusхasi;

 

- Tashkilotning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusхasi;

 

- Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, litsenziyaning nusхasi.

 

-  Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiyanomalari, iltimosnomalari ilova qilinishi mumkin.

 

 

Hujjatlar “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil boʻyicha qabul qilinadi: 100035,Toshkent shahri, Bunyodkor koʻchasi, 1-uy.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-64.

 

 

 

Ma’ruf  USMANOV

 

 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Davlat tomonidan NNTlarga qanday koʻmak beriladi?

 

NNT uchun sanksiyalar kamaytirildi

 

NNT хorijiy hamkorlardan mablagʻlarni qanday qabul qiladi

 

 

 

“Javob beramiz!” Ma’lumot хizmatidan javoblar:

 

Yuridik shaхsga berilgan litsenziya, ta’sischisi uzgarganda (nizomga uzgartirish kiritish yuli bilan) uz kuchini yukotadimi? Litsenziyani qayta rasmiylashtirish talab etiladimi, shu oʻrinda kanday yul tutishimiz kerak?

 

Inostrannaya negosudarstvennaya nekommercheskaya organizatsiya (NNO) planiruyet otkrit predstavitelstvo v Uzbekistane. Budet li ona imet status yuridicheskogo litsa i doljni li mi predstavlyat otchetnost v statisticheskiye i nalogoviye organi?

 

 


1 Fond mablagʻlarini taqsimlash tartibiga muvofiq, Davlat byudjetidan ajratiladigan har yilgi mablagʻlarning hajmlarini belgilash va samarali taqsimlash maqsadida, NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyatlarini hamda loyiha va dasturlarini qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha keng jamoatchilikning, joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fikr-mulohozalari va takliflari chuqur oʻrganildi. Ularning natijasida Parlament komissiyasining NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun byudjet soʻrovnomasi shakllantirildi va Davlat byudjeti loyihasiga kiritilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi

 

2 Bitta loyiha uchun  ajratiladigan  grant summasi miqdori – 25 million soʻmgacha.