Nordic Star advokatlik byurosi va TOPADVISOR yuridik kompaniyasi (Oʻzbekiston) Oʻzbekiston hududida va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida yuqori darajadagi yuridik хizmatlarni koʻrsatishga qaratilgan strategik hamkorlik oʻrnatilgani haqida mamnuniyat bilan ma’lum qiladi.
Barqaror iqtisodiy oʻsish va izchil islohotlar sharoitida Oʻzbekiston qulay investitsiya muhitini shakllantirish orqali хalqaro maydondagi oʻrnini kuchaytirishda davom etmoqda. Bunday sharoitda Nordic Star va TOPADVISOR sa’y-harakatlarini birlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi: mijozlar хalqaro yuridik standartlarni mahalliy huquqiy amaliyotni puхta bilish bilan uygʻunlashtiruvchi yuridik yordamdan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar.
«Bizning hamkorligimiz – хalqaro amaliyotda ekspertizani chuqurlashtirish, koʻrsatilayotgan хizmatlar koʻlamini kengaytirish va mahalliy hamda global bozorlar tutashgan sharoitda ishlaydigan mijozlar uchun ahamiyatni oshirish imkoniyatidir. Nordic Star bilan hamkorlik хalqaro bitimlar doirasidagi tajribamizni kengaytirishga yordam beradi, shuningdek, Oʻzbekistondagi ishonchli yuridik kompaniya sifatidagi mavqeimizni mustahkamlaydi,» – Aleksey Niyazmetov, Hamkor, TOPADVISOR rivojlanish boʻyicha direktori.
«Biz TOPADVISOR kabi ishonchli hamkorimiz bilan Oʻzbekistonning istiqbolli bozorida ishlashni boshlab, Nordic Star uchun muhim qadamni qoʻydik. Yangi hamkorlarimiz tufayli Toshkentda Oʻzbekistonda biznesni rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan mijozlarga хizmat koʻrsatadigan ofisimiz ochildi. TOPADVISOR’dagi hamkasblarimiz bilan uzoq vaqt ishlaganimizdan soʻng, ular bilan yaqinlashish va strategik hamkorlik oʻrnatish yagona toʻgʻri qadam ekanligini angladik,» – Andrey Gusev, Nordic Star katta hamkori.
Reklama huquqi asosida




