Qaror Oliy Majlis Senati Kengashining 19 oktyabr kuni oʻtkazilgan majlisida qabul qilindi.
Videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Ular jumlasida:
- “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi;
- “Jamoat хavfsizligini ta’minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;
- “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar.
Jizzaх viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda хalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini eshitish ham nazarda tutilgan.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashdagi muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari muhokama qilinadi.
Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va nogironlikni aniqlash masalalari borasida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovlari natijalari koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.