Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy Majlis Senatining XXXII yalpi majlisi 13 sentyabr kuni boʻlib oʻtadi

08.09.2022

Rus tilida oʻqish

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

 

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻttiz ikkinchi yalpi majlisini 2022 yil 13 sentyabr kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

Yalpi majlisda bir qator qonunlar muhokama qilinadi. Ular orasida:

  • “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi;
  • “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi;
  • “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi;
  • “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti  toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar bor.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2022 yil I yarim yilligi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitiladi.

 

Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik, Oʻzbekiston, Dangʻara, Qoʻshtepa, Toshloq, Fargʻona tumanlari va Qoʻqon, Margʻilon, Fargʻona shaharlari chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek, Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumani va Namangan shahri Davlatobod tumanining  hamda Namangan shahrining chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalar ham koʻrib chiqiladi.