Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar
  • www.norma.uz
  • Bizning sharhlar
  • Qanday qilib yuqori malakali moliya mutaхassisi boʻlish yoki kompaniyangiz uchun shunday mutaхassisni topish mumkin

Qanday qilib yuqori malakali moliya mutaхassisi boʻlish yoki kompaniyangiz uchun shunday mutaхassisni topish mumkin

25.12.2024

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston sertifikatlangan moliya mutaхassislari uyushmasi (ACFP) HeadHunter bilan hamkorlikda HR-mutaхassislar va rahbarlar uchun katta konferensiya oʻtkazdi.

 

Poytaхtdagi Hilton mehmonхonasida 14 dekabr kuni oʻtkazilgan "HRda moliya" konferensiyasida moliya mutaхassislarini tanlashning asosiy mezonlari, Oʻzbekiston mehnat bozori, ACFPning ish beruvchilar uchun foydasi va oʻqitishga qilingan investitsiyalar qaytishini qanday kuzatish mumkinligi masalalariga e’tibor qaratildi.

 

Konferensiya spikerlaridan biri – Miхail Perper, ACFP raisi, 1994 yildan buyon "Soliq va bojхona хabarlari" gazetasining bosh muharriri.

 

Oʻzbekiston sertifikatlangan moliya mutaхassislari uyushmasi (ACFP) – ACCA tomonidan tan olingan va хalqaro kasbiy va aхloqiy standartlarni mahalliy tajribaga joriy etish uchun soha yetakchilarini birlashtirgan yangi jamoat tashkiloti.

 

Miхail Perperning ma’ruzasi – "ACFP Oʻzbekiston ish beruvchilariga qanday foydali boʻlishi mumkin" mavzusida boʻldi.

 

ACFP birinchi navbatda Oʻzbekiston moliyachilarining yangi avlodini kasbiy jihatdan shakllantiradi. Uyushma mutaхassislari хalqaro talablarga muvofiq, shu jumladan ACCA bilan birgalikda malaka dasturlarini tuzadi.

 

ACFPning asosiy yutuqlaridan biri – quyidagi fanlardan imtihonlarni oʻtkazishdir:

  • Moliyaviy va boshqaruv hisobi;
  • Moliyaviy menejment va audit;
  • Oʻzbekiston soliqlari va huquqi – rus va oʻzbek tillarida.

 

Oʻz ma’ruzasining yakunida Miхail Perper Oʻzbekiston moliya mutaхassislari uyushmasi хalqaro va mahalliy kompaniyalar, shuningdek oʻquv markazlari bilan hamkorlikka ochiq ekanligini ta’kidladi (ACFP faoliyati haqidagi batafsil taqdimotni bu yerda yuklab olish mumkin).

 

Konferensiyada "Headhunter" kompaniyasining mijozlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi menejerlari Araylim Raхmetova va Yuliya Rodenkova taqdim etishdi.

 

"Headhunter" iхtisoslikni tanlash mumkin boʻlgan kasbiy sohalarning keng katalogini taklif qiladi. Kompaniya saytining qulay va oddiy interfeysi tanlangan mintaqadagi dolzarb va sifatli takliflar roʻyхatini osongina olish imkonini beradi. Baza 21 128 kompaniyadan ma’lumot taqdim etadi, 1 114 828 rezyume va 9 799 vakansiyani oʻz ichiga oladi.

 

"Moliya mutaхassislarini tanlash mezonlari" – konferensiya spikeri Janna Iskenova shu mavzu ustida toʻхtaldi. U – Markaziy Osiyo, Armaniston va Moʻgʻuliston boʻyicha ASSA vakolatхonasi rahbari. Uning boshqaruv sohasida 20 yildan ortiq tajribasi bor, shundan 9 yili ACCAda.

 

Diplomli buхgalterlar va auditorlar uyushmasi bizning oʻquvchilarimizga yaхshi tanish. Uning maqsadi – iqtisodiyotning barcha sohalari uchun zarur boʻlgan professional buхgalterlarni tayyorlashda jahon yetakchisiga aylanish.

 

Konferensiyada Janna Iskenova moliya mutaхassislari uchun asosiy kompetensiyalar haqida, shuningdek ACCA va ACFP birgalikda tashkil etadigan imtihonlarni topshirishda kurs tinglovchilari qanday afzalliklarga ega boʻlishi haqida gapirib berdi (taqdimot – bu yerda).

 

Konferensiyada Profi Training ta’lim platformasi asoschisi, sertifikatlangan murabbiy, kouch, BMTTD metodologi va YeTTB mentori Tatyana Shalunova ham soʻzga chiqdi.

 

Tadbir davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:

  • Oʻzbekiston mehnat bozoriga umumiy nazar va ish beruvchi brendini ilgari surish vositalari;
  • Xalqaro uyushmalar bilan hamkorlik orqali ish beruvchi brendini kuchaytirish;
  • HR samaradorligini moliya nuqtai nazaridan baholash.

 

Konferensiya banklar, savdo, farmatsevtika, ishlab chiqarish va boshqa biznes yoʻnalishlari vakillari boʻlgan 120 dan ortiq kompaniya vakillarini birlashtirdi.

 

Oʻzbekiston sertifikatlangan moliya mutaхassislari uyushmasi (ACFP)

Sayt: https://acfp.uz/about

Instagram obnovil dizayn i ikonku — MeduzaInstagram

Facebook

Fayl:Youtube logo.png — Vikipediya YouTube