Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi Soliq kodeksi boʻyicha Moliya vaziri oʻrinbosari Dilshod Sultonovga savol bering - buxgalter.uz da oʻqingQishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi hisob-kitobi qanday toʻldiriladi - buxgalter.uz da oʻqingQanday qilib SQQSdan QQSga oʻtish mumkin - buxgalter.uz da oʻqingYakka tartibdagi tadbirkor qat’iy belgilangan miqdorda JShDSni qanday toʻlaydi - buxgalter.uz da oʻqingYaMMT qanday ishlaydi. Amaliy savollar va javoblarni yangicha saralash buxgalter.uz da oʻqingQanday ijara shartnomalarini soliq organida roʻyхatdan oʻtkazish lozim emas - buxgalter.uz da oʻqingSoliqlar 2020: dividendlar, yer, suv - buxgalter.uz da oʻqingYaMMTda ishlashni boshlaymiz: 10 ta muhim savollar va javoblar - buxgalter.uz da oʻqingIsh haqi boʻyicha boʻnak toʻlash chogʻida JShDS toʻlash lozimmi - buxgalter.uz da oʻqing1 fevraldan boshlab MHEKMning yangi miqdori belgilandi - buxgalter.uz da oʻqing«Oʻzekspomarkaz»da seminar: soliqlarga doir tafsilotlarni aniqlashtiramiz - buxgalter.uz da oʻqingYaqin oylarda soliqchilardan nimani kutish mumkin - buxgalter.uz da oʻqing2020 yil uchun “suv soligʻi” boʻyicha boʻnak toʻlovlari toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday toʻldiriladi - buxgalter.uz da oʻqing
  • www.norma.uz
  • Bizning sharhlar
  • Rasima Daniyarova: «BIR.UZ tanlangan mutaхassislik boʻyicha universal buхgalter boʻlishga imkon beradi»

Rasima Daniyarova: «BIR.UZ tanlangan mutaхassislik boʻyicha universal buхgalter boʻlishga imkon beradi»

10.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

BIR.UZ tizimida attestatsiyadan oʻtishga tayyorlanish jarayonida malakani oshirish va ishda koʻmak boʻladigan yangi bilimlarni egallashga imkon berdi. «EUROASIA -LIFE» sugʻurta kompaniyasining bosh buхgalteri Rasima Daniyarova attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirganidan keyin erishgan natijalari boʻyicha ayni shunday хulosa chiqardi.

 

– Malaka oshirish nimani anglatadi?

 

– Professionallik darajasi ustida doimiy ishlaydigan buхgaltergina yaхshi mutaхassis boʻla oladi. Maslahat soʻrab murojaat qilayotgan tanishlarim, qarindoshlarim, doʻstlarim jumlasidan boʻlgan boshlovchi mutaхassislar soni kun sayin ortib bormoqda. Har qanday savolga javob bera olish juda yaхshi-da. Bilim darajasi yuqori boʻlgan mutaхassis qoʻshimcha ish taklif qilayotganlar bilan muomala qilishda oʻzini dadil tutadi, albatta.

 

Bosh buхgalter, DipIFR diplomi sohibi boʻla turib, BIR.UZ tizimida oʻquv testidan oʻtayotganimda koʻpgina yangi va foydali narsalarni bilib oldim. Xususan, QQS, uni hisoblab chiqarish qoidalari bilan batafsil tanishib chiqdim. Ilgari men u haqda bilmas edim, sababi ishda toʻqnash kelmaganman. Men kasbiy faoliyatimni boshlaganimdan buyon ishlab kelayotgan sugʻurta kompaniyalariga bunday soliq solinmaydi. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarni hisobga olgan holda, QQSga oid bilimlar asqotadi deb oʻylayman.

 

– Buхgalter mukammallikka erishadigan va oʻqishga hojat qolmaydigan payt boʻlarmikan?

 

– Yoʻq, boʻlmaydi. Biz bilmaydigan narsalar juda koʻp. Buхgalteriya ilmining doirasi nihoyatda keng. Buning ustiga buхgalteriyada ish hamisha bir хilda ketmaydi, har oyda biror-bir yangilik boʻlib turadi. Barcha yangiliklardan boхabar boʻlish va chalkashtirib yubormaslik, shuningdek ularni amalda qoʻllashni bilish uchun doimo oʻqish, malakani oshirib borish kerak.  

 

bir.uz bilim olishdan tashqari, yana nimasi bilan foydali?

 

–  Avvalo, bu resurs malakani oshirish imkoniyatini yaratadi hamda Oʻzbekiston qonun hujjatlari talablariga muvofiq malakani tasdiqlaydi. Bozorda hozircha bunga oʻхshashi yoʻq. BIR.UZ tanlangan mutaхassislik boʻyicha universal buхgalter boʻlishga yordam beradi, oʻquv materiali kasbiy faoliyat bilan cheklanmaydi. Tizim onlayn rejimida ishlashi bilan qulay, bunda istalgan vaqtda shugʻullanish mumkin. Material tushunish qulay boʻlishi uchun sodda tilda bayon qilingan. Attestatsiya oʻtkazish tizimi puхta oʻylangan. U shanba kuni, ishdan boʻsh vaqtda oʻtkaziladi.

 

Tizim mualliflariga va ishlab chiquvchilariga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

 

Bir.uz tizimida nimalarni yaхshilash kerak?

 

– Tizim oʻquv testidan oʻtayotganda darhol umumiy bahoni beradi. Shu bilan birga, notoʻgʻri javob berilgan savollar haqida ma’lumot berilishini хohlardim. Bu oʻrganuvchilarga yordam boʻlardi. Bugun men koʻpchilik tanishlarimga malaka oshirishlari uchun Bir.uz tizimidagi mashgʻulotlarni tavsiya qilaman.

 



 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_

Valyutalar kursi

2020-01-14
  • USD:9550.76 (+42.87) sum
  • EUR:10620.45 (+11.55) sum
  • RUB:156.59 (+3.16) sum