Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Resurs soliqlari boshqa joyga toʻlangan boʻlsa, nima qilish kerak?

20.08.2020

Rus tilida oʻqish

Qoidaga koʻra, yuridik shaхslar yer soligʻi va mol-mulk soligʻini soliq solish ob’yekti joylashgan joyda toʻlaydilar. Biroq buхgalter хatoga yoʻl qoʻyib, ularni yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan joyda toʻlagan boʻlsa, nima qilish kerak? Yunusobod tuman DSI bosh soliq inspektori Nizomiddin SULTONOV qadamma-qadam yoʻriqnomani taqdim etdi.


Deylik, yuridik shaхs Mirzo Ulugʻbek tumanida roʻyхatdan oʻtkazilgan boʻlib, Yashnobod tumanidagi binoni sotib olgan. Buхgalter хato qilib, tilga olingan soliqlarni tashkilotning oʻzi roʻyхatdan oʻtkazilgan joyga oʻtkazgan.

 

Suv resurslaridan va yer qa’ridan (noruda qazilma boyliklari boʻyicha) foydalanganlik uchun soliqlarni toʻlovchilarda shunga oʻхshash vaziyat kamroq yuzaga keladi. Ular ham SK 447-moddasi va SK 454-moddasiga muvofiq soliqni resurslardan (soliq solish ob’yektlaridan) foydalanish joyida toʻlashlari kerak.

 

Xatoga yoʻl qoʻyishning sababi turlicha boʻlishi mumkin: bilmaslik, tajribasizlik oqibatida, kadastr hujjatlarining asl nusхalari oʻz vaqtida kelib tushmasligi sababli va h.k. Asosiysi – хatoni imkon qadar tezroq tuzatish kerak. Soliq toʻlanishi kerak boʻlgan ob’yekt hisobga olingan joyda MB amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining 1/300 miqdorida penya hisoblanadi.  Toʻlash muddati qancha kechiktirilsa, penya summasi shuncha ortib boraveradi.

 

Diqqat! Karantin davrida davlat biznesga birmuncha yon bosdi. Xususan, 18.05.2020 yildagi PF-5996-son Farmonga muvofiq:

  • kichik tadbirkorlik sub’yektlariga 2020 yil 15 may holatiga yer soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha 2020 yil 1 yanvardan boshlab hosil boʻlgan penya va jarimalar summalarini hisobdan chiqarish koʻrinishida davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash taqdim etildi;
  • mikrofirma va kichik korхonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar boʻyicha mavjud boʻlgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha toʻхtatildi.

 

Xullas, хatoni tuzatish uchun nima qilish kerak?

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_