Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Senat valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi yangi qonunni ma’qulladi

14.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Senatorlar 11 oktyabr juma kuni 23-yalpi majlis chogʻida “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni koʻrib chiqdilar.

 

Hujjat valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Asosiy prinsiplar - valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi, mazkur sohada davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy chora-tadbirlarning ustuvorligi, rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga хilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi.

 

Markaziy bank valyutani tartibga soluvchi davlat organi etib belgilandi.

 

Parlament a’zolarining ta’kidlashicha, qonunning qabul qilinishi rezidentlar va norezidentlarning oʻz valyuta mablagʻlarini erkin tasarrruf etish boʻyicha huquqlarini toʻliq amalga oshirishga, amaliyotda uchraydigan valyuta operatsiyalarini oʻtkazishning imkon qadar barcha jihatlarini ta’riflashga, shuningdek mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda kapital harakatlanishi bilan bogʻliq operatsiyalarni tartibga solish imkonini beradigan qonunchilik bazasini tashkil etishga хizmat qiladi.