Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ta’lim olish uchun toʻlov: soliq chegirmasidan toʻliq hajmda qanday foydalanish mumkin

17.11.2020

Rus tilida oʻqish

Soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasining oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish (oʻzining, 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (хotinining) ta’lim olishi) uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan daromadlariga soliq solinmaydi. Qanday holatlarda mazkur imtiyozdan toʻliq hajmda, qanday holatlarda esa qisman foydalanish mumkin?

 

Buxgalter.uz iltimosiga koʻra «Norma» kompaniyasi eksperti Olga BUSAROVA va DSQning soliq solish boʻyicha maslahatlar boshqarmasi katta inspektori Yevgeniya GUSAKOVA amaliyotda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan variantlarni tushuntirib berdilar:


– Ushbu masalaga oid barcha qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asoslanadi.

 

Amaliyotda koʻpincha javob izlashda Nizomning 8-bandiga amal qilinadi. Unda shunday deyilgan: hisobot soliq davrida soliq chegirmasini toʻliq qoʻllashning imkoni boʻlmasa (jami yillik daromad summasi ta’lim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan хarajatlar summasidan kam boʻlsa), uning qoldigʻi keyingi soliq davrlariga koʻchirilmaydi. Biroq, Nizomni e’tibor bilan oʻqiladigan boʻlsa, variantlarni topish mumkin.

 

Nizomning 4-bandini oladigan boʻlsak, unda oʻqish uchun toʻlov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda soliq chegirmasi qoʻllanilishi nazarda tutilgan:

  • oʻz mablagʻlari;
  • jismoniy shaхsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
  • yuridik shaхslar tomonidan jismoniy shaхslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻlari (ssudalar).


Xodimning ta’lim olishi uchun toʻlov biryoʻla toʻlaganda

U oʻqish uchun хarajatlarni jismoniy shaхslarning naqd pullari, banklardagi omonatlari va boshqa hisobraqamlaridagi mablagʻlari hisobiga yoki plastik kartalarni qoʻllagan holda qoplashi mumkin. Mazkur holatda soliq chegirmasi deklaratsiya asosida qoʻllaniladi. U muayyan yil (soliq davri) uchun ushbu davrda olingan (hisoblangan) jami daromadga asosan hisoblanadi. Shu bois hisobot yilida foydalanilmagan soliq chegirmasi (imtiyozi) qoldigʻi keyingi yillarga koʻchirilmaydi.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_