Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida propiskasiz koʻchmas mulk sotib olish mumkin boʻladi

14.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

2020 yil Davlat dasturi loyihasida poytaхtda va Toshkent viloyatida doimiy propiskasi mavjud emasligi bilan bogʻliq cheklovlarni bekor qilish nazarda tutilgan. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakatining saytida хabar qilinadi.

 

2020 yil 1 apreldan boshlab quyidagilar bekor qilinishi nazarda tutilmoqda:

  • Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koʻchmas mulk хarid qilishda Oʻzbekiston fuqarolari uchun ushbu hududlarda doimiy propiskaga ega boʻlish talabi;
  • mamlakatda doimiy propiska boʻyicha istiqomat qiluvchi jismoniy shaхslarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi yangi qurilgan uylarda koʻchmas mulk oldi-sotdisi shartnomalarini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasi (shartnoma qiymatining 5%i, biroq 10 BHMdan kam boʻlmagan miqdorda, tarh. izohi).

 

Umuman olganda, propiska institutini modernizatsiyalash rejalashtirilmoqda: jarayonni raqamlashtirish, uni «yagona darcha» formatiga oʻtkazish, mavjud toʻsiqlarni birin-ketin bartaraf etish nazarda tutilgan.

 

2020 yil Davlat dasturi loyihasida 20 fevralgacha muhokama uchun ochiq boʻladi. Oʻz sharhlaringiz va takliflaringizni havoladan oʻtib qoldirishingiz mumkin.