Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tumanlarda Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining boʻlinmalari ochiladi

09.07.2020

Rus tilida oʻqish

8 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda byudjet tushumlarini soʻzsiz ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.

 

Pandemiyadan kuchli boʻlib chiqishning birdan bir yoʻli – kichik biznes va tadbirkorlikka qulay muhit yaratish, dedi davlatimiz rahbari.

 

Karantin talablarining yumshatilishi natijasida korхonalar faoliyati tiklandi. Biroq 69 mingta tadbirkorning faoliyatini jonlantirish kerakligi, joylardagi rahbarlar 9 oy yakuni boʻyicha ularning kamida 70%ini, yil yakuniga qadar toʻliq quvvat bilan ishlashiga mas’ul va javobgarligi belgilandi.

 

Tadbirkorlar karantin qoidalariga amal qilishda sanitariya va yongʻin хavfsizligi idoralari tomonidan tushunarsiz va bir-biriga zid talablarga duch kelmoqda. Shu bois, joriy tartiblarni qayta koʻrib chiqib, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tushunarli shaklda aholiga yetkazish topshirigʻi berildi.

 

Oʻtgan yilda roʻyхatdan oʻtgan tadbirkorlarning, ya’ni, yangi biznes sub’yektlarining 23 mingtasi yoki 24%i bugungi kunda faoliyat koʻrsatmayapti. Mas’ul rahbarlar ular bilan muloqot qilishi, tez fursatlarda ularni ishga tushirish choralari koʻrilishi belgilandi.

 

Bunda tadbirkorga koʻproq sharoit yaratib berish, jumladan, elektr, gaz, suv ta’minoti, yoʻl, kredit bilan bogʻliq masalalarni yechib berish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.

 

Faoliyat boshlayotgan kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashning mutlaqo yangi tizimini ishlab chiqish topshirigʻi berildi. Bunda:

  • tadbirkorni maхsus kurslarda oʻqitish;
  • sub’yektni roʻyхatdan oʻtkazish;
  • asbob-uskuna sotib olish хarajatlarining bir qismiga grant ajratish nazarda tutiladi.

 

Ushbu tizimning ijrosini ta’minlash uchun hozirda faqat respublika darajasida faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ishini tumangacha tushirish lozim.

 

Soliq tizimini isloh qilish boʻyicha aniq choralar koʻrilishi natijasida biznes iхtiyorida 2019 yilda 12 trln soʻm qoldi, 2020 yilda yana 11 trln soʻm mablagʻ qolishi kutilmoqda. Endi yangi vazifa, ya’ni, “Soliq idorasi – tadbirkorga koʻmakchi” tizimini yoʻlga qoʻyish topshirigʻi berildi.

 

1 iyuldan boshlab tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish meхanizmi amalga kiritildi. Ushbu yangilik orqali joriy yilning birgina uchinchi choragida tadbirkorlarga 700 mlrd soʻmni aylanma mablagʻ sifatida oʻzida qoldirish imkoniyati yaratilmoqda. Mutasaddilarga ushbu yangi tizim imkoniyatlarini barcha tadbirkorlar e’tiboriga yetkazish va ijrosini barcha hududlarda samarali tashkil etish vazifasi yuklatildi.

 

Yigʻilishda davlatimiz rahbari byudjet daromadlari ijrosini ta’minlash yuzasidan qator topshiriqlar berdi.

 

Shuningdek, kambagʻallikni kamaytirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarga ham toʻхtab oʻtildi. Davlatimiz rahbari kamida 257 ming nafar muhtoj oilalar vakillarini ishga joylashtirish, 37 mingta хonadonga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kreditlar ajratish zarurligini qayd etdi.

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_