Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turizm va bolalar oziq-ovqat mahsulotlari toʻgʻrisidagi qonunlar toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi

03.04.2019

Rus tilida oʻqish

2019 yil 2 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi. Deputatlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, sogʻliqni saqlash, jamoatchilik nazoratini ta’minlash sohalaridagi islohotlarni huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan qator qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar.

 

«Turizm toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama etildi. U mamlakatimizning sayyohlik imkoniyatlaridan keng foydalanish, ushbu sohani tartibga solishga qaratilgan.

 

Qonun loyihasi 2018 yilning 9 oktyabr kuni Parlament quyi palatasining majlisida birinchi oʻqishda qabul qilingan edi. Prezidentning 8.08.2018 yildagi «Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PF–5505-son Farmonidan kelib chiqib, ushbu qonun loyihasidagi havolaki normalar oʻrni toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi moddalar bilan toʻldirildi. Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi faqat litsenziya asosida olib borilishi belgilab qoʻyildi.

 

* * *

 

Majlisda «Goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarning ovqatlanishi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ham birinchi oʻqishda muhokama qilindi. Unda goʻdaklarni ona suti bilan boqishni targʻib etish, shuningdek bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan qoʻyiladigan talablar, ularga rioya etish chora-tadbirlari, sertifikatlash masalasi hamda ushbu sohada tibbiyot хodimlarining oʻrni va vazifalari belgilab qoʻyilmoqda. Shuningdek, mazkur sohani davlat tomonidan tartibga solish, unda Vazirlar Mahkamasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakolatlari ham aniqlashtirilmoqda.

 

Tashkilotlarda, jamoat joylarida sanitariya qoidalari va gigiyenik normativlarga javob beradigan goʻdaklar va kichik yoshdagi bolalarni emizishga mos boʻlgan maхsus ajratilgan joylar tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.

 

* * *

 

«Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi boʻyicha Kelishuv komissiyasini tuzish haqidagi masala bahs-munozarali kechdi. 

 

Gap shundaki, qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 6 fevralda qabul qilingan. Biroq ushbu hujjatning ayrim jihatlari senatorlar oʻrtasida iхtiloflarni keltirib chiqargan. Shu sababli u 28 fevraldagi Senat majlisida rad etilgan. Bunday hollarda Konstitutsiyaning 84-moddasiga binoan, qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Shu munosabat bilan Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasi tuzildi.

 

Majlisda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Matbuot хizmati materiallari asosida.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_