Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlis oldida hisobdorligiga tuzatish kiritildi

03.12.2019

Rus tilida oʻqish

Oliy Majlis Senatining yigirma toʻrtinchi yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahriri ma’qullandi.

 

Hukumatning faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Biroq hujjat Vazirlar Mahkamasiga taalluqli vakolatlar va masalalarni, uning a’zolarini tayinlash tartibini, shuningdek ularning Oliy Majlis oldida hisobdorligini toʻliq aks ettirmaydi. Shu munosabat bilan bu qonunni yangi tahrirda qabul qilish zarurati yuzaga keldi.

 

Ma’qullangan hujjatda Vazirlar Mahkamasining maqomi, uning asosiy vakolatlarini, shu jumladan qonunchilik tashabbusi huquqini qonun bilan mustahkamlash, Vazirlar Mahkamasining faoliyatini rejalashtirish va baholash, uning hujjatlari turlari,  masalalar kiritish va koʻrib chiqish tartibi belgilangan. Prezident va uning Administratsiyasi, sud hokimiyati organlari bilan oʻzaro munosabatlari masalalariga aniqlik kiritilmoqda.

 

Majlisda Senat a’zolari “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunni ham ma’qulladilar.

 

U Prezidentning “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019 yil 21 maydagi Farmonidan kelib chiqib, shuningdek qonun hujjatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqildi. Qonun 25 ta qonun, 12 ta kodeks, shuningdek qonunlar bilan tasdiqlangan 17 ta nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadi. Jumladan, “ish haqining eng kam miqdori” termini oʻrniga “mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori”, “bazaviy hisoblash miqdori” va “pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori” tushunchalari kiritilmoqda.

 

Oliy Majlis Senatining boʻlib oʻtgan majlisida senatorlar 1993 yil 22 yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga doir Bayonnomani (Moskva, 1997 yil 28 mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonunni muhokama qildilar.

 

Oʻzbekiston Kishinev konvensiyasiga avgust oyida qoʻshilgan. Bu Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Armaniston, Ukraina, Tojikiston, Gruziya va Moldova vakolatli organlari bir-biri bilan oʻzlarining markaziy, hududiy va boshqa organlari orqali hamkorlik qilishi uchun huquqiy asoslar yaratishga koʻmaklashadi. Biroq uning talablari Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi munosabatlarga tatbiq etilmaydi, Minsk konvensiyasi doirasida koʻrib chiqiladigan huquqiy yordam toʻgʻrisidagi soʻrovlarning koʻpchiligi uning ulushiga toʻgʻri keladi. Senatorlar Minsk konvensiyasiga Bayonnomaning ratifikatsiya qilinishi tegishli mamlakatlar vakolatli organlarining oʻzaro munosabatlarini yanada takomillashtirishga хizmat qilishini ta’kidlab oʻtdilar.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_