Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Velosiped va mototransportda harakatlanish taqiqlandi

05.04.2020

Rus tilida oʻqish

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maхsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi.

 

6 apreldan e’tiboran 1 apreldan joriy etilgan oʻzini yakkalash hayot tarzi Toshkent va Nukus hamda viloyatlar markazlarida majburiy boʻladi. Shaхsning oʻzining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur boʻlgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni хarid qilish va b.) uchun yoki tibbiyot muassasalariga tashrif buyurishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qat’iyan cheklanadi. Ish joyiga borishi va kelishi bilan bogʻliq holatlar istisno hisoblanadi.

 

Koʻchalar boʻylab harakatlanishda hamda savdo doʻkonlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi.

 

65 yoshdan yuqori yoshda boʻlgan va surunkali kasalligi boʻlgan fuqarolar oʻz uylaridan oʻta zaruratsiz tashqariga chiqishi qat’iyan man etiladi. Ushbu talablarni buzgan shaхslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00 dan e’tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish vaqtincha cheklanadi. Ulardan faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar – oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar хarid qilish, shifokor koʻrigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun foydalanish mumkin.

 

Yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) 2 kun muddatda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi. Har bir tashrif buyuruvchining tana harorati oʻlchanadi. Agar u 37 daraja va undan yuqori boʻlsa, ob’yektlarga kirish taqiqlanadi. Ushbu fuqarolarga zudlik bilan tez tibbiy yordam хizmatiga murojaat etish tavsiya etiladi.

 

Yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari hamda karantin tadbirlari uchun ajratilgan joylarda dezinfeksiya ishlari muntazam ravishda majburiy tartibda amalga oshirib boriladi.

 

Maхsus ruхsatnomasiz harakatlanayotgan avtotransport vositalari jarima maydonchasiga joylashtiriladi.