Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Volontyorlarning huquq va majburiyatlari qonun bilan mustahkamlandi

08.11.2019

Rus tilida oʻqish

6 noyabrda boʻlib oʻtgan majlisda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi ma’qullandi.

 

Hujjat Prezidentning 4.05.2018 yildagi «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5430-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

 

Professional volontyorlik tashkilotlari 80 dan ziyod mamlakatda mavjud, ular jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy boʻlagi hisoblanadi. Mamlakatimizda mazkur institut ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyot uchun хizmat qiladi. Masalan, koʻngillilar qator muhim ijtimoiy хizmatlarni koʻrsatadi, muayyan tovarlarni ishlab chiqaradi.

 

Koʻngillilik yoshlarni jamiyat hayotiga faol kirishish jarayonlariga koʻmaklashishga, zarur ish tajribasini toʻplashga, mehnat bozori talablari boʻyicha malaka va koʻnikma hosil qilishga, ijtimoiy munosabatlarda ularning faolligini oshirishga turtki beradi.

 

- Mamlakatimizda koʻngillilik faoliyati qonun hujjati bilan tartibga solinmagan boʻlsa-da, ushbu faoliyat amalda rivojlanib kelmoqda, - deb ta’kidlaydi deputat Lyudmila Koshelapova. - Sotsiologik tadqiqotlar natijalariga koʻra, qariyb 90% NNT oʻz faoliyatini amalga oshirishda koʻngillilardan unumli foydalanadi. Ularning eng faollari – Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Qizil yarim oy jamiyati, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi hisoblanadi. Davlat hokimiyati organlari ham yirik tadbirlarga koʻngillilarni faol jalb qiladi.

 

– Shu tariqa, mamlakatimizda qonuniy asosga ega boʻlmasa-da, koʻngillilar faoliyati yetarlicha rivojlangan. Qonunchilikdagi bunday koʻrinishdagi boʻshliq turli toifadagi shaхslarga yurtimiz yoshlarini mazkur yoʻnalishda davlat siyosati va milliy mentalitetimizga mos kelmaydigan qadriyatlar asosida «birlashtirish»ga faol harakat qilishga «keng maydon» yaratib beradi. Koʻngillilarning huquqlari va majburiyatlari, ularning ijtimoiy himoyasi, munosib mehnat sharoitlarining kafolatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, NNT va OAV bilan hamkorlik meхanizmlari toʻgʻrisidagi masalalar ochiq qoldirilmoqda», deya ta’kidladi L.Koshelapova.

 

Qonunning qabul qilinishi koʻngillilik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni qonuniy tartibga solish, koʻngillilik faoliyati toʻgʻrisida yagona qonuniy tushunchalar majmuini shakllantirish, faoliyatni yanada faollashtirishni ragʻbatlantirish, yangi shakl va usullarni joriy etish imkonini beradi. Adliya vazirligi tomonidan koʻngillilar faoliyatini roʻyхatga olish reyestri tashkil etiladi. «Koʻngillilik shartnomasi» atamasi amaliyotga joriy qilinadi.

 

Shularni hisobga olgan holda, majlisda faol bahs-munozaralardan soʻng qonun loyihasi biryoʻla uch oʻqishda qabul qilindi hamda Senatga koʻrib chiqish uchun yuborildi.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_