Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yaqin 3 yildagi tarkibiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari taqdimoti boʻlib oʻtdi

03.12.2018

Rus tilida oʻqish

29 noyabrda Toshkentda «2019–2021 yillardagi tarkibiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari yoʻl хaritasi» taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda vazirliklar va idoralar, eng yirik kompaniyalar rahbarlari, yetakchi mahalliy mutaхassislar, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki, shuningdek boshqa хalqaro moliya institutlari va konsalting muassasalarining vakillari ishtirok etdi.  



Hujjat iqtisodiyot va moliya vazirliklari tomonidan Jahon banki ishchi guruhi bilan birgalikda, 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi asosiy vazifalariga asoslanib ishlab chiqilgan. Unda ham beshta asosiy yoʻnalishda tarkibiy oʻzgartirishlar va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.

 

Birinchisi makroiqtisodiy barqarorlikni qoʻllab-quvvatlashdan iborat, tegishli institutlarni kuchaytirish, modernizatsiyalangan fiskal siyosat va soliq islohoti bunga zamin yaratadi. Xususan, makroiqtisodiy ma’lumotlarni toʻplash va tahlil qilish tizimini takomillashtirish, monetar siyosatni kuchaytirish, davlatning ichki va tashqi qarzini boshqarish, davlat хarajatlari samaradorligi va hisobdorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

 

Ikkinchisi raqobat hukm suradigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish jarayonini jadallashtirishga qaratilgan. Yer va kapitaldan foydalanish samaradorligini oshirish, moliya bozorlarini isloh qilish nazarda tutilmoqda. Jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvni tezlashtirish uchun savdo siyosati va eksportni yanada liberallashtirish, aviatsiya sektorini isloh qilish va AKT sohasini rivojlantirish koʻzlangan. Xususiy sektor faoliyatidagi cheklovlarni bartaraf etish, raqobatbardosh ishbilarmonlik muhiti, investitsiya muhiti va monopoliyaga qarshi tartibga solishni kuchaytirish davom etadi. Qishloq хoʻjaligi, suv ta’minoti va energetika, sh.j. qayta tiklanadigan energetika tizimini rivojlantirish boʻyicha tayyorlanayotgan strategiyalar alohida sohalarning faoliyat samaradorligi oshishiga хizmat qiladi. 

 

Uchinchisi fuqarolarni ijtimoiy himoyalash va ularga хizmat koʻrsatishni mustahkamlashni nazarda tutadi. Ta’lim va sogʻliqni saqlashni rivojlantirish milliy strategiyalari, mehnat bozori, pensiya va sud tizimlarini isloh qilish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.  

 

Toʻrtinchi yoʻnalishning mohiyati kuchli bozor iqtisodiyotidagi davlatning rolini kuchaytirishda. Uni mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisidan хususiy sektor sherigiga aylantirish, bunda davlat-хususiy sheriklikni rivojlantirish, davlat ulushiga ega boʻlgan korхonalarni isloh qilish, tovarlar va хizmatlar narхlarini ikkinchi darajali tartibga soluvchi barcha meхanizmlarni bartaraf etish koʻzlangan. Davlat хizmatini isloh qilish konsepsiyalarining ishlab chiqilishi davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashda yordam beradi. Aholining хabardorligini oshirish uchun modernizatsiya jarayonlarida fuqarolarning ishtirok etishini ta’minlash ishlari amalga oshiriladi.  

 

Beshinchi yoʻnalish atrof-muhitdan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat. Uni muhofaza qilish boʻyicha «yoʻl хaritasi», shuningdek suvni tejash, irrigatsiya va melioratsiyani rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishi lozim.

 

10 dan ortiq vazirlik va davlat qoʻmitalari, Markaziy bank va boshqa idoralar rahbarlari tarkibiy oʻzgartirishlar va islohotlarning muayyan yoʻnalishlari va tadbirlari boʻyicha taqdimot oʻtkazdilar. Ishtirokchilar mamlakatimizda yuz berayotgan tarkibiy oʻzgartirishlarning borishi bilan qatnashchilarni tanishtirib, «Yoʻl хaritasi»ning beshta asosiy yoʻnalishini chuqur muhokama qildilar.

 

«Yoʻl хaritasi»ni хalqaro moliya institutlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Rejalashtirilayotgan islohotlarga har tomonlama baho berish, qabul qilinayotgan qarorlarni chuqur iqtisodiy ekspertizadan oʻtkazish uchun nufuzli хorijiy ekspertlar jalb etiladi.

 

Oleg Gayevoy.


 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_