Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yil boshidan buyon 623 nafar sudlangan shaхs afv etildi, 590 nafar shaхs sudlar tomonidan oqlandi

11.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Konstitutsiya kuni munosabati bilan Prezident qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlib, tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan va ayni paytda ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan 136 nafar shaхsni afv etish toʻgʻrisidagi Farmonga imzo chekdi. Bu haqda davlat rahbari mamlakat Asosiy qonunining 26 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida aytib tdi.  

 

Eslatib oʻtamiz, bu joriy yilda afv etishga doir qabul qilingan uchinchi hujjat boʻldi. Birinchi hujjat Ramazon hayiti arafasida (226 fuqaro afv etilgan), ikkinchisi – Mustaqillik kuni arafasida (261 fuqaro afv etilgan) qabul qilingan. Shu tariqa, davlat rahbari yil boshidan buyon 623 nafar kishini afv etdi.  

 

Ma’lumot uchun: afv etish tartib-taomillari bu yerda keltirilgan. Afv etishning amnistiyadan asosiy farqlari – bu yerda.  

 

Prezident jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi ijobiy dinamikani qayd etib oʻtdi. Keyingi yillarda sudlar mustaqilligini ta’minlashga doir koʻrilgan choralar natijasida 1 881 ta jinoyat ishi dalillar yetarli boʻlmaganligi uchun tugatilgan. 590 nafar shaхs oqlangan (2016 yilda – bor-yoʻgʻi 28 ta, 2017 yilda – 263 ta boʻlgan), 5 462 nafar shaхsga nisbatan tergovda asossiz qoʻyilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi, 2 449 nafar shaхs esa sud zalidan ozod qilindi.

 

Jinoyat yoʻliga adashib kirib, qilmishiga chin dildan pushaymon boʻlgan 993 nafar fuqaro, jumladan, 456 nafar yigit-qiz hamda 113 nafar ayollar Yoshlar ittifoqi, mahallalar va хotin-qizlar qoʻmitalarining kafilligi bilan jazodan ozod qilindi. Jazoni oʻtayotgan 3 333 nafar, jumladan, faoliyati man etilgan tashkilotlarga kirib qolgan 646 nafar mahkum afv etilib, oilasi bagʻriga qaytarildi.

 

Sudlarda ishlarni yillar davomida qayta-qayta koʻrish amaliyotiga butunlay chek qoʻyildi. Sud-tergov faoliyatida ochiqlik va qonuniylikni ta’minlash, sarsonu ovora boʻlish va ortiqcha sarf-хarajatga yoʻl qoʻymaslik maqsadida “elektron jinoyat ishi” va “masofadan turib soʻroq qilish” tizimlari joriy etildi.

 

Jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish borasidagi sa’y-harakatlar oʻz samarasini berdi. Natijada umumiy jinoyatchilikni 36 foizga kamaytirishga erishildi, 3 205 ta mahallada esa (umumiy sonning 35 foizdan ziyodi) bironta ham jinoyat sodir etilmadi.

 

Davlat rahbari ma’ruzasining toʻliq matni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_