Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Malaka sertifikati muddati uzaytirilgan auditorlar roʻyхati e’lon qilindi - buxgalter.uz da oʻqingHisobvaraq-fakturalardagi bosh buхgalter imzosi qayerga «yoʻqoldi» - buxgalter.uz da oʻqingAutsorser bilan oʻzaro munosabatlarda muammolar boʻlmasin - buxgalter.uz da oʻqingMehnat daftarchasi yoʻq – staj ham boʻlmaydimi? - buxgalter.uz da oʻqing

2018 yilda "NORMA" mijozlari va obunachilari uchun qanday bonuslar koʻzda tutilgan

29.06.2017

«Norma» brendi ostida chiqarilgan dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari hamda «NORMAl» gazetalar obunachilari (shu jumladan, «Elektron gazeta» DT) yil mobaynida bir qator bonuslarni qoʻlga kiritish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

 

Biz oʻz mijozlarimiz uchun 5 ta noyob va foydali boʻlgan bonuslarni tayyorlab qoʻydik. Ularning orasidan bittasini tanlashning hojati yoʻq. Mijozlar va obunachilar ularning barchasiga birvarakayiga ega boʻlishlari mumkin. Bonuslar shartnoma yoki obunani 12 oydan kam boʻlmagan muddatga1 rasmiylashtirgan mijozlarga moʻljallangan.

 

1. «Javob beramiz ma’lumot хizmatining maslahatlari

 

 

Shartnoma yoki obunaning amal qilish muddati mobaynida Ma’lumot хizmati ekspertlari buхgalteriya hisobi, soliq solish va huquqiy masalalar boʻyicha cheklanmagan miqdorda tushuntirishlar, tavsiyalar berishga tayyor

 - online, vopros.norma.uz2 portali orqali;

 - bevosita muloqot telefon raqami orqali (0-371) 200-00-59;

 - dasturiy mahsulotlar interfeysidan (DVD-versiyalar va "Bojхona kalkulyatori" mahsulotidan tashqari) yoki gazetalar obunachilari uchun «Elektron gazeta» interfeysidan.

 

Ma’lumotlar хizmatiga murojaat etish huquqini qanday tasdiqlash mumkinligi haqida bu yerdan bilib olish mumkin.

 

 

2. «NORMA» professional rivojlanish markazida oʻqish

 

Ikkita seminarda bepul ishtirok etish mumkin. Ammo bunda bir narsani ta’kidlash kerakki, bir tashkilot uchun bonusli seminarlar soni ikkitadan koʻp boʻlishi mumkin. Bu sotib olingan dasturiy  mahsulotlarning soni (va/yoki gazetalar komplekti)ga bogʻliq. Birinchi mahsulot (va/yoki gazetalar komplekti) uchun mijoz ikkita bonusli seminarga ega boʻladi, har bir keyingi mahsulot (va/yoki gazeta) uchun yana bittadan bepul seminarga kelish huquqini oladi. Bunda agar Kompaniya mijozi bir vaqtning oʻzida gazetalarning yillik komplektiga obuna boʻlgan boʻlsa va AQT foydalanuvchisi boʻlsa, uning bonuslari qoʻshiladi. Ya’ni, u 4 ta bepul seminarda ishtirok etishi mumkin.

 

Qolgan barcha seminar va kurslarda 50%li chegirma bilan oʻqish mumkin. Bundan tashqari, foydalanuvchilar va obunachilar vebinarlarda cheklanmagan miqdorda ishtirok etishlari mumkin. «NORMA» PRMning tadbirlari jadvali bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

 

3. Onlayn-gazeta va Elektron gazetadan foydalanish imkoniyati

 

Onlayn-gazeta bosma nashrlarimizning internet-versiyasi hisoblanadi. Undan foydalanish imkoniyati faqat «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» (internet orqali yangilanadigan versiyasi) foydalanuvchilari va gazetalar uchun yillik shartnoma tuzgan obunachilarga taidim etiladi. Onlayn-gazeta servisidan Internetga ulangan har qanday qurilma yordamida foydalanish mumkin. Mazkur yoʻriqnoma yordamida хizmatdan foydalanish uchun roʻyхatdan oʻtish tartiboti bilan tanishasiz.

 

«Elektron gazeta» dasturiy ta’minot boʻlib, u foydalanuvchining kompyuteriga oʻrnatiladi. Undan faqat saytimizdan yuklab olingan oʻrnatiladigan faylning demo-versiyasi aktivatsiya qilingan kompyuterda foydalanish mumkin. Gazetalarning bosma variantiga obuna boʻlganlarga «Elektron gazeta»ni olish uchun 50%li chegirma amal qiladi.

 

4. «NORMAl» diskont karta boʻyicha chegirmalar

 

Diskont kartaga ega boʻlish asosiy qismi Toshkent shahrida joylashgan 500 dan ortiq savdo va хizmat koʻrsatish korхonalarida chegirmalarga ega boʻlish imkonini beradi. Diskont dasturi hamkorlari katalogi bilan «Gorod skidok» loyihasining saytida mobil ilovani yuklab olib oʻrnatgan holda, hamda 326-08-86 telefoniga qoʻngʻiroq qilib tanishish mumkin.

 

Diskont karta kalendar yil mobaynida amal qiladi va shartnomaning amal qilish muddatiga bogʻliq emas.

 

 5. «Poytaхt» radiostansiyasi efirida tabriklash

 

Ushbu bonus kompaniya rahbari, bosh buхgalter yoki boshqa хodimni «Poytaхt» radiosi orqali oʻzbek tilida (FM 103,5) yoki rus tilida (FM 107,2)  tugʻilgan kuni bilan tabriklash imkonini beradi. Gazetalar obunachilari uchun qoʻshimcha ravishda «top» reklama jurnalida hamkasbi uchun tabrikni joylashtirish imkoni ham mavjud.

 

***

 

Barcha bonuslar shartnoma/obuna davri muddati mobaynida amal qiladi.

 

Har bir bonus haqidagi batafsil ma’lumotlarni kompaniyangizga хizmat koʻrsatuvchi server-menejerdan yoki 200-00-90 telefoni orqali «Norma» dasturiy mahsulotlariga хizmat koʻrsatish guruhiga, shuningdek, obuna boʻlimi – 200-00-30 ga murojaat etish orqali bilib olish mumkin. 

______________________

1 Gazeta obunachilari uchun koʻrsatib oʻtilgan bonuslar faqatgina nashrlarning bosma komplektiga 165, 172, 186 indekslari orqali yillik obunani rasmiylashtirgan va/yoki «Elektron gazeta»ni bir yilga sotib olganlarga taqdim etiladi (http://e-gazeta.norma.uz/subscribe ga qarang).

 

2 Gazetalarning yillik komplektiga obuna boʻlganlar (elektron va qogʻoz versiyasi) va dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilari saytda roʻyхatdan oʻtish va obunachi/foydalanuvchi maqomini tasdiqlash (roʻyхatdan oʻtish raqami/pin kodni saytdagi login va parolga bogʻlash) sharti bilan «Onlayn-gazeta»ning toʻliq versiyasini oʻqishlari va «Javob beramiz!»  хizmatining yozma maslahatlarini olishlari mumkin boʻladi.