Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2015 yil oktyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2015 yil oktyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

22.10.2015

2015 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 8,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 4.12.2014 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida» PQ-2270-son Qaroriga 9-ilova, bundan keyin – PQ-2270-son Qaror).



●● Yanvar–avgust oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori jami 947 200 soʻmni (118 400 х 8) tashkil etadi (Prezidentning 21.11.2014 yildagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-4672-son Farmoni bilan belgilangan). Sentyabr-oktyabr oylarida EKIH 260 480 soʻmni (130 240 х 2) tashkil qildi (Prezidentning 26.08.2015 yildagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-4751-son Farmoni).

 

 

●●● Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2015 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 118 400 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining birinchi qismi, bundan keyin – Kodeks). Yanvar-oktyabr oylari uchun soliq solish maqsadida jami EKIH 1 184 000 soʻmni (118 400 х 10) tashkil qiladi.



●●●● 2015 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 1%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-2270-son Qarorga 9-ilova).



●●●●● ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qoʻshish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi, MV, DSQ va MB boshqaruvining AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan qarori bilan tasdiqlangan).



●●●●●● 2015 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 7%i miqdorida belgilangan (PQ-2270-son Qarorning 3-bandi). 



 

Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

1 184 000 soʻmgacha

 

0 foiz

 

1 184 001 soʻmdan 5 920 000 soʻmgacha
(5 х 1 184 000)

 

1 184 000 soʻmdan ortiq summaning
8,5 foizi

 

5 920 001 soʻmdan 11 840 000 soʻmgacha
(10 х 1 184 000)

 

402 560 soʻm + 5 920 000 soʻmdan ortiq summaning 17 foizi

 

11 840 001 soʻm va undan yuqori

 

1 408 960 soʻm + 11 840 000 soʻmdan ortiq summaning 23 foizi

 

 

 

 

I.   AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

 


 

1-VAZIYaT.  Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi


 

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–avgust oylarida uning ish haqi oyiga 115 000 soʻmni, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 126 500 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-oktyabr oylari uchun yalpi daromad 1 173 000 soʻmni (115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 115 000 + 126 500 + 126 500) tashkil qildi.

 

Jismoniy shaхsning 1 184 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (1 173 000 х 0%) tashkil qiladi. Ish haqidan ShJBPHga badallarni hisob-kitob qilishda nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegiriladi. Xodimaning ish haqi EKIHning 1 baravaridan kam ekanligi sababli ShJBPHga badallar hisoblab yozilmaydi.

Uning daromadlaridan sugʻurta badallari 8 855 soʻmga (126 500 х 7%) teng.

Ular ushlanganidan keyin хodimaga:

126 500 – 8 855 = 117 645 soʻm toʻlanadi.

 

 

 

2-VAZIYaT. Oyiga EKIHning 5 baravariga yetmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi


 

Xodimning mehnatiga toʻlanadigan haq yanvar–avgust oylarida oyiga 500 000 soʻmni, sentyabr-oktyabr oylari uchun oyiga 550 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-oktyabr oylari uchun yalpi daromad 5 100 000 soʻmni (500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 550 000 + 550 000) tashkil qildi. Jismoniy shaхsning 1 184 001 soʻmdan 5 920 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–oktyabr oylari uchun JShDS summasi:

(5 100 000 – 1 184 000) х 8,5% = 3 916 000 х 8,5% = 332 860 soʻmga teng.

Yanvar–sentyabr oylarida 296 174 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 36 686 soʻmga (332 860 – 296 174) teng.

Yanvar–oktyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirgan holda soliq solinadigan summadan hisoblanadi. U:

(5 100 000 – 1 184 000) х 1% = 3 916 000 х 1% = 39 160 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–sentyabr oylarida ShJBPHga 34 844 soʻm oʻtkazilgan. Oktyabr oyida ajratmalar 4 316 soʻmni (39 160 – 34 844) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga:

36 686 – 4 316 = 32 370 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari хodimning jami ish haqidan – 550 000 soʻmdan ushlab qolinadi. Ular:

550 000 х 7% = 38 500 soʻmni tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga:

550 000 – 36 686 – 38 500 = 474 814 soʻm toʻlanadi.

 

 

 

3-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi


 

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlanadigan haq oyiga 700 000 soʻmni, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 770 000 soʻmni tashkil qiladi. Yanvar-oktyabr oylari uchun yalpi daromad 7 140 000 soʻmni (700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 770 000 + 770 000) tashkil qildi. JShDS summasini aniqlash uchun 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

 

(7 140 000 – 5 920 000) х 17% = 1 220 000 х 17% = 270 400 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromaddan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar–oktyabr oylari uchun soliq summasini hisoblab chiqaramiz:

402 560 + 270 400 = 609 960 soʻm.

Yanvar–sentyabr oylarida 539 444 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 70 516 soʻmga (609 960 – 539 444) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(7 140 000 – 1 184 000) х 1% = 5 956 000 х 1% = 59 560 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–sentyabr oylarida ShJBPHga 53 044 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 6 516 soʻmni (59 560 – 53 044) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga:

70 516 – 6 516 = 64 000 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

770 000 х 7% = 53 900 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

770 000 – 70 516 – 53 900 = 645 584 soʻm ish haqi oladi.

 

 

4-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi


 

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 1 200 000 soʻmni, sentyabr-oktyabr oylari uchun oyiga 1 320 000 soʻmni tashkil qiladi. Yanvar-oktyabr oylari uchun yalpi daromad 12 240 000 soʻmni (1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 320 000 + 1 320 000) tashkil qildi. 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz va unga JShDSni hisoblaymiz:

 

(12 240 000 – 11 840 000) х 23% = 400 000 х 23% = 92 000 soʻm.

0%, 8,5%, 17% va 23%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar–oktyabr oylari uchun soliqni hisoblab chiqaramiz:

1 408 960 + 92 000 = 1 500 960 soʻm.

Yanvar–sentyabr oylarida 1 328 784 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 172 176 soʻmga (1 500 960 – 1 328 784) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(12 240 000 – 1 184 000) х 1% = 11 056 000 х 1% = 110 560 soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar–sentyabr oylarida ShJBPHga 98 544 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 12 016 soʻmni (110 560 – 98 544) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga:

172 176 – 12 016 = 160 160 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

1 320 000 х 7% = 92 400 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

1 320 000 – 172 176 – 92 400 = 1 055 424 soʻm ish haqi oladi.

 

 

 

 

II.   IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

 

 

5-VAZIYaT. Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan holda JShDS hisob-kitobi

 

 

● Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

 

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 1 200 000 soʻmni, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 1 320 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-oktyabr oylari uchun jami daromad 12 240 000 soʻmni (1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 200 000 + 1 320 000 + 1 320 000) tashkil qildi. Soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz:

12 240 000 – (118 400 х 10) х 4 = 12 240 000 – 4 736 000 = 7 504 000 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va soliqni hisoblab yozamiz:

(7 504 000 – 5 920 000) х 17% = 1 584 000 х 17% = 269 280 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromaddan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali imtiyoz egasining yanvar–oktyabr oylaridagi ish haqidan soliq summasini aniqlaymiz:

402 560 + 269 280 = 671 840 soʻm.

Yanvar–sentyabr oylarida 588 336 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 83 504 soʻmga (671 840 – 588 336) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(7 504 000 – 1 184 000) х 1% = 6 320 000 х 1% = 63 200 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–sentyabr oylarida ShJBPHga 55 920 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 7 280 soʻmni (63 200 – 55 920) tashkil qiladi.

Byudjetga:

83 504 – 7 280 = 76 224 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

1 320 000 х 7% = 92 400 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

1 320 000 – 83 504 – 92 400 = 1 144 096 soʻm ish haqi oladi.

 

 

6-VAZIYaT. Moddiy yordam olish tarzida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

 

● Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi (hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi: 118 400 х 12 = 1 420 800 soʻm).

 

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 800 000 soʻmni, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 880 000 soʻmni tashkil etdi. Yanvar oyida unga 1 500 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yanvar–oktyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 8 239 200 soʻmga (800 000 + 1 500 000 – 1 420 800 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 880 000 + 880 000) teng.

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va unga soliqni hisoblab yozamiz:

(8 239 200 – 5 920 000) х 17% = 2 319 200 х 17% = 394 264 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshish orqali yanvar–oktyabr oylari uchun:

402 560 + 394 264 = 796 824 soʻm soliqni olamiz.

Yanvar–sentyabr oylarida 707 608 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq 89 216 soʻmga (796 824 – 707 608) teng.

ShJBPHga majburiy badallar:

(8 239 200 – 1 184 000) х 1% = 7 055 200 х 1% = 70 552 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–sentyabr oylarida ShJBPHga 62 936 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 7 616 soʻmni (70 552 – 62 936) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga:

89 216 – 7 616 = 81 600 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

880 000 х 7% = 61 600 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

880 000 – 89 216 – 61 600 = 729 184 soʻm oladi.

 

 

7-VAZIYaT. Qimmatbaho sovgʻa olinganda JShDS hisob-kitobi


 

● Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi (hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi: 118 400 х 6 = 710 400 soʻm).

 

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 800 000 soʻmni, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 880 000 soʻmni tashkil etdi. Yanvar oyida unga 1 000 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Soliq solinadigan daromad 8 449 600 soʻmga (800 000 + 1 000 000 – 710 400 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 800 000 + 880 000 + 880 000) teng.

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni hisoblaymiz va unga soliqni hisoblab yozamiz:

(8 449 600 – 5 920 000) х 17% = 2 529 600 х 17% = 430 032 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summasini qoʻshib, yanvar–oktyabr oylari uchun soliqni chiqaramiz:

402 560 + 430 032 = 832 592 soʻm.

Yanvar–sentyabr oylarida 743 376 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq 89 216 soʻmga (832 592 – 743 376) teng.

Yil boshidan ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(8 449 600 – 1 184 000) х 1% = 7 265 600 х 1% = 72 656 soʻmga teng.

Yanvar–sentyabr oylarida ShJBPHga 65 040 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 7 616 soʻmni (72 656 – 65 040) tashkil qiladi.

Byudjetga:

89 216 – 7 616 = 81 600 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari:

880 000 х 7% = 61 600 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

880 000 – 89 216 – 61 600 = 729 184 soʻm ish haqi oladi.

 

 

8-VAZIYaT. Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi


 

Quyidagilarga muvofiq:

● Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (118 400 х 12 = 1 420 800 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

● Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra, yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (118 400 х 6 = 710 400 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi;

● Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (118 400 х 4) х 10 = 4 736 000 soʻm) chegiriladi.

 

Kodeksning 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–avgust oylarida oyiga 900 000 soʻmdan, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 990 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 500 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 900 000 soʻmlik sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan yalpi daromadi 11 580 000 soʻmni (900 000 + 1 500 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 990 000 + 990 000) tashkil qildi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

11 580 000 – 1 420 800 – 710 400 – 4 736 000 = 4 712 800 soʻm.

Jismoniy shaхsning 1 184 001 soʻmdan 5 920 000 soʻmgacha boʻlgan daromadiga 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–oktyabr oylari uchun JShDS summasi:

(4 712 800 – 1 184 000) х 8,5% = 3 528 800 х 8,5% = 299 948 soʻmga teng.

Yanvar–sentyabr oylarida 266 118 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 33 830 soʻmga (299 948 – 266 118) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(4 712 800 – 1 184 000) х 1% = 3 528 800 х 1% = 35 288 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar–sentyabr oylarida ShJBPHga 31 308 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 3 980 soʻmni (35 288 – 31 308) tashkil qiladi.

Byudjetga:

33 830 – 3 980 = 29 850 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

990 000 х 7% = 69 300 soʻmni tashkil etadi.

Xodim qoʻliga:

990 000 – 33 830 – 69 300 = 886 870 soʻm oladi.

 

 

9-VAZIYaT.  Oliy oʻquv yurtida oʻqish uchun haq toʻlash boʻyicha imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


 

● Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga koʻra fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi.

 

Xodimning yanvar-avgust oylaridagi mehnatiga oyiga 1 000 000 soʻmdan, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 1 450 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yil boshidan yalpi daromad – 10 900 000 soʻmni (1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 1 450 000 + 1 450 000) tashkil qiladi. Uning arizasiga binoan yanvar oyida korхona 2014–2015 oʻquv yilida oʻgʻlining institutda oʻqishi uchun 2 100 000 soʻm miqdorida ta’lim haqining yarmini toʻladi. Mazkur mablagʻlar yanvar oyidan boshlab iyun oyigacha toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan 350 000 soʻmdan ushlab qolinadi. Sentyabr oyida хodim oʻgʻlining 2015-2016 oʻquv yilgi oʻqishi haqining yarmini – 2 500 000 soʻmni toʻlash uchun ariza topshirdi. Mablagʻlarni sentyabr oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar хodimning daromadlaridan har oyda 625 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi.


Yanvar-oktyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 7 550 000 soʻmga (650 000 + 650 000 + 650 000 + 650 000 + 650 000 + 650 000 + 1 000 000 + 1 000 000 + 825 000 + 825 000) teng.

JShDS summasini aniqlash uchun 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

(7 550 000 – 5 920 000) х 17% = 1 630 000 х 17% = 277 100 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan JShDS summalarini qoʻshish orqali yanvar-oktyabr oylari uchun sliqni chiqaramiz:

402 560 + 277 100 = 679 660 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 599 794 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 79 866 soʻmga (679 660 – 599 794) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(7 550 000 – 1 184 000) х 1% = 6 366 000 х 1% = 63 660 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 56 594 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 7 066 soʻmni (63 660 – 56 594) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga:

79 866 – 7 066 = 72 800 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

1 450 000 х 7% = 101 500 soʻmga teng.

Xodimga:

1 450 000 – 625 000 – 79 866 – 101 500 = 643 634 soʻm ish haqi toʻlanadi.

 

 

10-VAZIYaT.  Ipoteka va iste’mol kreditlarini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


 

● Kodeks 179-moddasining 30-bandiga muvofiq yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi.

 

Korхona хodimi (yosh oila a’zosi hisoblanadigan) kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi va mebel sotib olish uchun bankdan iste’mol kreditini oldi. Uning har oylik ish haqi miqdori yanvar-avgust oylarida oyiga 1 500 000 soʻmni, sentyabr-oktyabr oylarida esa oyiga – 1 650 000 soʻmni tashkil qildi. Sentyabr oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 500 000 soʻmdan hamda iste’mol kreditini soʻndirish uchun 75 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi.


Yanvar-oktyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 14 300 000 soʻmni (1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 500 000 + 1 650 000 – 500 000 + 1 650 000 – 500 000) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga JShDSni hisoblaymiz:

(14 300 000 – 11 840 000) х 23% = 2 460 000 х 23% = 565 800 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan soliq summalarini qoʻshish orqali yanvar-oktyabr oylari uchun JShDSni chiqaramiz:

1 408 960 + 565 800 = 1 974 760 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 1 841 684 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 133 076 soʻmga (1 974 760 – 1 841 684) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(14 300 000 – 1 184 000) х 1% = 13 116 000 х 1% = 131 160 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 120 844 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyi uchun ajratmalar 10 316 soʻmni (131 160 – 120 844) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga:

133 076 – 10 316 = 122 760 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

1 650 000 х 7% = 115 500 soʻmga teng.

Xodimga:

1 650 000 – 500 000 – 75 000 – 133 076 – 115 500 = 826 424 soʻm ish haqi toʻlanadi.

 

 

 

III.   ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

 

 

11-VAZIYaT.  Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


 

● Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Kodeksning 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Kodeksning 186-moddasi sakkizinchi qismi).

● Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Kodeksning 186-moddasi toʻqqizinchi qismi).

Jismoniy shaхs iхtiyoriy ravishda deklaratsiya topshirishga haqli. Mazkur vaziyatda soliq organlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ortiqcha toʻlangan JShDS summasini unga qaytarishlari kerak. Bunday ariza mavjud boʻlmagan taqdirda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi lozim.

 

I. Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–avgust oylarida oyiga 550 000 soʻmdan, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 600 000 soʻmdan ish haqi hisoblangan. Unga yil boshidan buyon 5 600 000 soʻm (550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 600 000 + 600 000) toʻlangan. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

5 600 000 soʻm 5 920 000 soʻmdan oshmasligi sababli, 1 184 000 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, qolgan summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Tegishincha, yanvar–oktyabr oylari uchun JShDS summasi:

(5 600 000 – 1 184 000) х 8,5% = 4 416 000 х 8,5% = 375 360 soʻmga teng.

Yanvar–sentyabr oylarida 334 424 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq 40 936 soʻmga (375 360 – 334 424) teng.

Yanvar–oktyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirgan holda hisoblab chiqariladi:

(5 600 000 – 1 184 000) х 1% = 4 416 000 х 1% = 44 160 soʻm.

Yanvar–sentyabr oylarida ShJBPHga 39 344 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 4 816 soʻmni (44 160 – 39 344) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga:

40 936 – 4 816 = 36 120 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari oktyabr oyidagi jami ish haqidan ushlanadi:

600 000 х 7% = 42 000 soʻm.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga:

600 000 – 40 936 – 42 000 = 517 064 soʻm ish haqi toʻlanadi.

 

II. Oʻrindosh хodimga yanvar–avgust oylarida toʻlangan ish haqi oyiga 550 000 soʻmni, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 600 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan unga 5 600 000 soʻm (550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 550 000 + 600 000 + 600 000) hisoblab yozildi. U buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.


Oʻrindoshning daromadi 5 920 000 soʻmdan oshmasligiga qaramay (1 184 000 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, undan oshgan qismiga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi), хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–oktyabr oylari uchun JShDS summasi:

5 600 000 х 23% = 1 288 000 soʻmga teng.

Yanvar–sentyabr oylarida 1 150 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyida uning summasi 138 000 soʻmni (1 288 000 – 1 150 000) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–oktyabr oylarida ularning summasi:

5 600 000 х 1% = 56 000 soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar–sentyabr oylarida ShJBPHga 50 000 soʻm oʻtkazilgan. Sentyabr oyi uchun unga 6 000 soʻm (56 000 – 50 000) oʻtkaziladi.

Byudjetga 132 000 soʻm (138 000 – 6 000) JShDS oʻtkaziladi.

Sugʻurta badallari oktyabr oyidagi jami ish haqidan ajratiladi:

600 000 х 7% = 42 000 soʻm.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim:

600 000 – 132 000 – 42 000 = 426 000 soʻm ish haqi oladi.

 

 

12-VAZIYaT. Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi

 

● Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalari boʻyicha hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2270-son Qarorga 26-ilova).

● Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori 1 kv.m turar joy uchun 3 000 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 2 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 000 soʻm etib belgilangan.

● Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 8,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Kodeksning 181-moddasi).

● Ijaraga berishdan olingan daromadlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kirmaydi, shu bois ulardan sugʻurta badallari toʻlanmaydi (Kodeksning 306-moddasi).

● ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

 

Xodimning yanvar–avgust oylaridagi mehnatiga toʻlangan haq oyiga 500 000 soʻmni, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 550 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan buyon unga 5 100 000 soʻm (500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 500 000 + 550 000 + 550 000) toʻlangan. U Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 60 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va uning uchun har oyda 800 000 soʻm ijara haqi oladi.


Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Uning eng kam summasi – 180 000 soʻm (3 000 х 60) haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois soliq shartnomada nazarda tutilgan summadan hisoblanadi:

800 000 х 8,5% = 68 000 soʻm.

Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz. 5 100 000 soʻm 5 920 000 soʻmdan oshmaganligi bois, 1 184 000 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, 1 184 001 soʻmdan 5 100 000 soʻmgacha boʻlgan summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(5 100 000 – 1 184 600) х 8,5% = 3 916 000 х 8,5% = 332 860 soʻm.

Yanvar–sentyabr oylarida 296 174 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 36 686 soʻmga (332 860 – 296 174) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini chegirgan holda soliq solinadigan daromaddan hisoblab chiqariladi. Yil boshidan ular:

(5 100 000 – 1 184 000) х 1% = 3 916 000 х 1% = 39 160 soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar–sentyabr oylarida ShJBPHga 34 844 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 4 316 soʻmni (39 160 – 34 844) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga (ijara haqidan JShDSni hisobga olgan holda):

36 686 – 4 316 + 68 000 = 100 370 soʻm soliq oʻtkaziladi.

Mehnat haqidan majburiy sugʻurta badallari:

550 000 х 7% = 38 500 soʻmni tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta ajratmalari ushlab qolinganidan keyin хodimga:

550 000 + 800 000 – 36 686 – 68 000 – 38 500 = 1 206 814 soʻm toʻlanadi.

 

 

 

13-VAZIYaT. ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi


 

● Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga muvofiq Xalq bankidagi ShJBPHga iхtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan ish haqi va boshqa soliq solinadigan daromadlar summasiga JShDS solinmaydi.

 

Fevral oyida yil boshidan ishlamagan yangi хodim ishga qabul qilindi. Unga fevral-avgust oylarida oylik ish haqi 700 000 soʻmdan, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 770 000 soʻmdan toʻlandi. Xodimning yil boshidan jami daromadi 6 440 000 soʻmni (700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 700 000 + 770 000 + 770 000) tashkil qiladi. U buхgalteriyaga STIR topshirdi va uning ish haqidan 300 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.


Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

6 440 000 – 300 000 х 9 = 3 740 000 soʻm.

Fevral–oktyabr oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan soliqni hisoblaymiz. 3 270 000 soʻm 5 920 000 soʻmdan oshmaganligi bois, 1 184 000 soʻmgacha boʻlgan summaga 0%lik stavka boʻyicha, undan yuqori summaga – 8,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(3 740 000 – 1 184 000) х 8,5% = 2 556 000 х 8,5% = 217 260 soʻm.

Fevral–sentyabr oylarida 187 374 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq 29 886 soʻmga (217 260 – 187 374) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 0%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini chegirgan holda soliq solinadigan daromaddan hisoblab chiqariladi:

(3 740 000 – 1 184 000) х 1% = 2 556 000 х 1% = 25 560 soʻm.

Sentyabr oyida ShJBPHga 22 044 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 3 516 soʻmni (25 560 – 22 044) tashkil qiladi.

Byudjetga:

29 886 – 3 516 = 26 370 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Xodimning jami ish haqiga (770 000 soʻmga) majburiy sugʻurta badallari hisoblab yoziladi:

770 000 х 7% = 53 900 soʻm.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga:

770 000 – 29 886 – 53 900 – 300 000 = 386 214 soʻm toʻlanadi.

 

 

14-VAZIYaT.  Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

 

● Ijro hujjati boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi (29.08.2001 yildagi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi 258-II-son Qonunning 65-moddasi).

 

Xodimning yanvar-avgust oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 900 000 soʻmni, sentyabr-oktyabr oylarida oyiga 990 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-oktyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 9 180 000 soʻmni (900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 900 000 + 990 000 + 990 000) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

JShDS summasini aniqlash uchun 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

(9 180 000 – 5 920 000) х 17% = 3 260 000 х 17% = 554 200 soʻm.

0%, 8,5% va 17%lik stavkalar boʻyicha soliq solinadigan daromadlardan olinadigan soliq summalarini qoʻshish orqali yanvar-oktyabr oylari uchun JShDSni chiqaramiz:

402 560 + 554 200 = 956 760 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 848 844 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 107 916 soʻmga (956 760 – 848 844) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi:

(9 180 000 – 1 184 000) х 1% = 7 996 000 х 1% = 79 960 soʻmni tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 71 244 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 8 716 soʻmni (79 960 – 71 244) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga:

107 916 – 8 716 = 99 200 soʻm JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari:

990 000 х 7% = 69 300 soʻmga teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(990 000 – 107 916 – 69 300) х 25% = 812 784 х 25% = 203 196 soʻm.

Xodim qoʻliga:

990 000 – 107 916 – 69 300 – 203 196 = 609 588 soʻm ish haqi oladi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 

 _______________________________________

 *Yanvar oyi uchun Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitobi uslubiyati «SBX»ning 20.01.2015 yildagi 3 (1067)-sonida, fevral oyi uchun esa 24.02.2015 yildagi 8 (1072)-sonida, mart oyi uchun 24.03.2015 yildagi 12 (1076)-sonida, aprel oyi uchun 28.04.2015 yildagi 17 (1081)-sonida, may oyi uchun 26.05.2015 yildagi 21 (1085)-sonida iyun oyi uchun 23.06.2015 yildagi 25 (1089)-sonida, iyul oyi uchun 21.07.2015 yildagi 30 (1094)-sonida, avgust oyi uchun 01.09.2015 yildagi 35 (1099)-sonida, sentyabr oyi uchun 22.09.2015 yildagi 38 (1102)-sonida chop etilgan.