Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2017 yil sentyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2017 yil sentyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

25.09.2017

●     2017 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qaroriga 9-ilova).

 

●●     Yanvar-sentyabr oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 1 347 975 soʻmni (149 775 х 9) tashkil etadi (Prezidentning 22.08.2016 yildagi PF-4822-son Farmoni).

 

●●●     Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2017 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 149 775 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi).

 

●●●●     2017 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 1%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-2699-son Qarorga 9-ilova).

 

●●●●●     ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

●●●●●●     2017 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-2699-son qarorning 3-bandi).

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

Soliq stavkasi

1 347 975 soʻmgacha

0%

1 347 976 soʻmdan 6 739 875 soʻmgacha

(5 х 1 347 975)

1 347 975 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

6 739 876 soʻmdan 13 479 750 soʻmgacha

(10 х 1 347 975)

404 392,5 soʻm + 6 739 875 soʻmdan ortiq summaning 17%i

13 479 751 soʻm va undan yuqori

1 550 171,25 soʻm + 13 479 750 soʻmdan ortiq summaning 23%i

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB


1-VAZIYaT Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–sentyabr oylarida u oyiga 130 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan jami daromad 1 170 000 soʻmni (130 000 х 9) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 1 347 975 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (1 170 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 10 400 soʻmga (130 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 119 600 soʻm (130 000 – 10 400) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimga yanvar–sentyabr oylarida oyiga 630 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 5 670 000 soʻmni (630 000 х 9) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(5 670 000 – 1 347 975) х 7,5% = 324 151,88 soʻmga teng.

Yanvar-avgust oylarida 288 135 soʻm soliq ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 36 016,88 soʻmga (324 151,88 – 288 135) teng.

Yanvar–sentyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 43 220,25 soʻmni ((5 670 000 – 1 347 975) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 38 418 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 4 802,25 soʻmni (43 220,25 – 38 418) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 31 214,63 soʻm (36 016,88 – 4 802,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 50 400 soʻmni (630 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 543 583,12 soʻm (630 000 – 36 016,88 – 50 400) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 920 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 8 280 000 soʻmni (920 000 х 9) tashkil qiladi.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–sentyabr oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

404 392,5 + (8 280 000 – 6 739 875) х 17% = 666 213,75 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 592 190 soʻm soliq ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 74 023,75 soʻmga (666 213,75 – 592 190) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 69 320,25 soʻmni ((8 280 000 – 1 347 975) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 61 618 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 7 702,25 soʻmni (69 320,25 – 61 618) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 66 321,5 soʻm (74 023,75 – 7 702,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 73 600 soʻmni (920 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 772 376,25 soʻm (920 000 – 74 023,75 – 73 600) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 14 490 000 soʻmni (1 610 000 х 9) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–sentyabr oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

1 550 171,25 + (14 490 000 – 13 479 750) х 23% = 1 782 528,75 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 1 584 470 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 198 058,75 soʻmga (1 782 528,75 – 1 584 470) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 131 420,25 soʻmga ((14 490 000 – 1 347 975) х 1%) teng.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 116 818 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 14 602,25 soʻmni (131 420,25 – 116 818) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 183 456,5 soʻm (198 058,75 – 14 602,25) JShDS oʻtkaziladi.

Sentyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 128 800 soʻmni (1 610 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 283 141,25 soʻm (1 610 000 – 198 058,75 – 128 800) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

5-VAZIYaT  Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 14 490 000 soʻmni (1 610 000 х 9) tashkil qiladi.

● Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:

14 490 000 – 1 347 975 х 4 = 9 098 100 soʻmga teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–sentyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

404 392,5 + (9 098 100 – 6 739 875) х 17% = 805 290,75 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 715 814 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 89 476,75 soʻmga (805 290,75 – 715 814) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 77 501,25 soʻmni ((9 098 100 – 1 347 975) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 68 890 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 8 611,25 soʻmni (77 501,25 – 68 890) tashkil qiladi.

Byudjetga 80 865,5 soʻm (89 476,75 – 8 611,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 128 800 soʻmni (1 610 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 391 723,25 soʻm (1 610 000 – 89 476,75 – 128 800) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT  Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 100 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yil boshidan daromad 11 900 000 soʻmni (1 100 000 х 9 + 2 000 000) tashkil qiladi.

● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 10 102 700 soʻmga (11 900 000 – 1 797 300) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–sentyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

404 392,5 + (10 102 700 – 6 739 875) х 17% = 976 072,75 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 871 449 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 104 623,75 soʻmga (976 072,75 – 871 449) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 87 547,25 soʻmni ((10 102 700 – 1 347 975) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 78 045 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 9 502,25 soʻmni (87 547,25 – 78 045) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 95 121,5 soʻm (104 623,75 – 9 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 88 000 soʻmni (1 100 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 907 376,25 soʻm (1 100 000 – 104 623,75 – 88 000) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT  Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 150 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 400 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 11 750 000 soʻmni (1 150 000 х 9 + 1 400 000) tashkil qiladi.

● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 6 = 898 650 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 10 851 350 soʻmga (11 750 000 – 898 650) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–sentyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

404 392,5 + (10 851 350 – 5 739 875) х 17% = 1 103 343,25 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 990 219,5 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 113 123,75 soʻmga (1 103 343,25 – 990 219,5) teng.

Yanvar–sentyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 95 033,75 soʻmga ((10 851 350 – 1 347 975) х 1%) teng.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 85 031,5 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 10 002,25 soʻmni (95 033,75 – 85 031,5) tashkil qiladi.

Byudjetga 103 121,5 soʻm (113 123,75 – 10 002,25) JShDS oʻtkaziladi.

Sentyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 92 000 soʻmni (1 150 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 944 876,25 soʻm (1 150 000 – 113 123,75 – 92 000) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT  Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

 

Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–avgust oylarida oyiga 1 150 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 000 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 13 350 000 soʻmni (1 150 000 х 9 + 2 000 000 + 1 000 000) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

● Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (1 347 975 х 4 = 5 391 900 soʻm) chiqarib tashlanadi;

● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (149 775 х 6 = 898 650 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

10 350 000 – 5 391 900 + 2 000 000 – 1 797 300 + 1 000 000 – 898 650 = 5 262 150 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(5 262 150 – 1 347 975) х 7,5% = 293 563,13 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 263 478,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 30 084,38 soʻmga (293 563,13 – 263 478,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 39 141,75 soʻmni ((5 262 150 – 1 347 975) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 35 130,5 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 4 011,25 soʻmni (39 141,75 – 35 130,5) tashkil qiladi.

Byudjetga 26 073,13 soʻm (30 084,38 – 4 011,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 92 000 soʻmni (1 150 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 027 915,62 soʻm (1 150 000 – 30 084,38 – 92 000) oladi.

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT  Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–sentyabr oylarida oyiga 690 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Xodimning yil boshidan daromadi 6 210 000 soʻmni (690 000 х 9) tashkil qiladi.

● Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

● Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

 

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–sentyabr oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. JShDS:

(6 210 000 – 1 347 975) х 7,5% = 364 651,88 soʻmga teng.

Yanvar-avgust oylarida 324 135 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 40 516,88 soʻmga (364 651,88 – 324 135) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 48 620,25 soʻmga ((6 210 000 – 1 347 975) х 1%) teng.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 43 218 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 5 402,25 soʻmni (48 620,25 – 43 218) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 35 114,63 soʻm (40 516,88 – 5 402,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 594 283,12 soʻm (690 000 – 40 516,88 – 55 200) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 13 479 750 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi.

Yanvar–sentyabr oylari uchun JShDS summasi 1 428 300 soʻmga (6 210 000 х 23%) teng.

Yanvar-avgust oylarida 1 269 600 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyida uning summasi 158 700 soʻmni (1 428 300 – 1 269 600) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–sentyabr oylarida ularning summasi 62 100 soʻmni (6 210 000 х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 55 200 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyi uchun 6 900 soʻm (62 100 – 55 200) oʻtkaziladi.

Byudjetga 151 800 soʻm (158 700 – 6 900) JShDS oʻtkaziladi.

Sentyabr oyi uchun sugʻurta badallari 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 476 100 soʻm (690 000 – 158 700 – 55 200) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT  Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 690 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 6 210 000 soʻmni (690 000 х 9) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 900 000 soʻm ijara haqi oladi.

● Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2699-son qarorga 26-ilova).

● Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

● Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

● ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

900 000 х 7,5% = 67 500 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(6 210 000 – 1 347 975) х 7,5% = 364 651,88 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 324 135 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyidagi soliq summasi 40 516,88 soʻmga (364 651,88 – 324 135) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 48 620,25 soʻmga ((6 210 000 – 1 347 975) х 1%) teng.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 43 218 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 5 402,25 soʻmni (48 620,25 – 43 218) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 35 114,63 soʻm soliq (40 516,88 – 5 402,25) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 426 783,12 soʻm ish haqi (690 000 + 900 000 – 40 516,88 – 67 500 – 55 200) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT  Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-sentyabr oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 100 000 soʻmni tashkil qildi, yil boshidan daromad 9 900 000 soʻmni (1 100 000 х 9) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

● Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi («Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 65-moddasi).

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–sentyabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

404 392,5 + (9 900 000 – 6 739 875) х 17% = 941 613,75 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 836 990 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyi uchun soliq summasi 104 623,75 soʻmga (941 613,75 – 836 990) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 85 520,25 soʻmni ((9 900 000 – 1 347 975) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 76 018 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyi uchun ajratmalar 9 502,25 soʻmni (85 520,25 – 76 018) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 95 121,5 soʻm (104 623,75 – 9 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 88 000 soʻmga (1 100 000 х 8%) teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(1 100 000 – 104 623,75 – 88 000) х 25% = 226 844,06 soʻm.

Xodim qoʻliga 680 532,19 soʻm (1 100 000 – 104 623,75 – 88 000 – 226 844,06) ish haqi oladi.

 

12-VAZIYaT  Ilgari ishlamagan yangi ishga qabul qilingan хodim (oliy oʻquv yurti bitiruvchisi)ning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Fevral oyida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 800 000 soʻm maosh belgilandi. Fevral-sentyabr oylari uchun daromad 6 400 000 soʻmni (800 000 х 8) tashkil qildi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(6 400 000 – 1 347 975) х 7,5% = 378 901,88 soʻm.

Fevral-avgust oylarida 330 135 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyi uchun soliq summasi 48 766,88 soʻmni (378 901,88 – 330 135) tashkil qiladi.

ShJBPHga majburiy badallar 50 520,25 soʻmni ((6 400 000 – 1 347 975) х 1%) tashkil etadi.

Fevral-avgust oylarida ShJBPHga 44 018 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyida ajratmalar 6 502,25 soʻmni (50 520,25 – 44 018) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 42 264,63 soʻm (48 766,88 – 6 502,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 64 000 soʻmga (800 000 х 8%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 687 233,12 soʻm (800 000 – 48 766,88 – 64 000) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT  ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 200 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan daromad 10 800 000 soʻmni (1 200 000 х 9) tashkil etdi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga har oyda uning ish haqidan 400 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

● ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

10 800 000 – (400 000 х 8) = 7 600 000 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–sentyabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

404 392,5 + (7 600 000 – 6 739 875) х 17% = 550 613,75 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 496 990 soʻm JShDS ushlab qolingan. Sentyabr oyi uchun soliq summasi 53 623,75 soʻmga (550 613,75 – 496 990) teng.

Yanvar–sentyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 62 520,25 soʻmni ((7 600 000 – 1 347 975) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 56 018 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (62 520,25 – 56 018) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmga (1 200 000 х 8%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 650 376,25 soʻm (1 200 000 – 400 000 – 53 623,75 – 96 000) ish haqi toʻlanadi.

 

14-VAZIYaT  Ipoteka kreditini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Yosh oila a’zosi hisoblanadigan korхona хodimi kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi. Uning yanvar-avgust oylaridagi oylik ish haqi miqdori 1 200 000 soʻmni tashkil qiladi. Yil boshidan soliq solinadigan daromad 10 800 000 soʻmni (1 200 000 х 9) tashkil qiladi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 400 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi va barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.

● Yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi (Soliq kodeksining ­179-moddasi 30-bandi).

Yanvar-sentyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 7 600 000 soʻmni (10 800 000 – (400 000 х 8)) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–sentyabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

404 392,5 + (7 600 000 – 6 739 875) х 17% = 550 613,75 soʻm.

Yanvar-avgust oylarida 496 990 soʻm soliq ushlab qolingan. Sentyabr oyi uchun JShDS summasi 53 623,75 (550 613,75 – 496 990) soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga majburiy badallar summasi 65 520,25 soʻmni ((7 600 000 – 1 347 975) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-avgust oylarida ShJBPHga 56 018 soʻm oʻtkazilgan, sentyabr oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (65 520,25 – 56 018) tashkil qiladi.

Sentyabr oyi uchun byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmni (1 200 000 х 8%) tashkil qiladi.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va kreditni soʻndirish uchun ushlanmalar chegirilganidan keyin хodim 650 376,25 soʻm (1 200 000 – 400 000 – 53 623,75 – 96 000) ish haqi oladi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 


*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 31.01.2017 yildagi 5 (1173)-sonida, fevral oyi uchun 28.02.2017 yildagi 9 (1177)-sonida, mart oyi uchun 28.03.2017 yildagi 13 (1181)-sonida, aprel oyi uchun 18.04.2017 yildagi 16 (1184)-sonida, may oyi uchun 23.05.2017 yildagi 21 (1189)-sonida, iyun oyi uchun 20.06.2017 yildagi 25-26 (1193-1194)-sonida, iyul oyi uchun 25.07.2017 yildagi 30 (1198)-sonida, avgust oyi uchun 22.08.2017 yildagi 34 (1202)-sonida chop etilgan.