Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2018 yil aprel oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2018 yil aprel oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

23.04.2018

    2018 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 16,5%; eng yuqori stavka – 22,5% (Prezidentning 29.12.2017 yildagi ­PQ-3454-son qaroriga 8-ilova).

 

    Yanvar-aprel oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 688 960 soʻmni (172 240 х 4) tashkil etadi (20.11.2017 yildagi PF-5245-son).

 

    Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2018 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 172 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi).

 

    2018 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 2%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-3454-son qarorga 8-ilova).

 

    ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

    2018 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan ish haqi (daromad) summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-3454-son qarorning 3-bandi).

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

Soliq stavkasi

688 960 soʻmgacha

0%

688 961 soʻmdan 3 444 800 soʻmgacha (5 х 688 960)

688 960 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

3 444 801 soʻmdan 6 889 600 soʻmgacha (10 х 688 960)

206 688 soʻm + 3 444 800 soʻmdan ortiq summaning 16,5%i

6 889 601 soʻm va undan yuqori

775 080 soʻm + 6 889 600 soʻmdan ortiq summaning 22,5%i

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

1-VAZIYaT Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–aprel oylarida u oyiga 150 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan jami daromad 600 000 soʻmni (150 000 х 4) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 688 960 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (600 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 12 000 soʻmga (150 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 138 000 soʻm (150 000 – 12 000) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

Xodimga yanvar–aprel oylarida oyiga 720 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 2 880 000 soʻmni (720 000 х 4) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(2 880 000 – 688 960) х 7,5% = 164 328 soʻmga teng.

Yanvar-mart oylarida 123 246 soʻm soliq ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 41 082 soʻmga (164 328 – 123 246) teng.

Yanvar-aprel oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 43 820,8 soʻmni ((2 880 000 – 688 960) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 32 865,6 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 10 955,2 soʻmni (43 820,8 – 32 865,6) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 30 126,8 soʻm (41 082 – 10 955,2) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 57 600 soʻmni (720 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 621 318 soʻm (720 000 – 41 082 – 57 600) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 1 050 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 4 200 000 soʻmni (1 050 000 х 4) tashkil qiladi.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–aprel oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

206 688 + (4 200 000 – 3 444 800) х 16,5% = 331 296 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 248 472 soʻm soliq ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 82 824 soʻmga (331 296 – 248 472) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 70 220,8 soʻmni ((4 200 000 – 688 960) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 52 665,6 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 17 555,2 soʻmni (70 220,8 – 52 665,6) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 65 268,8 soʻm (82 824 – 17 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 84 000 soʻmni (1 050 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 883 176 soʻm (1 050 000 – 82 824 – 84 000) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 1 850 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 7 400 000 soʻmni (1 850 000 х 4) tashkil qiladi.

22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–aprel oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

775 080 + (7 400 000 – 6 889 600) х 22,5% = 889 920 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 667 440 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 222 480 soʻmga (889 920 – 667 440) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 134 220,8 soʻmga ((7 400 000 – 688 960) х 2%) teng.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 100 665,6 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 33 555,2 soʻmni (134 220,8 – 100 665,6) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 188 924,8 soʻm (222 480 – 33 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Aprel oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 148 000 soʻmni (1 850 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 479 520 soʻm (1 850 000 – 222 480 – 148 000) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

5-VAZIYaT Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 1 850 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 7 400 000 soʻmni (1 850 000 х 4) tashkil qiladi.

  Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

 

Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:

7 400 000 – 688 960 х 4 = 4 644 160 soʻmga teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–aprel oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

206 688 + (4 644 160 – 3 444 800) х 16,5% = 404 582,4 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 303 436,8 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 101 145,6 soʻmga (404 582,4 – 303 436,8) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 79 104 soʻmni ((4 644 160 – 688 960) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 59 328 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 19 776 soʻmni (79 104 – 59 328) tashkil qiladi.

Byudjetga 81 369,6 soʻm (101 145,6 – 19 776) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 148 000 soʻmni (1 850 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 600 854,4 soʻm (1 850 000 – 101 145,6 – 148 000) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 1 265 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 200 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 7 260 000 soʻmni (1 265 000 х 4 + 2 200 000) tashkil qiladi.

  Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 5 193 120 soʻmga (7 260 000 – 2 066 880) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–aprel oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

206 688 + (5 193 120 – 3 444 800) х 16,5% = 495 160,8 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 376 861,8 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 118 299 soʻmga (495 160,8 – 376 861,8) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 90 083,2 soʻmni ((5 193 120 – 688 960) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 68 228 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 21 855,2 soʻmni (90 083,20 – 68 228) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 96 443,8 soʻm (118 299 – 21 855,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 101 200 soʻmni (1 265 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 045 501 soʻm (1 265 000 – 118 299 – 101 200) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 1 300 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 800 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 7 000 000 soʻmni (1 300 000 х 4 + 1 800 000) tashkil qiladi.

  Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 5 966 560 soʻmga (7 000 000 – 1 033 440) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–aprel oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

206 688 + (5 966 560 – 3 444 800) х 16,5% = 622 778,4 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 498 704,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 124 074 soʻmga (622 778,4 – 498 704,4) teng.

Yanvar–aprel oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 105 552 soʻmga ((5 966 560 – 688 960) х 2%) teng.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 82 996,8 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 22 555,2 soʻmni (105 552 – 82 996,8) tashkil qiladi.

Byudjetga 101 518,8 soʻm (124 074 – 22 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Aprel oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 071 926 soʻm (1 300 000 – 124 074 – 104 000) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

 

Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–aprel oylarida oyiga 1 300 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 300 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 500 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 9 000 000 soʻmni (1 300 000 х 4 + 2 300 000 + 1 500 000) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

  Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (688 960 х 4 = 2 755 840 soʻm) chiqarib tashlanadi;

  Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

  Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

5 200 000 – 2 755 840 + 2 300 000 – 2 066 880 + 1 500 000 – 1 033 440 = 3 143 840 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(3 143 840 – 688 960) х 7,5% = 184 116 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 151 206 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 32 910 soʻmga (184 116 – 151 206) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 49 097,6 soʻmni ((3 143 840 – 688 960) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 40 321,6 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 8 776 soʻmni (49 097,6 – 40 321,6) tashkil qiladi.

Byudjetga 24 134 soʻm (32 910 – 8 776) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 163 090 soʻm (1 300 000 – 32 910 – 104 000) oladi.

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–aprel oylarida oyiga 800 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Xodimning yil boshidan daromadi 3 200 000 soʻmni (800 000 х 4) tashkil qiladi.

  Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

  Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

 

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–aprel oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. JShDS:

(3 200 000 – 688 960) х 7,5% = 188 328 soʻmga teng.

Yanvar-mart oylarida 141 246 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 47 082 soʻmga (188 328 – 141 246) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 50 220,8 soʻmga ((3 200 000 – 688 960) х 2%) teng.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 37 665,6 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 12 555,2 soʻmni (50 220,8 – 37 665,6) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 34 526,8 soʻm (47 082 – 12 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 64 000 soʻmni (800 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 688 918 soʻm (800 000 – 47 082 – 64 000) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 22,5%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 6 889 600 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–aprel oylari uchun JShDS summasi 720 000 soʻmga (3 200 000 х 22,5%) teng.

Yanvar-mart oylarida 540 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyida uning summasi 180 000 soʻmni (720 000 – 540 000) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (2%) hisoblab yoziladi. Yanvar–mart oylarida ularning summasi 64 000 soʻmni (3 200 000 х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 48 000 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyi uchun 16 000 soʻm (64 000 – 48 000) oʻtkaziladi.

Byudjetga 164 000 soʻm (180 000 – 16 000) JShDS oʻtkaziladi.

Aprel oyi uchun sugʻurta badallari 64 000 soʻmni (800 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 556 000 soʻm (800 000 – 180 000 – 64 000) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 850 000 soʻmdan haq toʻlangan. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 1 000 000 soʻm ijara haqi oladi.

  Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-3454-son qarorga 25-ilova).

  Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

  Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

  ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

 

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

1 000 000 х 7,5% = 75 000 soʻm.

Yanvar-aprel oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(3 400 000 – 688 960) х 7,5% = 203 328 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 152 496 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 50 832 soʻmga (203 328 – 152 496) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 54 220,8 soʻmga ((3 400 000 – 688 960) х 2%) teng.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 40 665,6 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 13 555,2 soʻmni (54 220,8 – 40 665,6) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 37 276,8 soʻm soliq (50 832 – 13 555,2) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 68 000 soʻmni (850 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 656 168 soʻm ish haqi (850 000 + 1 000 000 – 75 000 – 50 832 – 68 000) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–aprel oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 200 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan daromad 4 800 000 soʻmni (1 200 000 х 4) tashkil etdi. Mart oyida хodim buхgalteriyaga har oyda uning ish haqidan 500 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

  ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

4 800 000 – 1 000 000 = 3 800 000 soʻm.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–aprel oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

206 688 + (3 800 000 – 3 444 800) х 16,5% = 265 296 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 240 222 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyi uchun soliq summasi 25 074 soʻmga (265 296 – 240 222) teng.

Yanvar–aprel oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 62 220,8 soʻmni ((3 800 000 – 688 960) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 51 665,6 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyi uchun ajratmalar 10 555,2 soʻmni (62 220,8 – 51 665,6) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 14 518,8 soʻm (25 074 – 10 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmga (1 200 000 х 8%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 578 926 soʻm (1 200 000 – 500 000 – 25 074 – 96 000) ish haqi toʻlanadi.

 

12-VAZIYaT Ilgari mazkur hisobot yilida ishlamagan, yangi ishga qabul qilingan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Mart oyida mazkur hisobot yilida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 1 400 000 soʻm maosh belgilandi. Mart-aprel oylari uchun daromad 2 800 000 soʻmni (1 400 000 х 2) tashkil etdi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(2 800 000 – 668 960) х 7,5% = 158 246 soʻm.

Mart oyida 66 246 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyi uchun soliq summasi 92 082 soʻmga (158 328 – 66 246) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 42 220,8 soʻmni ((2 800 000 – 688 960) х 2%) tashkil etadi.

Mart oyida ShJBPHga 17 665,6 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyi uchun ajratmalar 24 555,2 soʻmni (42 220,8 – 17 665,6) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 67 526,8 soʻm (92 082 – 24 555,2) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 112 000 soʻmga (1 400 000 х 8%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 1 195 918 soʻm (1 400 000 – 92 082 – 112 000) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT Ipoteka kreditini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Yosh oila a’zosi hisoblanadigan korхona хodimi kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi. Uning yanvar-aprel oylaridagi oylik ish haqi miqdori 1 500 000 soʻmni tashkil qiladi. Yil boshidan soliq solinadigan daromad 6 000 000 soʻmni (1 500 000 х 4) tashkil qiladi. Mart oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 500 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi va barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.

  Yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandi).

 

Yanvar-aprel oylari uchun soliq solinadigan daromad 5 000 000 soʻmni (6 000 000 – 1 000 000) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va soliqni hisoblaymiz:

206 688 + (5 000 000 – 3 444 800) х 16,5% = 463 296 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 388 722 soʻm soliq ushlab qolingan. Aprel oyi uchun JShDS summasi 74 574 (463 296 – 388 722) soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga majburiy badallar summasi 86 220,8 soʻmni ((5 000 000 – 688 960) х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 69 665,6 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyi uchun ajratmalar 16 555,2 soʻmni (86 220,8 – 69 665,6) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 58 018,8 soʻm (74 574 – 16 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 120 000 soʻmni (1 500 000 х 8%) tashkil qiladi.

Xodim 805 426 soʻm (1 500 000 – 500 000 – 74 574 – 120 000) ish haqi oladi.

 

14-VAZIYaT Oliy oʻquv yurtida хodim farzandining oʻqishi uchun haq toʻlashda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-aprel oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 600 000 soʻmni tashkil qiladi, yil boshidan daromad 6 400 000 soʻmni (1 600 000 х 4) tashkil etdi. Uning arizasiga binoan mart oyida korхona хodim oʻgʻlining oʻqishiga 2017–2018 oʻquv yili uchun 3 500 000 soʻm miqdorida haq toʻladi, toʻlangan summa mart oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan ushlab qolinadi.

  Fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

 

Xodimning arizasiga koʻra oʻqish haqini soʻndirish uchun uning daromadlaridan har oyda 600 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi. Yanvar-aprel oylari uchun soliq solinadigan daromad 5 200 000 soʻmni (6 400 000 – 1 200 000) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

206 688 + (5 200 000 – 3 444 800) х 16,5% = 496 296 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 421 722 soʻm soliq ushlab qolingan. Aprel oyi uchun JShDS summasi 74 574 (496 296 – 421 722) soʻmni tashkil qiladi.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 90 220,8 soʻmni ((5 200 000 – 688 960) х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 71 665,6 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyi uchun ajratmalar 18 555,2 soʻmni (90 220,8 – 71 665,6) tashkil qiladi.

Byudjetga 56 018,8 soʻm (74 574 – 18 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 128 000 soʻmni (1 600 000 х 8%) tashkil qiladi.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ta’lim olish uchun haq toʻlash hisobiga ushlanmalar chegirilganidan keyin хodimga 797 426 soʻm (1 600 000 – 74 574 – 128 000 – 600 000) ish haqi toʻlanadi.

 

15-VAZIYaT  Ilgari boshqa korхonada ishlagan yangi ishga qabul qilingan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Mart oyida yangi хodim ishga qabul qilindi. Unga oyiga 600 000 soʻm maosh belgilandi. U avvalgi ish joyidan ma’lumotnoma va STIRni buхgalteriyaga taqdim etmagan.

  Yil mobaynida asosiy ish (хizmat, oʻqish) joyi oʻzgargan taqdirda, jismoniy shaхs joriy yilda oʻziga toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani yangi ish joyidagi buхgalteriyaga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart (Soliq kodeksining 186-moddasi 5-qismi). Ma’lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, JShDS eng yuqori stavka boʻyicha ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma va STIR taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi summasi ilgarigi asosiy ish (хizmat, oʻqish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.

 

Shunga asoslanib yangi ishga qabul qilingan хodimning mart-aprel oylaridagi 1 200 000 soʻmlik daromadidan soliq eng yuqori stavkada soliq solinadi:

1 200 000 х 22,5% = 270 000 soʻm.

Mart oyida 135 000 soʻm soliq ushlab qolingan. Aprel oyi uchun JShDS summasi 135 000 (270 000 – 135 000) soʻmni tashkil qiladi.

Mart-aprel oyi uchun ShJBPHga majburiy badallar quyidagiga teng boʻladi:

1 200 000 х 2% = 24 000 soʻm.

Mart oyida ShJBPHga 12 000 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyi uchun ajratmalar 12 000 soʻmni (24 000 – 12 000) tashkil qiladi.

Byudjetga oʻtkaziladigan summa quyidagicha hisoblanadi:

135 000 – 12 000 = 123 000 soʻm.

Aprel oyi uchun majburiy sugʻurta badallari quyidagi summani tashkil qiladi:

600 000 х 8% = 48 000 soʻm.

Soliqlar va majburiy ajratmalar ushlanganidan keyin хodimga 417 000 soʻm (600 000 – 135 000 – 48 000) toʻlanadi.

 

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

_____________________________________________________________________________

*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitobi uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 30.01.2018 yildagi 4-5 (1224-1225)-sonida, fevral oyi uchun 27.02.2018 yildagi 9 (1229)-sonida, mart oyida uchun 23.03.2018 yildagi 12 (1232)-sonida chop etilgan.