● 2018 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 16,5%; eng yuqori stavka – 22,5% (Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qaroriga 8-ilova).
●● 1 yanvardan 15 iyulgacha eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 172 240 soʻmni (20.11.2017 yildagi PF-5245-son), 15 iyuldan esa 184 300 soʻmni (2.07.2018 yildagi PF-5469-son) tashkil etadi.
●●● Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2018 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 172 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi). Yanvar-avgust oylari uchun soliq solish maqsadida EKIH 1 377 920 soʻmni (172 240 х 8) tashkil qiladi.
●●●● 2018 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 2%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-3454-son qarorga 8-ilova).
●●●●● ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).
●●●●●● 2018 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan ish haqi (daromad) summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-3454-son qarorning 3-bandi).
Soliq solinadigan daromad miqdori |
Soliq stavkasi |
1 377 920 soʻmgacha |
0% |
1 377 921 soʻmdan 6 889 600 soʻmgacha (5 х 1 377 920) |
1 377 920 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i |
6 889 601 soʻmdan 13 779 200 soʻmgacha (10 х 1 377 920) |
413 376 soʻm + 6 889 600 soʻmdan ortiq summaning 16,5%i |
13 779 201 soʻm va undan yuqori |
1 550 160 soʻm + 13 779 200 soʻmdan ortiq summaning 22,5%i |
I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB
1-VAZIYaT Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi
Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yil boshidan 15 iyulga qadar u oyiga 150 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 160 000 soʻm ish haqi oldi. Iyul oyi uchun ish haqi 155 454,55 soʻmga teng. Yanvar-avgust oylari uchun jami daromad 1 215 454,55 soʻmni (150 000 х 6) + 155 454,55 + 160 000) tashkil qiladi.
Jismoniy shaхsning 1 377 920 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (1 215 454,55 х 0%) tashkil qiladi.
Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.
Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 12 800 soʻmga (160 000 х 8%) teng.
Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 147 200 soʻm (160 000 – 12 800) toʻlanadi.
2-VAZIYaT Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi
Xodim yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 720 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 770 000 soʻm ish haqi oldi. Iyul oyi uchun ish haqi 747 272,73 soʻmga teng. Yanvar-avgust oylari uchun jami daromad 5 837 272,73 soʻmni (720 000 х 6) + 747 272,73 + 770 000) tashkil qiladi.
Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:
(5 837 272,73 – 1 377 920) х 7,5% = 334 451,45 soʻmga teng.
Yanvar-iyul oylarida 289 619,45 soʻm soliq ushlab qolingan. Avgust oyidagi soliq summasi 44 832 soʻmga (334 451,45 – 289 619,45) teng.
Yanvar-avgust oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 89 187,05 soʻmni ((5 837 272,73 – 1 377 920) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyul oylarida ShJBPHga 77 231,85 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyida ajratmalar 11 955,2 soʻmni (89 187,05 – 77 231,85) tashkil qiladi.
Avgust oyi uchun byudjetga 32 876,8 soʻm (44 832 – 11 955,2) soliq oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 61 600 soʻmni (770 000 х 8%) tashkil etadi.
JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 663 568 soʻm (770 000 – 44 832 – 61 600) toʻlanadi.
3-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 050 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 120 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 088 181,82 soʻmga teng. Yanvar-avgust oylari uchun jami daromad 8 508 181,82 soʻmni (1 050 000 х 6) + 1 088 181,82 + 1 120 000) tashkil qiladi.
16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–avgust oylari uchun soliqni hisoblaymiz:
413 376 + (8 508 181,82 – 6 889 600) х 16,5% = 680 442 soʻm.
Yanvar-iyul oylarida 586 068 soʻm soliq ushlab qolingan. Avgust oyidagi soliq summasi 94 374 soʻmga (680 442 – 586 068) teng.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 142 605,24 soʻmni ((8 508 181,82 – 1 377 920) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyul oylarida ShJBPHga 123 650,4 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyida ajratmalar 18 954,84 soʻmni (142 605,24 – 123 650,4) tashkil qiladi.
Avgust oyi uchun byudjetga 75 419,16 soʻm (94 374 – 18 954,84) JShDS oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 89 600 soʻmni (1 120 000 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 936 026 soʻm (1 120 000 – 89 600 – 94 374) ish haqi oladi.
4-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 980 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 920 909,09 soʻmga teng. Yanvar-avgust oylari uchun jami daromad 15 000 909,09 soʻmni (1 850 000 х 6) + 1 920 909,09 + 1 980 000) tashkil qiladi.
22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–avgust oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:
1 550 160 + (15 000 909,09 – 13 779 200) х 22,5% = 1 825 044,55 soʻm.
Yanvar-iyul oylarida 1 573 314,55 soʻm JShDS ushlab qolingan. Avgust oyidagi soliq summasi 251 730 soʻmga (1 825 044,55 – 1 573 314,55) teng.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 272 459,78 soʻmga ((15 000 909,09 – 1 377 920) х 2%) teng.
Yanvar-iyul oylarida ShJBPHga 236 304,58 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyida ajratmalar 36 155,20 soʻmni (272 459,78 – 236 304,58) tashkil qiladi.
Avgust oyi uchun byudjetga 215 574,8 soʻm (251 730 – 36 155,20) JShDS oʻtkaziladi.
Avgust oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 158 400 soʻmni (1 980 000 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 1 569 870 soʻm (1 980 000 – 251 730 – 158 400) ish haqi oladi.
II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA
5-VAZIYaT Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 980 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 920 909,09 soʻmga teng. Yanvar-avgust oylari uchun jami daromad 15 000 909,09 soʻmni (1 850 000 х 6) + 1 920 909,09 + 1 980 000) tashkil qiladi.
● Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.
Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:
15 000 909,09 – 1 377 920 х 4 = 9 489 229,09 soʻmga teng.
16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–avgust oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:
413 376 + (9 489 229,09 – 6 889 600) х 16,5% = 842 314,8 soʻm.
Yanvar-iyul oylarida 719 719,2 soʻm JShDS ushlab qolingan. Avgust oyidagi soliq summasi 122 595,6 soʻmga (842 314,80 – 719 719,2) teng.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 162 226,18 soʻmni ((9 489 229,09 – 1 377 920) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyul oylarida ShJBPHga 139 850,18 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyida ajratmalar 22 376 soʻmni (162 226,18 – 139 850,18) tashkil qiladi.
Byudjetga 100 219,6 soʻm (122 595,6 – 22 376) JShDS oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 158 400 soʻmni (1 980 000 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 1 699 004,4 soʻm (1 980 000 – 122 595,6 – 158 400) ish haqi oladi.
6-VAZIYaT Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 265 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 353 550 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 200 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 313 300 soʻmga teng. Yanvar-avgust oylari uchun jami daromad 12 456 850 soʻmni (1 265 000 х 6) + 2 200 000 + 1 313 300 + 1 353 550) tashkil qiladi.
● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm).
Soliq solinadigan daromad 10 389 970 soʻmga (12 456 850 – 2 066 880) teng.
16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–avgust oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:
413 376 + (10 389 970 – 6 889 600) х 16,5% = 990 937,05 soʻm.
Yanvar-iyul oylarida 858 027,3 soʻm JShDS ushlab qolingan. Avgust oyidagi soliq summasi 132 909,75 soʻmga (990 937,05 – 858 027,3) teng.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 180 241 soʻmni ((10 389 970 – 1 377 920) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyul oylarida ShJBPHga 156 614,8 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyida ajratmalar 23 626,2 soʻmni (180 241 – 156 614,8) tashkil qiladi.
Avgust oyi uchun byudjetga 109 283,55 soʻm (132 909,75 – 23 626,2) JShDS oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 108 284 soʻmni (1 353 550 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 1 112 356,25 soʻm (1 353 550 – 132 909,75 – 108 284) ish haqi oladi.
7-VAZIYaT Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 300 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 390 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 800 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Iyul oyi uchun ish haqi 1 349 090,91 soʻmga teng. Yanvar-avgust oylari uchun jami daromad 12 339 090,91 soʻmni (1 300 000 х 6) + 1 349 090,91 + 1 800 000 + 1 390 000) tashkil qiladi.
● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm).
Soliq solinadigan daromad 11 305 650,91 soʻmga (12 339 090,91 – 1 033 440) teng.
16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–avgust oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:
413 376 + (11 305 650,91 – 6 889 600) х 16,5% = 1 142 024,4 soʻm.
Yanvar-iyul oylarida 1 003 100,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Avgust oyidagi soliq summasi 138 924 soʻmga (1 142 024,4 – 1 003 100,4) teng.
Yanvar–avgust oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 198 554,62 soʻmga ((11 305 650,91 – 1 377 920) х 2%) teng.
Yanvar-iyul oylarida ShJBPHga 174 199,42 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyida ajratmalar 24 355,2 soʻmni (198 554,62 – 174 199,42) tashkil qiladi.
Byudjetga 114 568,8 soʻm (138 924 – 24 355,2) JShDS oʻtkaziladi.
Avgust oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 111 200 soʻmni (1 390 000 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 1 139 876 soʻm (1 390 000 – 138 924 – 111 200) ish haqi oladi.
8-VAZIYaT Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi
Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 300 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 390 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 300 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 500 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 349 090,91 soʻmga teng. Yanvar-avgust oylari uchun jami daromad 14 339 090,91 soʻmni (1 300 000 х 6) + 2 300 000 + 1 500 000 + 1 349 090,91 + 1 390 000) tashkil qiladi.
Quyidagilarga muvofiq:
● Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (1 377 920 х 4 = 5 511 680 soʻm) chiqarib tashlanadi;
● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;
● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.
Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:
10 539 090,91 – 5 511 680 + 2 300 000 – 2 066 880 + 1 500 000 – 1 033 440 = 5 727 090,91 soʻm.
Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:
(5 727 090,91 – 1 377 920) х 7,5% = 326 187,82 soʻm.
Yanvar-iyul oylarida 286 527,82 soʻm JShDS ushlab qolingan. Avgust oyidagi soliq summasi 39 660 soʻmga (326 187,81 – 286 527,82) teng.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 86 983,42 soʻmni ((5 727 090,91 – 1 377 920) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyul oylarida ShJBPHga 76 407,42 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyida ajratmalar10 576 soʻmni (86 983,42 – 76 407,42) tashkil qiladi.
Byudjetga 29 084 soʻm (39 660 – 10 576) soliq oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 111 200 soʻmni (1 390 000 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 1 239 140 soʻm (1 390 000 – 39 660 – 111 200) oladi.
III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR
9-VAZIYaT Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 800 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 850 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 827 272,72 soʻmga teng. Yanvar-avgust oylari uchun jami daromad 6 477 272,72 soʻmni (800 000 х 6) + 827 272,72 + 850 000) tashkil qiladi.
● Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).
● Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida joriy yildagi jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.
I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.
Uning yanvar–avgust oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. JShDS:
(6 477 272,72 – 1 377 920) х 7,5% = 382 451,45 soʻmga teng.
Yanvar-iyul oylarida 331 619,45 soʻm JShDS ushlab qolingan. Avgust oyidagi soliq summasi 50 832 soʻmga (382 451,45 – 331 619,45) teng.
ShJBPHga majburiy badallar 101 987,05 soʻmga ((6 477 272,72 – 1 377 920) х 2%) teng.
Yanvar-iyul oylarida ShJBPHga 88 431,85 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyida ajratmalar 13 555,2 soʻmni (101 987,05 – 88 431,85) tashkil qiladi.
Avgust oyi uchun byudjetga 37 276,8 soʻm (50 832 – 13 555,2) JShDS oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari summasi 68 000 soʻmni (850 000 х 8%) tashkil etadi.
Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 731 168 soʻm (850 000 – 50 832 – 68 000) ish haqi oladi.
II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 22,5%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.
Oʻrindoshning daromadi 13 779 200 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi.
Yanvar–iyul oylari uchun JShDS summasi 1 457 386,36 soʻmga (6 477 272,72 х 22,5%) teng.
Yanvar-iyul oylarida 1 266 136,36 soʻm JShDS ushlab qolingan. Avgust oyida uning summasi 191 250 soʻmni (1 457 386,36 – 1 266 136,36) tashkil etadi.
Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (2%) hisoblab yoziladi.
Yanvar–avgust oylarida ularning summasi 129 545,45 soʻmni (6 477 272,72 х 2%) tashkil qiladi.
Yanvar-iyul oylarida ShJBPHga 112 545,45 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyi uchun 17 000 soʻm (129 545,45 – 112 545,45) oʻtkaziladi.
Byudjetga 174 250 soʻm (191 250 – 17 000) JShDS oʻtkaziladi.
Avgust oyi uchun sugʻurta badallari 68 000 soʻmni (850 000 х 8%) tashkil qiladi.
JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 590 750 soʻm (850 000 – 191 250 – 68 000) ish haqi oladi.
10-VAZIYaT Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi
Xodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 900 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 877 272,73 soʻmga teng. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 1 000 000 soʻm ijara haqi oladi. Yanvar-avgust oylari uchun jami daromad 6 877 272,73 soʻmni (850 000 х 6) + 877 272,73 + 900 000) tashkil qiladi.
● Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-3454-son qarorga 25-ilova).
● Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.
● Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).
● ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.
Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:
1 000 000 х 7,5% = 75 000 soʻm.
Yanvar-avgust oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:
(6 877 272,73 – 1 377 920) х 7,5% = 412 451,45 soʻm.
Yanvar-iyul oylarida 357 869,45 soʻm JShDS ushlab qolingan. Avgust oyidagi soliq summasi 54 582 soʻmga (412 451,45 – 357 869,45) teng.
ShJBPHga majburiy badallar 109 987,05 soʻmga ((6 877 272,73 – 1 377 920) х 2%) teng.
Yanvar-iyul oylarida ShJBPHga 95 431,85 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyida ajratmalar 14 555,2 soʻmni (109 987,05 – 95 431,85) tashkil qiladi.
Avgust oyi uchun byudjetga 40 026,8 soʻm soliq (54 582 – 14 555,20) oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 72 000 soʻmni (900 000 х 8%) tashkil etadi.
Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 698 418 soʻm ish haqi (900 000 + 1 000 000 – 75 000 – 54 582 – 72 000) toʻlanadi.
11-VAZIYaT ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi
Xodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 200 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 280 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyi uchun ish haqi 1 243 636,37 soʻmga teng. Yanvar–avgust oylaridagi jami daromad 9 723 636,37 soʻmni (1 200 000 х 6) + 1 243 636,37 + 1 280 000) tashkil etdi. Mart oyida хodim buхgalteriyaga har oyda uning ish haqidan 500 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.
● ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).
Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:
9 723 636,37 – 3 000 000 = 6 723 636,37 soʻm.
7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–avgust oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:
(6 723 636,37 – 1 377 920) х 7,5% = 400 928,73 soʻm.
Yanvar-iyul oylarida 355 346,73 soʻm JShDS ushlab qolingan. Avgust oyi uchun soliq summasi 45 582 soʻmga (400 928,73 – 355 346,73) teng.
Yanvar–avgust oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 106 914,33 soʻmni ((6 723 636,37 – 1 377 920) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyul oylarida ShJBPHga 94 759,13 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyi uchun ajratmalar 12 155,2 soʻmni (106 914,33 – 94 759,13) tashkil qiladi.
Avgust oyi uchun byudjetga 33 425,8 soʻm (45 581 – 12 155,2) JShDS oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 102 400 soʻmga (1 280 000 х 8%) teng.
Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 632 019 soʻm (1 280 000 – 500 000 – 45 581 – 102 400) ish haqi toʻlanadi.
12-VAZIYaT Ilgari mazkur hisobot yilida ishlamagan, yangi ishga qabul qilingan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi
Mart oyida mazkur hisobot yilida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 1 400 000 soʻm maosh belgilandi. 15 iyuldan maosh 1 500 000 soʻmgacha oshirildi. Iyul oyi uchun ish haqi 1 454 545,46 soʻmga teng. Mart-avgust oylari uchun daromad 8 554 545,46 soʻmni (1 400 000 х 4) + 1 454 545,46 + 1 500 000) tashkil etdi.
16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va mart-avgust oylari uchun soliqni hisoblaymiz:
413 376 + (8 554 545,46 – 6 889 600) х 16,5% = 688 092 soʻm.
Mart-iyul oylarida 531 018 soʻm JShDS ushlab qolingan. Avgust oyi uchun soliq summasi 157 074 soʻmga (688 092 – 531 018) teng.
ShJBPHga majburiy badallar 143 532,51 soʻmni ((8 554 545,46 – 1 377 920) х 2%) tashkil etadi.
Mart-iyul oylarida ShJBPHga 116 977,31 soʻm oʻtkazilgan, avgust oyi uchun ajratmalar 26 555,2 soʻmni (143 532,51 – 116 977,31) tashkil qiladi.
Avgust oyi uchun byudjetga 130 518,8 soʻm (157 074 – 26 555,20) soliq oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 120 000 soʻmga (1 500 000 х 8%) teng.
JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 1 222 926 soʻm (1 500 000 – 157 074 – 120 000) toʻlanadi.
Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi
Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.
_____________________________________________________________________________
*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitobi uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 30.01.2018 yildagi 4-5 (1224-1225)-sonida, fevral oyi uchun 27.02.2018 yildagi 9 (1229)-sonida, mart oyi uchun 23.03.2018 yildagi 12 (1232)-sonida, aprel oyi uchun 24.04.2018 yildagi 17 (1237)-sonida, may oyi uchun 22.05.2018 yildagi 21 (1241)-sonida, iyun oyi uchun 19.06.2018 yildagi 25 (1245)-sonida, iyul oyi uchun 24.07.2018 yildagi 30 (1250)-sonida chop etilgan.