● 2018 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 16,5%; eng yuqori stavka – 22,5% (Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qaroriga 8-ilova).
●● 1 yanvardan 15 iyulgacha eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 172 240 soʻmni (20.11.2017 yildagi PF-5245-son), 15 iyuldan – 184 300 soʻmni (2.07.2018 yildagi PF-5469-son) tashkil etadi.
●●● Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2018 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 172 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi). Yanvar-iyul oylari uchun soliq solish maqsadida EKIH 1 205 680 soʻmni (172 240 х 7) tashkil qiladi.
●●●● 2018 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 2%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-3454-son qarorga 8-ilova).
●●●●● ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).
●●●●●● 2018 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan ish haqi (daromad) summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-3454-son qarorning 3-bandi).
Soliq solinadigan daromad miqdori |
Soliq stavkasi |
1 205 680 soʻmgacha |
0% |
1 205 681 soʻmdan 6 028 400 soʻmgacha (5 х 1 205 680) |
1 205 680 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i |
6 028 401 soʻmdan 12 056 800 soʻmgacha (10 х 1 205 680) |
361 704 soʻm + 6 028 400 soʻmdan ortiq summaning 16,5%i |
12 056 801 soʻm va undan yuqori |
1 356 390 soʻm + 12 056 800 soʻmdan ortiq summaning 22,5%i |
I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB
1-VAZIYaT Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi
Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yil boshidan 15 iyulga qadar u oyiga 150 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 160 000 soʻm ish haqi oldi. Iyul oyining birinchi yarmida 68 181,82 soʻm (150 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 87 272,73 soʻm (160 000 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 155 454,55 soʻmga (68 181,82 + 87 272,73) teng. Yanvar-iyul oylari uchun jami daromad 1 055 454,55 soʻmni (150 000 х 6) + 155 454,55) tashkil qiladi.
Jismoniy shaхsning 1 205 680 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (1 055 454,55 х 0%) tashkil qiladi.
Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.
Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 12 436,36 soʻmga (155 454,55 х 8%) teng.
Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 143 018,19 soʻm (155 454,55 – 12 436,36) toʻlanadi.
2-VAZIYaT Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi
Xodim yil boshidan 15 iyulga qadar u oyiga 720 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 770 000 soʻm ish haqi oldi. Iyul oyining birinchi yarmida 327 272,73 soʻm (720 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 420 000 soʻm (770 000 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 747 272,73 soʻmga (327 272,73 + 420 000) teng. Yanvar-iyul oylari uchun jami daromad 5 067 272,73 soʻmni (720 000 х 6) + 747 272,73) tashkil qiladi.
Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:
(5 067 272,73 – 1 205 680) х 7,5% = 289 619,45 soʻmga teng.
Yanvar-iyun oylarida 246 492 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyul oyidagi soliq summasi 43 127,45 soʻmga (289 619,45 – 246 492) teng.
Yanvar-iyul oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 77 231,85 soʻmni ((5 067 272,73 – 1 205 680) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga 65 731,2 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyida ajratmalar 11 500,65 soʻmni (77 231,85 – 65 731,2) tashkil qiladi.
Iyul oyi uchun byudjetga 31 626,8 soʻm (43 127,45 – 11 500,65) soliq oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 59 781,82 soʻmni (747 272,73 х 8%) tashkil etadi.
JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 644 363,46 soʻm (747 272,73 – 43 127,45 – 59 781,82) toʻlanadi.
3-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 050 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 120 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyining birinchi yarmida 477 272,73 soʻm (1 050 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 610 909,09 soʻm (1 120 000 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 1 088 181,82 soʻmga (477 272,73 + 610 909,09) teng. Yanvar-iyul oylari uchun jami daromad 7 388 181,82 soʻmni (1 050 000 х 6) + 1 088 181,82) tashkil qiladi.
16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–iyul oylari uchun soliqni hisoblaymiz:
361 704 + (7 388 181,82 – 6 028 400) х 16,5% = 586 068 soʻm.
Yanvar-iyun oylarida 496 944 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyul oyidagi soliq summasi 89 124 soʻmga (586 068 – 496 944) teng.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 123 650,04 soʻmni ((7 388 181,82 – 1 205 680) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga 105 331,2 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyida ajratmalar 18 318,84 soʻmni (123 650,04 – 105 331,2) tashkil qiladi.
Iyul oyi uchun byudjetga 70 805,16 soʻm (89 124 – 18 318,84) JShDS oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 87 054,55 soʻmni (1 088 181,82 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 912 003,27 soʻm (1 088 181,82 – 89 124 – 87 054,55) ish haqi oladi.
4-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 980 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyining birinchi yarmida 840 909,09 soʻm (1 850 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 1 080 000 soʻm (1 980 000 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 1 920 909,09 soʻmga (840 909,09 + 1 080 000) teng. Yanvar-iyul oylari uchun jami daromad 13 020 909,09 soʻmni (1 850 000 х 6) + 1 920 909,09) tashkil qiladi.
22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–iyul oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:
1 356 390 + (13 020 909,09 – 12 056 800) х 22,5% = 1 573 314,55 soʻm.
Yanvar-iyun oylarida 1 334 880 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyul oyidagi soliq summasi 238 434,55 soʻmga (1 573 314,55 – 1 334 880) teng.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 236 304,58 soʻmga ((13 020 909,09 – 1 205 680) х 2%) teng.
Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga 201 331,2 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyida ajratmalar 34 973,38 soʻmni (236 304,58 – 201 331,2) tashkil qiladi.
Iyul oyi uchun byudjetga 203 461,17 soʻm (238 434,55 – 34 973,38) JShDS oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 153 672,73 soʻmni (1 920 909,09 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 1 528 801,81 soʻm (1 920 909,09 – 238 434,55 – 153 672,73) ish haqi oladi.
II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA
5-VAZIYaT Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 980 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyining birinchi yarmida 840 909,09 soʻm (1 850 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 1 080 000 soʻm (1 980 000 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 1 920 909,09 soʻmga (840 909,09 + 1 080 000) teng. Yanvar-iyul oylari uchun jami daromad 13 020 909,09 soʻmni (1 850 000 х 6) + 1 920 909,09) tashkil qiladi.
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.
Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:
13 020 909,09 – 1 205 680 х 4 = 8 198 189,09 soʻmga teng.
16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyul oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:
361 704 + (8 198 189,09 – 6 028 400) х 16,5% = 719 719,2 soʻm.
Yanvar-iyun oylarida 606 873,6 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyul oyidagi soliq summasi 112 845,6 soʻmga (719 719,2 – 606 873,6) teng.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 139 850,18 soʻmni ((8 198 189,09 – 1 205 680) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga 118 656 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyida ajratmalar 21 194,18 soʻmni (139 850,18 – 118 656) tashkil qiladi.
Byudjetga 91 651,2 soʻm (112 845,6 – 21 194,18) JShDS oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 153 672,73 soʻmni (1 920 909,09 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 1 654 390,76 soʻm (1 920 909,09 – 112 845,6 – 153 672,73) ish haqi oladi.
6-VAZIYaT Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 265 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 353 550 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 200 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Iyul oyining birinchi yarmida 575 000 soʻm (1 265 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 738 300 soʻm (1 353 550 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 1 313 300 soʻmga (575 000 + 738 300) teng. Yanvar-iyul oylari uchun jami daromad 11 103 300 soʻmni (1 265 000 х 6) + 2 200 000 + 1 313 300) tashkil qiladi.
● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm).
Soliq solinadigan daromad 9 036 420 soʻmga (11 103 300 – 2 066 880) teng.
16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyul oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:
361 704 + (9 036 420 – 6 028 400) х 16,5% = 858 027,3 soʻm.
Yanvar-iyun oylarida 731 758,8 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyul oyidagi soliq summasi 126 268,5 soʻmga (858 027,3 – 731 758,8) teng.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 156 614,8 soʻmni ((9 036 420 – 1 205 680) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga 133 793,6 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyida ajratmalar 22 821,2 soʻmni (156 614,8 – 133 793,6) tashkil qiladi.
Iyul oyi uchun byudjetga 103 447,3 soʻm (126 268,5 – 22 821,2) JShDS oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 105 064 soʻmni (1 313 300 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 1 081 967,5 soʻm (1 313 300 – 126 268,5 – 105 064) ish haqi oladi.
7-VAZIYaT Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi
Xodimning mehnatiga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 300 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 390 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 800 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Iyul oyining birinchi yarmida 590 909,09 soʻm (1 300 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 758 181,82 soʻm (1 390 000 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 1 349 090,91 soʻmga (590 909,09 + 758 181,82) teng. Yanvar-iyul oylari uchun jami daromad 10 949 090,91 soʻmni (1 300 000 х 6) + 1 349 090,91 + 1 800 000) tashkil qiladi.
● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm).
Soliq solinadigan daromad 9 915 650,91 soʻmga (10 949 090,91 – 1 033 440) teng.
16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyul oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:
361 704 + (9 915 650,91 – 6 028 400) х 16,5% = 1 003 100,4 soʻm.
Yanvar-iyun oylarida 870 926,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyul oyidagi soliq summasi 132 174 soʻmga (1 003 100,4 – 870 926,4) teng.
Yanvar–iyul oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 174 199,42 soʻmga ((9 915 650,91 – 1 205 680) х 2%) teng.
Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga 150 662,4 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyida ajratmalar 23 537,02 soʻmni (174 199,42 – 150 662,4) tashkil qiladi.
Byudjetga 108 636,98 soʻm (132 174 – 23 537,02) JShDS oʻtkaziladi.
Iyul oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 107 927,27 soʻmni (1 349 090,91 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 1 108 989,64 soʻm (1 349 090,91 – 132 174 – 107 927,27) ish haqi oladi.
8-VAZIYaT Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi
Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 300 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 390 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 300 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 500 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Iyul oyining birinchi yarmida 590 909,09 soʻm (1 300 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 758 181,82 soʻm (1 390 000 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 1 349 090,91 soʻmga (590 909,09 + 758 181,82) teng. Yanvar-iyul oylari uchun jami daromad 12 949 090,91 soʻmni (1 300 000 х 6) + 2 300 000 + 1 500 000 + 1 349 090,91) tashkil qiladi.
Quyidagilarga muvofiq:
● Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (1 205 680 х 4 = 4 822 720 soʻm) chiqarib tashlanadi;
● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;
Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.
● Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:
9 149 090,91 – 4 822 720 + 2 300 000 – 2 066 880 + 1 500 000 – 1 033 440 = 5 026 050,91 soʻm.
Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:
(5 026 050,91 – 1 205 680) х 7,5% = 286 527,82 soʻm.
Yanvar-iyun oylarida 249 936 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyul oyidagi soliq summasi 36 591,82 soʻmga (286 527,82 – 249 936) teng.
ShJBPHga majburiy badallar summasi 76 407,42 soʻmni ((5 026 050,91 – 1 205 680) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga 66 649,6 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyida ajratmalar 9 757,82 soʻmni (76 407,42 – 66 649,6) tashkil qiladi.
Byudjetga 26 834 soʻm (36 591,82 – 9 757,82) soliq oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 107 927,27 soʻmni (1 349 090,91 х 8%) tashkil etadi.
Xodim qoʻliga 1 204 571,82 soʻm (1 349 090,91 – 36 591,82 – 107 927,27) oladi.
III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR
9-VAZIYaT Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi
Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 800 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 850 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyining birinchi yarmida 363 636,36 soʻm (800 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 463 636,36 soʻm (850 000 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 827 272,72 soʻmga (363 636,36 + 463 636,36) teng. Yanvar-iyul oylari uchun jami daromad 5 627 272,72 soʻmni (800 000 х 6) + 827 272,72) tashkil qiladi.
● Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).
● Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida joriy yildagi jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.
I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.
Uning yanvar–iyul oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. JShDS:
(5 627 272,72 – 1 205 680) х 7,5% = 331 619,45 soʻmga teng.
Yanvar-iyun oylarida 282 492 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyul oyidagi soliq summasi 49 127,45 soʻmga (331 619,45 – 282 492) teng.
ShJBPHga majburiy badallar 88 431,85 soʻmga ((5 627 272,72 – 1 205 680) х 2%) teng.
Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga 75 331,2 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyida ajratmalar 13 100,65 soʻmni (88 431,85 – 75 331,2) tashkil qiladi.
Iyul oyi uchun byudjetga 36 026,8 soʻm (49 127,45 – 13 100,65) JShDS oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari summasi 66 181,82 soʻmni (827 272,72 х 8%) tashkil etadi.
Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 711 963,45 soʻm (827 272,72 – 49 127,45 – 66 181,82) ish haqi oladi.
II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 22,5%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.
Oʻrindoshning daromadi 12 056 800 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi.
Yanvar–iyul oylari uchun JShDS summasi 1 266 136,36 soʻmga (5 627 272,72 х 22,5%) teng.
Yanvar-iyun oylarida 1 080 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyul oyida uning summasi 186 136,36 soʻmni (1 266 136,36 – 1 080 000) tashkil etadi.
Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (2%) hisoblab yoziladi.
Yanvar–iyul oylarida ularning summasi 112 545,45 soʻmni (5 627 272,72 х 2%) tashkil qiladi.
Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga 96 000 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyi uchun 16 545,45 soʻm (112 545,45 – 96 000) oʻtkaziladi.
Byudjetga 169 590,91 soʻm (186 136,36 – 16 545,45) JShDS oʻtkaziladi.
Iyul oyi uchun sugʻurta badallari 66 181,82 soʻmni (827 272,72 х 8%) tashkil qiladi.
JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 574 954,54 soʻm (827 272,72 – 186 136,36 – 66 181,82) ish haqi oladi.
10-VAZIYaT Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi
Xodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 850 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 900 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyining birinchi yarmida 386 363,64 soʻm (850 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 490 909,09 soʻm (900 000 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 877 272,73 soʻmga (386 363,64 + 490 909,09) teng. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 1 000 000 soʻm ijara haqi oladi. Yanvar-iyul oylari uchun jami daromad 5 977 272,73 soʻmni (850 000 х 6) + 877 272,73) tashkil qiladi.
● Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-3454-son qarorga 25-ilova).
● Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.
● Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).
● ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.
Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:
1 000 000 х 7,5% = 75 000 soʻm.
Yanvar-iyul oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:
(5 977 272,73 – 1 205 680) х 7,5% = 357 869,45 soʻm.
Yanvar-iyun oylarida 304 992 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyul oyidagi soliq summasi 52 877,45 soʻmga (357 869,45 – 304 992) teng.
ShJBPHga majburiy badallar 95 431,85 soʻmga ((5 977 272,73 – 1 205 680) х 2%) teng.
Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga 81 331,2 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyida ajratmalar 14 100,65 soʻmni (95 431,85 – 81 331,2) tashkil qiladi.
Iyul oyi uchun byudjetga 38 776,8 soʻm soliq (52 877,45 – 14 100,65) oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 70 181,82 soʻmni (877 272,73 х 8%) tashkil etadi.
Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 679 213,46 soʻm ish haqi (877 272,73 + 1 000 000 – 75 000 – 52 877,45 – 70 181,82) toʻlanadi.
11-VAZIYaT ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi
Xodimga yil boshidan 15 iyulga qadar oyiga 1 200 000 soʻmdan, 15 iyuldan esa 1 280 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Iyul oyining birinchi yarmida 545 454,55 soʻm (1 200 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 698 181,82 soʻm (1 280 000 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 1 243 636,37 soʻmga (545 454,55 + 698 181,82) teng. Yanvar–iyul oylaridagi jami daromad 8 443 636,37 soʻmni (1 200 000 х 6) + 1 243 636,37) tashkil etdi. Mart oyida хodim buхgalteriyaga har oyda uning ish haqidan 500 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.
● ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).
Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:
8 443 636,37 – 2 500 000 = 5 943 636,37 soʻm.
7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyul oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:
(5 943 636,37 – 1 205 680) х 7,5% = 355 346,73 soʻm.
Yanvar-iyun oylarida 315 444 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyul oyi uchun soliq summasi 39 902,73 soʻmga (355 346,73 – 315 444) teng.
Yanvar–iyul oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 94 759,13 soʻmni ((5 943 636,37 – 1 205 680) х 2%) tashkil etadi.
Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga 83 331,2 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyi uchun ajratmalar 11 427,93 soʻmni (94 759,13 – 83 331,2) tashkil qiladi.
Iyul oyi uchun byudjetga 28 474,8 soʻm (39 902,73 – 11 427,93) JShDS oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 99 490,91 soʻmga (1 243 636,37 х 8%) teng.
Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 604 242,73 soʻm (1 243 636,37 – 500 000 – 39 902,73 – 99 490,91) ish haqi toʻlanadi.
12-VAZIYaT Ilgari mazkur hisobot yilida ishlamagan, yangi ishga qabul qilingan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi
Mart oyida mazkur hisobot yilida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 1 400 000 soʻm maosh belgilandi. 15 iyuldan maosh 1 500 000 soʻmgacha oshirildi. Iyul oyining birinchi yarmida 636 363,64 soʻm (1 400 000 / 22 х 10), ikkinchi yarmida 818 181,82 soʻm (1 500 000 / 22 х 12) ishlab topilgan. Butun iyul oyi uchun ish haqi 1 454 545,46 soʻmga (636 363,64 + 818 181,82) teng. Mart-iyul oylari uchun daromad 7 054 545,46 soʻmni (1 400 000 х 4) + 1 454 545,46) tashkil etdi.
16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va mart-iyul oylari uchun soliqni hisoblaymiz:
361 704 + (7 054 545,46 – 6 028 400) х 16,5% = 531 018 soʻm.
Mart-iyun oylarida 381 444 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyul oyi uchun soliq summasi 149 574 soʻmga (531 018 – 381 444) teng.
ShJBPHga majburiy badallar 116 977,31 soʻmni ((7 054 545,46 – 1 205 680) х 2%) tashkil etadi.
Mart-iyun oylarida ShJBPHga 91 331,2 soʻm oʻtkazilgan, iyul oyi uchun ajratmalar 25 646,11 soʻmni (116 977,31 – 91 331,2) tashkil qiladi.
Iyul oyi uchun byudjetga 123 927,89 soʻm (149 574 – 25 646,11) soliq oʻtkaziladi.
Majburiy sugʻurta badallari 116 363,63 soʻmga (1 454 545,46 х 8%) teng.
JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 1 188 607,83 soʻm (1 454 545,46 – 149 574 – 116 363,63) toʻlanadi.
Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi
Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.
_____________________________________________________________________________
*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitobi uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 30.01.2018 yildagi 4-5 (1224-1225)-sonida, fevral oyi uchun 27.02.2018 yildagi 9 (1229)-sonida, mart oyi uchun 23.03.2018 yildagi 12 (1232)-sonida, aprel oyi uchun 24.04.2018 yildagi 17 (1237)-sonida, may oyi uchun 22.05.2018 yildagi 21 (1241)-sonida, iyun oyi uchun 19.06.2018 yildagi 25 (1245)-sonida chop etilgan.