Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2018 yil mart oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2018 yil mart oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

29.03.2018

     2018 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 16,5%; eng yuqori stavka – 22,5% (Prezidentning 29.12.2017 yildagi ­PQ-3454-son qaroriga 8-ilova).

 

     Yanvar-mart oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 516 720 soʻmni (172 240 х 3) tashkil etadi (20.11.2017 yildagi PF-5245-son).

 

     Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2018 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 172 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi).

 

     2018 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 2%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-3454-son qarorga 8-ilova).

 

     ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

    2018 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan ish haqi (daromad) summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-3454-son qarorning 3-bandi).

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

Soliq stavkasi

516 720 soʻmgacha

0%

516 721 soʻmdan 2 583 600 soʻmgacha

(5 х 516 720)

516 720 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

2 583 601 soʻmdan 5 167 200 soʻmgacha

(10 х 516 720)

155 016 soʻm + 2 583 600 soʻmdan ortiq summaning 16,5%i

5 167 201 soʻm va undan yuqori

581 310 soʻm + 5 167 200 soʻmdan ortiq summaning 22,5%i

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

1-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–mart oylarida u oyiga 150 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan jami daromad 450 000 soʻmni (150 000 х 3) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 516 720 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (450 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 12 000 soʻmga (150 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 138 000 soʻm (150 000 – 12 000) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

Xodimga yanvar–mart oylarida oyiga 720 000 soʻmdan toʻlangan. Yil boshidan daromad 2 160 000 soʻmni (720 000 х 3) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(2 160 000 – 516 720) х 7,5% = 123 246 soʻmga teng.

Yanvar-fevral oylarida 82 164 soʻm soliq ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 41 082 soʻmga (123 246 – 82 164) teng.

Yanvar–mart oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 32 865,6 soʻmni ((2 160 000 – 516 720) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 21 910,4 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 10 955,2 soʻmni (32 865,6 – 21 910,4) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 30 126,8 soʻm (41 082 – 10 955,2) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 57 600 soʻmni (720 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 621 318 soʻm (720 000 – 41 082 – 57 600) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 050 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 3 150 000 soʻmni (1 050 000 х 3) tashkil qiladi.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

155 016 + (3 150 000 – 2 583 600) х 16,5% = 248 472 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 165 648 soʻm soliq ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 82 824 soʻmga (248 472 – 165 648) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 52 665,6 soʻmni ((3 150 000 – 516 720) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 35 110,4 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 17 555,2 soʻmni (52 665,6 – 35 110,4) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 65 268,8 soʻm (82 824 – 17 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 84 000 soʻmni (1 050 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 883 176 soʻm (1 050 000 – 82 824 – 84 000) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 850 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 5 550 000 soʻmni (1 850 000 х 3) tashkil qiladi.

22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–mart oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

581 310 + (5 550 000 – 5 167 200) х 22,5% = 667 440 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 444 960 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 222 480 soʻmga (667 440 – 444 960) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 100 665,6 soʻmga ((5 550 000 – 516 720) х 2%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 67 110,4 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 33 555,2 soʻmni (100 665,6 – 67 110,4) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 188 924,8 soʻm (222 480 – 33 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Mart oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 148 000 soʻmni (1 850 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 479 520 soʻm (1 850 000 – 222 480 – 148 000) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

5-VAZIYaT  Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 850 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 5 550 000 soʻmni (1 850 000 х 3) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:

5 550 000 – 516 720 х 4 = 3 483 120 soʻmga teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

155 016 + (3 483 120 – 2 583 600) х 16,5% = 303 436,8 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 202 291,2 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 101 145,6 soʻmga (303 436,8 – 202 291,2) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 59 328 soʻmni ((3 483 120 – 516 720) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 39 552 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 19 776 soʻmni (59 328 – 39 552) tashkil qiladi.

Byudjetga 81 369,6 soʻm (101 145,6 – 19 776) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 148 000 soʻmni (1 850 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 600 854,4 soʻm (1 850 000 – 101 145,6 – 148 800) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT  Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 265 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 200 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 5 995 000 soʻmni (1 265 000 х 3 + 2 200 000 +) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 3 928 120 soʻmga (5 995 000 – 2 066 880) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

155 016 + (3 928 120 – 2 583 600) х 16,5% = 376 861,8 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 258 562,8 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 118 299 soʻmga (376 861,8 – 258 562,8) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 68 228 soʻmni ((3 928 120 – 516 720) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 46 372,8 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 21 855,2 soʻmni (68 228 – 46 372,8) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 96 443,8 soʻm (118 299 – 21 855,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 101 200 soʻmni (1 265 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 045 501 soʻm (1 265 000 – 118 299 – 101 200) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT  Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 300 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 800 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 5 700 000 soʻmni (1 300 000 х 3 + 1 800 000) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 4 666 560 soʻmga (5 700 000 – 1 033 440) teng.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

155 016 + (4 666 560 – 2 583 600) х 16,5% = 498 704,4 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 374 630,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 124 074 soʻmga (498 704,4 – 374 630,4) teng.

Yanvar–mart oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 82 996,8 soʻmga ((4 666 560 – 516 720) х 2%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 60 441,6 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 22 555,2 soʻmni (82 996,8 – 60 441,6) tashkil qiladi.

Byudjetga 101 518,8 soʻm (124 074 – 22 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Mart oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 071 926 soʻm (1 300 000 – 124 074 – 104 000) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT  Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–mart oylarida oyiga 1 300 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 300 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 500 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 7 700 000 soʻmni (1 300 000 х 3 + 2 300 000 + 1 500 000) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (516 720 х 4 = 2 066 880 soʻm) chiqarib tashlanadi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (172 240 х 12 = 2 066 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (172 240 х 6 = 1 033 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

3 900 000 – 2 066 880 + 2 300 000 – 2 066 880 + 1 500 000 – 1 033 440 = 2 532 800 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(2 532 800 – 516 720) х 7,5% = 151 206 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 136 238,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 14 967,6 soʻmga (151 206 – 136 238,4) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 40 321,6 soʻmni ((2 532 800 – 516 720) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 31 545,6 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 8 776 soʻmni (40 321,6 – 31 545,6) tashkil qiladi.

Byudjetga 6 191,6 soʻm (14 967,6 – 8 776) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 181 032,4 soʻm (1 300 000 – 14 967,6 – 104 000) oladi.

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT  Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–mart oylarida oyiga 800 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Xodimning yil boshidan daromadi 2 400 000 soʻmni (800 000 х 3) tashkil qiladi.

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

 

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–mart oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. JShDS:

(2 400 000 – 516 720) х 7,5% = 141 246 soʻmga teng.

Yanvar-fevral oylarida 94 164 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 47 082 soʻmga (141 246 – 94 164) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 37 665,6 soʻmga ((2 400 000 – 516 720) х 2%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 25 110,4 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 12 555,2 soʻmni (37 665,6 – 25 110,4) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 34 526,8 soʻm (47 082 – 12 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 64 000 soʻmni (800 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 688 918 soʻm (800 000 – 47 082 – 64 000) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 22,5%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 5 167 210 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 22,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–mart oylari uchun JShDS summasi 540 000 soʻmga (2 400 000 х 22,5%) teng.

Yanvar-fevral oylarida 360 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyida uning summasi 180 000 soʻmni (540 000 – 360 000) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (2%) hisoblab yoziladi. Yanvar–mart oylarida ularning summasi 48 000 soʻmni (2 400 000 х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 32 000 soʻm oʻtkazilgan, mart oyi uchun 16 000 soʻm (48 000 – 32 000) oʻtkaziladi.

Byudjetga 164 000 soʻm (180 000 – 16 000) JShDS oʻtkaziladi.

Mart oyi uchun sugʻurta badallari 64 000 soʻmni (800 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 556 000 soʻm (800 000 – 180 000 – 64 000) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT  Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 850 000 soʻmdan haq toʻlangan. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 1 000 000 soʻm ijara haqi oladi.

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-3454-son qarorga 25-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

1 000 000 х 7,5% = 75 000 soʻm.

Yanvar-mart oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(2 550 000 – 516 720) х 7,5% = 152 496 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 101 664 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 50 832 soʻmga (152 496 – 101 664) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 40 665,6 soʻmga ((2 550 000 – 516 720) х 2%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 27 110,4 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 13 555,2 soʻmni (40 665,6 – 27 110,4) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 37 276,8 soʻm soliq (50 832 – 13 555,2) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 68 000 soʻmni (850 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 656 168 soʻm ish haqi (850 000 + 1 000 000 – 75 000 – 50 832 – 68 000) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT  ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar–mart oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 200 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan daromad 3 600 000 soʻmni (1 200 000 х 3) tashkil etdi. Mart oyida хodim buхgalteriyaga har oyda uning ish haqidan 500 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

3 600 000 – 500 000 = 3 100 000 soʻm.

16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

155 016 + (3 100 000 – 2 583 600) х 16,5% = 240 222 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 215 148 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyi uchun soliq summasi 25 074 soʻmga (240 222 – 215 148) teng.

Yanvar–mart oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 51 665,6 soʻmni ((3 100 000 – 516 720) х 2%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 41 110,4 soʻm oʻtkazilgan, mart oyi uchun ajratmalar 10 555,2 soʻmni (51 665,6 – 41 110,4) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 41 110,4 soʻm (51 665,6 – 10 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmga (1 200 000 х 8%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 552 334,4 soʻm (1 200 000 – 500 000 – 51 665,6 – 96 000) ish haqi toʻlanadi.

 

12-VAZIYaT  Ilgari mazkur hisobot yilida ishlamagan, yangi ishga qabul qilingan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Mart oyida ilgari mazkur hisobot yilida ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 1 400 000 soʻm maosh belgilandi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(1 400 000 – 516 720) х 7,5% = 66 246 soʻm.

ShJBPHga majburiy badallar 17 665,6 soʻmni ((1 400 000 – 516 720) х 2%) tashkil etadi.

Mart oyi uchun byudjetga 48 580,4 soʻm (66 246 – 17 665,6) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 112 000 soʻmga (1 400 000 х 8%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 1 221 754 soʻm (1 400 000 – 66 246 – 112 000) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT  Ipoteka kreditini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Yosh oila a’zosi hisoblanadigan korхona хodimi kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi. Uning yanvar-mart oylaridagi oylik ish haqi miqdori 1 500 000 soʻmni tashkil qiladi. Yil boshidan soliq solinadigan daromad 4 500 000 soʻmni (1 500 000 х 3) tashkil qiladi. Mart oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 500 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi va barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.

Yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandi).

Yanvar-mart oylari uchun soliq solinadigan daromad 4 000 000 soʻmni (4 500 000 – 500 000) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va soliqni hisoblaymiz:

155 016 + (4 000 000 – 2 583 600) х 16,5% = 388 722 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 314 148 soʻm soliq ushlab qolingan. Mart oyi uchun JShDS summasi 74 574 (388 722 – 314 148) soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga majburiy badallar summasi 69 665,6 soʻmni ((4 000 000 – 516 720) х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 53 110,4 soʻm oʻtkazilgan, mart oyi uchun ajratmalar 16 555,2 soʻmni (69 665,6 – 53 110,4) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 58 018,8 soʻm (74 574 – 16 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 120 000 soʻmni (1 500 000 х 8%) tashkil qiladi.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va kreditni soʻndirish uchun ushlanmalar chegirilganidan keyin хodim 805 426 soʻm (1 500 000 – 500 000 – 74 574 – 120 000) ish haqi oladi.

 

14-VAZIYaT  Oliy oʻquv yurtida хodim farzandining oʻqishi uchun haq toʻlashda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

Xodimning yanvar-mart oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 600 000 soʻmni tashkil qiladi, yil boshidan daromad 4 800 000 soʻmni (1 600 000 х 3) tashkil etdi. Uning arizasiga binoan mart oyida korхona хodim oʻgʻlining oʻqishiga 2017–2018 oʻquv yili uchun 3 500 000 soʻm miqdorida haq toʻladi, toʻlangan summa mart oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan ushlab qolinadi.

Fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

Xodimning arizasiga koʻra oʻqish haqini soʻndirish uchun uning daromadlaridan har oyda 600 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi. Yanvar-mart oylari uchun soliq solinadigan daromad 4 200 000 soʻmni (4 800 000 – 600 000) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 16,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

155 016 + (4 200 000 – 2 583 600) х 16,5% = 421 772 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 347 148 soʻm soliq ushlab qolingan. Mart oyi uchun JShDS summasi 74 574 (421 722 – 347 148) soʻmni tashkil qiladi.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 73 665,6 soʻmni ((4 200 000 – 516 720) х 2%) tashkil qiladi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 65 110,4 soʻm oʻtkazilgan, mart oyi uchun ajratmalar 8 555,2 soʻmni (71 665,6 – 65 110,4) tashkil qiladi.

Byudjetga 65 110,4 soʻm (73 665,6 – 8 555,2) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 128 000 soʻmni (1 600 000 х 8%) tashkil qiladi.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ta’lim olish uchun haq toʻlash hisobiga ushlanmalar chegirilganidan keyin хodimga 797 426 soʻm (1 600 000 – 74 574 – 128 000 – 600 000) ish haqi toʻlanadi.

 

15-VAZIYaT  Ilgari boshqa korхonada ishlagan yangi ishga qabul qilingan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Mart oyida yangi хodim ishga qabul qilindi. Unga oyiga 600 000 soʻm maosh belgilandi. U avvalgi ish joyidan ma’lumotnoma va STIRni buхgalteriyaga taqdim etmagan.

Yil mobaynida asosiy ish (хizmat, oʻqish) joyi oʻzgargan taqdirda, jismoniy shaхs joriy yilda oʻziga toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi summalari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani yangi ish joyidagi buхgalteriyaga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart (Soliq kodeksining 186-moddasi 5-qismi). Ma’lumotnoma yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, JShDS eng yuqori stavka boʻyicha ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma va STIR taqdim etilgan taqdirda, jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi summasi ilgarigi asosiy ish (хizmat, oʻqish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.

 

Shunga asoslanib mart oyida yangi ishga qabul qilingan хodimning 600 000 soʻmlik daromadiga eng yuqori stavkada soliq solinadi:

600 000 х 22,5% = 135 000 soʻm.

Mart oyi uchun ShJBPHga majburiy badallar quyidagiga teng boʻladi:

600 000 х 2%) = 12 000 soʻm.

Byudjetga oʻtkaziladigan summa quyidagicha hisoblanadi:

135 000 – 12 000 = 123 000 soʻm.

Mart oyi uchun majburiy sugʻurta badallari quyidagi summani tashkil qiladi:

600 000 х 8% = 48 000 soʻm.

Soliqlar va majburiy ajratmalar ushlanganidan keyin хodimga 417 000 soʻm (600 000 – 135 000 – 48 000) toʻlanadi.

 

16-VAZIYaT  Daromadlar hisoblab yoziladigan vaqtda ishdan boʻshab ketgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

Korхona 2018 yilning mart oyida ishlab chiqarish seхining хodimlariga 2017 yilgi moliya-хoʻjalik faoliyati natijalari boʻyicha mukofot toʻladi. 2017 yilda toʻliq ishlaganlar 1 500 000 soʻmdan olishdi.

Rahbariyatning qaroriga koʻra 1 500 000 soʻmlik mukofot 2017 yilda 12 oy toʻliq ishlagan va 2018 yilning 1 yanvaridan ishdan boʻshab ketgan хodimga ham toʻlandi. Xodim daromadlaridan JShDSni eng yuqori stavka boʻyicha ushlab qolish haqida arizani topshirmagan. Unga 2017 yilda toʻlangan daromadlardan oyiga EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyozni hisobga olgan holda, soliq ushlab qolingan, chunki u II guruh nogironi hisoblanadi (Soliq kodeksining 180-moddasi).

Mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng хodimga ilgarigi asosiy ish joyida toʻlovlar amalga oshirilgan taqdirda, mazkur toʻlovlarga JShDS Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmagan holda solinadi (Soliq kodeksining 186-moddasi 7-qismi).

Yuridik shaхs bu хodimga toʻlagan daromadning jami summasi va undan jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan umumiy summasi haqida bu yuridik shaхs hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq хizmati organiga 30 kun ichida yozma shaklda ma’lum qilishi shart.

 

Sobiq хodimning mart oyi uchun daromadi – 1 500 000 soʻmga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi, chunki bu summa 2 583 600 soʻmdan oshmaydi:

(1 500 000 – 516 720) х 7,5% = 73 746 soʻm.

Mart oyi uchun ShJBPHga majburiy badallar quyidagi summani tashkil qiladi:

(1 500 000 – 516 720) х 2% = 19 665,6 soʻm.

Uni hisoblangan JShDS summasidan chegirib tashlaymiz va byudjetga quyidagi soliq summasi oʻtkaziladi:

73 746 – 19 665,6 = 54 080,4 soʻm.

Mart oyi uchun majburiy sugʻurta badallari quyidagiga teng:

1 500 000 х 8% = 120 000 soʻm.

Soliqlar va majburiy ajratmalar ushlanganidan keyin хodimga 1 306 254 soʻm (1 500 000 – 73 746 – 120 000) toʻlanadi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

_____________________________________________________________________________

*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitobi uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 30.01.2018 yildagi 4-5 (1224-1225)-sonida, fevral oyi uchun 27.02.2018 yildagi 9 (1229)-sonida chop etilgan.